Mavzu Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə1/13
tarix12.10.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#154892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 Мавзу Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning


2 Mavzu Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari

Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va miqdor o‘zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda. SHunindek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari ta’siriga qarama-qarshi tura oladigan O‘zbekistonning barcha ijtmoiy-iqtisodiy tizimi barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi.


SHuni ta’kidlash kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog‘ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O‘tkazilgan tahlillar asosida o‘tgan davr mobaynida qurilish tarmog‘i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
1991-1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar xodimlarining qo‘yilgan vazifalarni hal etishda etarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati borasida ko‘p yo‘qotishlarga uchradi.
1996-2002 yillar, qurilish tarmog‘ining sezilarli darajada yuksalishi va bozor xo‘jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi elementlarining paydo bo‘lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ommaviy ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
2002-2005 yillardan boshlab hozirga davrga qadar, qurilish tarmog‘i miqdor va sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to‘liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish tashkilotlari raqobatbardoshligining o‘sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli ob’ektlar chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muxandislik va ishlab chiqarish salohiyatlari yuksaldi.
Kapital qurilish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar mo‘ljallangan:
- qurilishda narx shakllantirishni takomillashtirish bazasida bozor islohotlarini chuqurlashtirishning yangi sifat bosqichiga hamda shartnomaviy, joriy narxlarga o‘tish;
- investitsion jarayon qatnashuvchilari o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini o‘zgartirish;
- dinamik, zamon talablariga javob beruvchi hududiy-tarmoq tuzilmalari, korxonalarni oqilona joylashtirish va yangi boshqaruv mexanizmlariga o‘tish.
- pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish;
- xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
- kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda (“qulf-kalit” bilan) topshirish shartlari asosida amalga oshirish;
- investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash;
- tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish;
- qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish;
- qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish.
Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan.
Quyida ob’ektlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi:
a) loyihaning qiymatidan qat’iy nazar xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan holda hukumat kafolati asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar;
b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va har yili davlat byudjeti bilan birga tasdiqlanadigan ob’ektlar.
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlar va boshqa kerakli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangunga qadar belgilangan tartibda tegishli ekspertizadan o‘tishi lozim. Investitsiya va qurilish loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni boshqarishdagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
Bular ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda:

  • loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazolarda;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxonalarni qurish va texnik qayta jihozlash, shu jumladan ularni “qulf-kalit” asosida topshirishda;

  • texnologik asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalari to‘plamini etkazib berishda;

  • loyihani boshqarish, maslahat xizmati ko‘rsatish va nazoratlarda.

Tanlov(tender)lar samarasini oshirish va pudrat bozorida raqobatchilikni kuchaytirish maqsadida, bozor maxsus qoidalari va talablariga rioya qilingan holda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarining qatnashishi ko‘zda tutilmoqda.
SHu munosabat bilan investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, ekspertlarning malakasi va roli kuchayib bormoqda. Ekspertlar kerakli professional ma’lumotga, tajribaga va kasbiy ichki sezgirlik (intuitsiya)ga ega bo‘lishlari lozim. Xorijiy amaliyotda ekspertlarning xulosasi, odatda, qayta ko‘rib chiqilmaydi va hatto muhokama ham qilinmaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tish kapital qurilishda munosabatlar tizimini tubdan o‘zgartirishni talabal qildi. Pudrat qurilish ishlari va shu kabi istalgan boshqa sohalarda bozor munosabatlarini shakllantirish uchun raqobat muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda birinchi mantiqiy qadam, davlat tasarrufidan va monopoliyadan chiqarish jarayonlarining o‘tkazilishi hisoblanadi.
Pudrat qurilish ishlari bozorida islohotlar yo‘nalishining ustunligini narx-navoning tez erkinlashtirilishi hamda 1990-yillar boshlaridagi davlat rejalashtirish tizimining tugatilishi va yirik ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkilotlari amalda hech kim tomondan nazoratga olinmay qolganligi ham ta’minlaydi.
Boshqa tomondan, 1991-1994 yillarda iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning keskin kamayganligi o‘z navbatida pudrat qurilish ishlari bozori hajmining qisqarishiga, keng ko‘lamda zarar ko‘rib ishlaydigan pudrat qurilish tashkilotlari ko‘payishiga, xususan ulardagi boshqaruv tizimlarining barbod bo‘lishiga, qurilish texnikasini yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarining to‘xtatilishiga olib keldi.
Qurilish majmuasidagi islohotlar 1997 yildan boshlanib, hozirga qadar uchta bosqichda o‘tkazildi:
birinchi bosqich – 1997-2000 yillar davrida qurilish pudrat ishlari sohasidagi yirik monopolistik korporatsiya, birlashma va assotsiatsiyalar izchillik ravishda tugatildi. Jumladan, 25 ta respublika trestlari va birlashmalari tugatilib, bu o‘z navbatida pudrat qurilish ishlari, ayniqsa fuqaro va sanoat qurilishi sohasini monopoliyadan chiqarishga sezilarli darajadagi imkoniyatlarni berdi.
ikkinchi bosqich – 2000-2004 yillarni qamrab olib, ushbu yillarda kam quvvatli zarar ko‘rib ishlaydigan qurilish tashkilotlari bir-biriga qo‘shib yuborish yoki ularga bankrotlik e’lon qilish yo‘llari bilan bosqichma–bosqich ommaviy ravishda tugatildi. Masalan, 2004 yilda qurilish tashkilotlari soni oldingi yil bilan taqqoslaganda respublika bo‘yicha 403 tagacha qisqartirildi.
uchinchi bosqich - 2003 yildan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2003 yil 6 maydagi PF-3240-sonli “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingandan boshlab, kapital qurilishda qurilish ishlari bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini pudrat tashkilotlari tamoyillariga muvofiq ravishda isloh etish va ishlar sifatini nazoratga olish ishlari boshlandi.
SHunday qilib, qurilish iqtisodiyotini isloh etish butun sohaning barcha jabhalarini, ya’ni qurilish-montaj va loyiha-tadqiqot tashkilotlari hamda qurilish materiallari sanoati korxonalari va barcha qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlaridan tortib to oliy ta’lim muassasalarini ham qamrab oladi.
Kapital qurilishni isloh etish quyidagi asosiy muammoli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • loyiha va qurilish ishlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish ob’ektiv zarurat ekanligi;

  • bozor tamoyillari va mexanizmlarini asoslash va amaliyotga tatbiq etish;

  • qurilishda doimiy ravishda loyiha, smeta va texnologik tartib-intizomni takomillashtirib borish;

  • qurilish materiallari bozorining tiklanishi va rivojlanishi;




  • kapital qurilish tarmog‘i va tarmoq osti sohalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni muntazam joriy etib borish;

  • qurilish ishlab chiqarishi sohasiga xizmat qiluvchi konsalting tashkilotlardan tortib, to lizing va boshqa tashkilotlargacha bo‘lgan bozor infratuzilmalarning tiklanishi va rivojlanishi;

  • tarmoqda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tubdan takomillashtirish.




Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin