Mavzu Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə3/13
tarix12.10.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#154892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 Мавзу Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning

Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari

So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar sezilarli darajada o‘smoqda.


Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag‘larni talab qiluvchi jarayon bo‘lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo‘lgan ehtiyojni zudlik bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli aholining qurilish tarmog‘i mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda asosiy e’tibor aynan mehnat resurslaridan etarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
Hozirgi globallashuv hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qurilish tarmog‘ida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishi, xususan, injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005 yildan boshlab rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va xuquqiy xarakterdagi tavsiyalar hamda mexanizmlar ishlab chiqildi.
Injiniring kompaniyalari asosan injenerlik-maslahat xizmatlari, ya’ni tijorat xarakteridagi qurilish mahsuloti va materiallarini ishlab chiqarishni tayyorlash va ta’minlash hamda amalga oshirish; qurilishga xizmat ko‘rsatish va yangi ishga tushirilgan ob’ektlarning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar majmuini bajaradi.
Respublikadagi mavjud injiniring kompaniyalarini faoliyat yo‘nalishi jihatidan quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 1-guruhga – qurilish va qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash va 2-guruhga esa – tayyor qurilish ob’ektlari, qurilish materiallari va boshqalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish jarayonlarining normal kechishi bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar.
Konsalting – bu ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qurilish materiallari sanoatidagi qurilish-montaj tashkilotlari va korxonalariga barcha iqtisodiy masalalar, shu jumladan ularning tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha maslahatlar bera oladigan maqsadli faoliyatidir.
Qurilish majmuasida konsalting kompaniyalar qurilish xizmatlari va materiallari bozorini tadqiq qilish va bashorat qilish; jahon bozorlari, birinchi navbatda yaqin davlatlar bozori kon’yunkturasini tadqiq etish; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish; qo‘shma korxonalarni barpo etish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
Injiniring va konsalting kompaniyalaridan farqli ravishda 1999 yildan boshlab respublikada lizing kompaniyalari ham rivojlana boshladi. Ushbu kompaniyalarning rivojlanishiga 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni (2002 yil 13 dekabrda o‘zgartishlar kiritilgan), 2002 yil 28 avgustdagi “Lizing tizimlari rivojlanishini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident farmoni va 2003 yilda qabul qilingan “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish” to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari muhim turtki bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan qurilish-montaj tashkilotlarining ob’ektlarni to‘liq bitkazgunga qadar bo‘lgan muddatga qurilish texnikalari va mashina-mexanizmlarini chetdan jalb etish bo‘yicha imkoniyatlari yanada kengaydi. Qurilish-montaj tashkilotlarining texnikalardan oqilona foydalanish va ularni ekspluatatsiyasi bo‘yicha barcha rejimlarga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatlari yanada oshdi.
Lizing kompaniyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishida davlat tomonidan har tomonlama o‘ylab berilgan barcha preferensiya va imtiyozlar muhim hisoblanadi. Lizing to‘lovlari qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qiindi; mamlakatga olib kelinayotgan texnologik uskunalar boj to‘lovi va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – lizing oluvchilar esa lizing shartnomasi muddati davomida mol-mulk solig‘idan ozod qilindi.
Lizing, boshqa faoliyatlarga nisbatan tashqi savdo, kredit va investitsiya jarayonlarining barcha elementlarini o‘zida birlashtiruvchi investitsion va tadbirkorlik faoliyatining yangi va istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, lizing mazmun-mohiyati jihatidan mol-mulklar sotib olingandan keyin, ularni keyinchalik jismoniy yoki yuridik shaxslarga ma’lum bir mablag‘ evaziga hamda aniq muddat va shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishda paydo bo‘ladigan mol-mulk va iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Qurilishda ko‘chuvchi va ko‘chmas mulk lizinglarini ajratish kerak bo‘ladi. Ko‘chuvchi mulk lizingi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: transport vositalari, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, mobil zavodlar, hisoblash texnikasi vositalari. Ko‘chmas mulk lizingi ob’ektlariga esa ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlar kiradi. Bozor sektori bo‘yicha lizinglar ichki va xalqaro turlarga bo‘linadi. Muddati jihatidan lizinglar uzoq muddatli ( 3 yil va undan ortiq), o‘rta muddatli ( 3 yilgacha) va qisqa muddatli (1,5 yilgacha) bo‘ladi. Amaliyotda mazkur lizing turlarining barchasi tarqalgan bo‘lib, ular mos ravishda qonun osti va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan.
Lizing kompaniyalari, tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi, bunda lizing loyihasining barcha shartlari to‘liq o‘rganiladi. Lizing loyihalarini kompleks ekspertiza qilish lizing bitimlarini tuzishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon murakkab bo‘lib, uning ko‘p elementlari respublika sharoitida etarlicha rivojlanmagan hamda chuqur o‘rganilmagan.
Loyiha ekspertizasi - marketing tadqiqotlari, axborot ta’minoti, texnika va moliya ekspertizasi, tavakkalchilikni baholash, shartnomaviy narxlarni to‘g‘ri aniqlash va loyiha qiymatini hisoblash kabi ishlarning o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirokorlikni rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, bunda asosiy e’tiborni sohada raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda respublikada mavjud turli tarmoq va sohalar bozorlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
-ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bozorlarning milliy va mintaqaviy darajada monopollashuvi hamon qolib kelmoqda;
- monopoliyaga qarshi nazorat mexanizmining takomillashmaganligi. Bu holat - yagona “O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi” faoliyati etarli darajada emasligi va mazkur nazoratga sud organlarining jalb etilishi past darajada ekanligi bilan tushuntiriladi.
Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat muhitini rivojlantirish mexanizmi asosida ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatini rivojlantirish, aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish, sohada xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish uchun etarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni yaratish talab qilinadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, xo‘jalik yuritish mexanizmini davlat bevosita belgilaydigan tarmoqlar “boshqariladigan” tarmoqlar deb yuritiladi. Bunday tarmoqlar tarkibi turli mamlakatlarda turlicha bo‘lsa-da, ko‘plab mamlakatlarda, masalan AQSHda boshqariladigan tarmoqlar jumlasiga temir yo‘l, aviatsiya va transportning boshqa turlari, bir qator yoqilg‘i-energetika, gaz ta’minoti, elektr quvvati va ko‘plab turdagi kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi.
Milliy iqtisodiyotda monopoliyaga qarshi muammolarni hal etish unda yuz berayotgan xo‘jalik jarayonlariga davlat ta’siri vositalarining muayyan tizimidan foydalanishni taqozo etadi. Ushbu tizimning asosiy tashkil etuvchilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • tashkiliy-huquqiy mexanizmlar;

  • boshqarilayotgan tarmoqlarga xususiy kapitalning kirib borish sharoitlarini belgilash;

  • narx shakllanishi mexanizmi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida raqobat muhitini takomillashtirish va uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • xususiy va davlat monopoliyasini cheklash, iqtisodiy kuchlarni haddan tashqari markazlashuvining oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari erkinliklarini oshirish asosida qulay raqobat sharoitini vujudga keltirish;

  • soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish, tavakkalchilikni pasaytirish va kichik biznes korxonalari faoliyati barqarorligini t’minlashga yordam berish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishda turli xil byudjetdan tashqari fondlar hamda kreditlar uyushmalari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini davlat buyurtmalarini bajarishga yanada keng jalb qilish va bu sohada ularga imtiyozlar taqdim etish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish.

SHunday qilib, hozirgi paytda respublikaning barcha tarmoq va sohalarida modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash jarayoni amalga oshirilayotganligi kabi qurilish tarmog‘ida ham iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish ishlari faol amalga oshirilmoqda. Xususan, mutlaqo yangi tuzilmalar: injiniring, konsalting, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini paydo bo‘lishi va ularning erkin faoliyati uchun huquqiy bazani takomillashtirish, me’yoriy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, bu borada rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish, jahon standartlari darajasida axborot ta’minoti va ish yuritishni tashkil etish, ularning moliyaviy ta’minoti kabi muhim prinsipial vazifalarni hal etishda prinsipial va tizimli jihatdan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin