Ekoturizmni rivojlantirishda marketing tamoyillaridan foydalanish
Kirish. 3
Ekoturizm tushunchasining mohiyati va turi. 5
Ekologik turizmda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi. 12
Ekologik turizmni rivojlantirishning iqtisodiyotdagi ahamiyati. 18
Xorijiy mamalakatlar turizm industriyasida ekoturizmning o’rni. 21
Xulosa. 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 30
Kirish Bugungi kunda ekoturizm butun dunyoda eng serdaromad sohalardan biriga aylandi. Ekspertlarning fikricha, bu tarmoqni yanada rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish, balki ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko'ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ayni paytda turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Bu o'rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O'rta Sharq hamda Yevropa mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi kunda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm tarmog'i jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda.
BMT ma`lumotlariga qaraganda, har yili ekoturizmdan nisbatan kichik davlatlar ham Keniya - 1,4, Ekvador - 1,18, Kosta-Rika - 1,14, Nepal - 1,55 million AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuni aytish joizki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70-80 foizini tashkil etadi. Ayni paytda jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft, gaz ishlab chiqarish sanoatidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.
O‘zbekiston boy tabiiy resurslar, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko‘paytirish maqsadida ko‘plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy, ijtimoiy sharoitni yaxshilash, aholini yangi ish joylari bilan ta`minlashda yaxshi samara beradi.