Menejment va marketing


Ekologik turizmda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə3/7
tarix16.02.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#84591
1   2   3   4   5   6   7
Ekoturizmni rivojlantirishda marketing tamoyillaridan foydalanish

Ekologik turizmda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi

Ekologiya" va "Ekonomika" so`zlariga e`tibor bersak - bu so`zlarning umumiy o`zagi "Eko". "Ekologiya" so`zi grekcha "oikos" -uy va "logos" - fan so`zlaridan hosil bo`lgan. Demak, bu bizning "Tabiat uyimiz", "Ekonomika" so`zining ma`nosi "Uy xo`jaligi" (ro`zg’or)ni yuritish san`atini bildiradi. Shuning uchun ham bu ikki fan "Uyimizni saqlanishi" va "Rivojlanishi"ga yordam berishi lozim.
Agar biz tabiat bilan "Kelishuvda" yashashni, uning ne`matlaridan foydalanishni, go`zalliklaridan zavqlanishni xoxlasak uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o`z ehtiyojlarimizni qondirish uchun atrof muhitni o`zgartirayotganda muayyan chegaralardan chiqmaganligimiz zarur.
Ekologik turizmning asl maqsadlari qayd qilingan xulosalarni tashkil qiladi. Ekoturizm o`zining ta`rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo`ynida bo`lib uning resurslariga ozor etkazmaslikni ta`kidlaydi. Tabiat va uning biologik xilma-xil resurslaridan zavq-shavq olgan inson albatda bu ob`ektni asrash istagini tuyadi. Shu bilan birga ekologik turizm rivojlanishiga sabab bo`lgan boshqa sabablar ham bor.
Jumladan: Ekologik inqirozning sayyoraviy tus olishi insoniyatni tobora tashvishga solmoqda. Ekologik muammolarning dunyo miqyosida haddan tashqari og’irlashib ketayotganligi zamirida tabiatning o`zini-o`zi tiklash kuchi pasayib borayotganligi, uning resurslari kamaygani, atrof muhitning ifloslanib, zaharlanib borayotganligi, insoniyatning bir me`yorda sog’lom yashashiga tabiat to`liq sharoit yarataolmayotganligi yotadi.
Bu holda tabiatning tobora zaiflashib borishi ham ekoturizmda tabiatni asrab qolish g’oyalarining kuchini oshirib boradi. Shu nuqtai nazardan ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishi ekoturizmning rivojlanishini ta`minlaydi. Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida tabiat qonunlarining mohiyatini anglash, insonning o`zi ham tabiatning biologik turi ekanligini tushunib olishidir.
Sultonov P.S. insonda insoniy fazilatlarning kamol topishida tabiatning o`rnini quyidagicha izohlaydi: - "Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deyilganda, sof haqiqiy tabiatning kishilarda oliyjanoblik, xushfe`llik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, ulug’vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg’otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo`ynida tez-tez birga bo`lish insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi.
Ekoturizm muxlislarining eng ulug’ xislatlari ham ularni tabiat bag’riga chorlagan hissiyot ham aslida ana shundan iboratdir.
"Jamiyatda kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo`pollik, jahldorlik, shafqatsizlik, mol-dunyogà o’chlik kabi xislatlarning avj olishi sabablaridan biri ham kishilarning sun`iy (texnogen) muhitga tushib tabiatdan ajralib qolganligidir".
Inson o`z uyi bo`lgan tabiatga qancha ko`p zarar yetkazar ekan uning o`zi ham ma`naviy jihatdan qashshoqlashib boradi. Tabiatni asrab qolishdek og’ir muammoni echishda insonni ekologik savodxon, ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati beqiyosdir.
Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong hisoblanadi. Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabatda bo`lishda, resurslaridan me`yorida foydalanishda, tabiiiy inqirozning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhitni doimo toza saqlashda namoyon bo`ladi.
Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi tamoyillar ma`nosini o`rganish, tushunish va amaliyotda (o`zida) qo`llash tushuniladi.

2 -rasm
Ekologik bilimni shakllantirdigan tamoyillar2



Manba:To’plangan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi.
Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta`minlash uchun tabiatdan turistik yo`nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun "O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi" da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu kontseptsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

  • ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

  • ekoturistik fan, ta`lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

  • aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o`stirish;

  • ekoturizm yo`nalishidagi ta`lim va tarbiyani yo`lga qo`yish;

  • ekoturizm bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • ekoturistik ob`ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;

  • ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo`lga qo`yish;

  • milliy davlat hududlarini ekoturizm bo`yicha rayonlashtirish;

  • davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

  • biologik xilma-xillikni saqlash.

Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni, ya`ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo`naltirilgan qoidalarga qattiq, ma`suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:

  • ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustivorligi;

  • ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog’langanligi;

  • turizm va servis sohasi yo`nalishidagi barcha ta`lim muassasalarida ekoturistik o`quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

  • mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o`stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;

  • davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi;

  • ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

  • ekoturizmda milliy g’urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O`zbekistonda ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta`minlaydi.
Tabiatdan foydalanishning to`rt turi mavjud bo`lib, ularga quyidagicha tavsir beriladi:
1. Qo`riqxonadagi tabiatdan foydalanish uchun asosan, ilmiy xodimlar tajriba va izlanishlar olib boradi, talabalar amaliyot, sayyohlar uchun qisqa vaqtga kirib tomosha qilishga ruxsat berishadi. Insonning tabiatga aralashuvi - jonivorlarni ovlash va otishga ruxsat berilmaydi qo`riqning tabiiy holatini saqlash va tabiiy kompleksning yo`qolgan qismini tiklash uchun ruxsat beriladi.
Qo`riqxonadagi tabiatdan foydalanish xom-ashyo olish uchun emas, tabiiy resurslardan ma`lumot yig’ish ma`nosida ishlatiladi. Qo`riqxona xodimlar uylari va sayyohlar uchun mehmonxonalar - qo`riqxona tashqarisi boshqa zonalarda o`rnashadi.
2. Rekreatsion tabiatdan foydalanish - shahar tashqarisida tabiiy bog’lar qurish, undan uzoq vaqt dam olish va turizm maqsadida foydalanish, o`rmon va ov xo`jaliklari tuzish, tabiiy pichan yig’ish, yaylov sifatida foydalanish, ya`ni, tabiiy kelib chiqishga ega bo`lgan komplekslarda me`yorida foydalaniladi.
Qo`riqxonadan foydalanib ekskursiya olib boriladi va manzara katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ko`m-ko`k maysalar ustida yotishga, cho`milish, meva va qo`ziqorinlarni terish, baliq tutishga ruxsat berilmaydi. Bu erda sayyohlik negizlari, dala uylar, safar so`qmoqlari bo`ylab marshrutlar qatnovi yo`lga qo`yilgan.
3. Rural' (qishloq xo`jalik) tabiatdan foydalanish qishloq xo`jalik ishlarini o`rtacha va yuqori darajada olib boriladi. Bog’lar, polizlar, dalalar, firmalar bor joyda suv omborlari, o`rmonlar va tabiiy bog’lar shaharliklarni dam olish kunlari o`z bag’riga chorlaydi. Bu erlarda ob`ekt yoki xom ashyodan foydalanish ishlari olib boriladi.
4. Urbanizatsiyalik tabiatdan foydalanish shahar ichidagi odamning doimiy yashash manzillari, jamoaga xizmat ko`rsatish zonasi, sanoat korxonalari kirib, ular shahar ichidagi bog’lar va xiyobonlar bilan almashib turadi.
Qismlarga bo`lingan landshaft uch avtonom turlar: landshaft yo`laklari, avto-ulov bosh yo`llari và sayyohlik shoh yo`llardan tashkil topadi va ular tizimlarning ishlashiga kafolat bo`lib xizmat qiladi, tabiat, urbanizatsiya va rekreatsiyalikni. Landshaft yo`laklari bo`ylab qo`riqxonalarga o`tayotgan yovvoyi hayvonlar so`qmoqlari o`tadi. Avto-ulov bosh yo`llari bo`ylab boshqa erlarga junatilayotgan yuklar và odamlar, sayyohik bosh yo`llari bo`yicha - sayyohlar va ekskursantlar hisoblanishadi. Bu xil tabiatdan foydalanish, alohida muhofaza qilinayotgan tabiiy hududlarga ishlatiladi.
3-rasm
Ekoturizmning asosiy prinsiplari3

Turizm sohasidagi tasirni minimallashtirish



Tashrif buyuruvchilar va qabul qiluvchilarga yaxshi sharoit yatatish

Mahalliy aholini moliyaviy mablag bilan taminlash va nakolat berish

Qabul qiluvchi davlatlarda siyosiy ,madaniy va ekologik g’amxurlik hissini oshirish

Bevosita moliyaviy foydaning saqlanishi

Ekologik va madaniy bilimni oshirish

Ekoturizmning yuqoridagi prinsiplari asosida kishilarda ekologik madaniyatni shakllantirish mumkin.




  1. Yüklə 1,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin