University of buissines and science



Yüklə 174,38 Kb.
səhifə1/2
tarix24.07.2023
ölçüsü174,38 Kb.
#137357
  1   2
Shamsiddiona O’g’iloy



UNIVERSITY OF BUISSINES AND SCIENCE
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI
21-PP-02 - guruh talabasi
Shamsiddiona O’g’iloyning
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan yozgan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Bosh miya va psixika

Topshirdi: O‘. Shamsiddinova
Qabul qildi: Sh. To‘ychiyeva


MAVZU: Bosh miya va psixika
Reja:
1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari.
2. Talavalarning kasbiy xususiyatlarini hisobga olish.
3. Talabalarda nazariy fikrlashni shakllantirish.
4. O`quv masalalarni psixologik tahlil qilish.
5. Psixologik bilimlar orqali amaliy va ziyatlarni baholashni o`rganish.

KIRISH
Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabaiar tomonidan psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi. Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar ularning psixologiyadagi amaliy baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini o'zlashtirish talabaga undan awal qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga imkon beradi.


Umumiy psixologiyani o'rganish psixologiya tizimidagi boshqa o'quv kurslarini o'zlashtirishda metodologik ahamiyatga ega, chunki umumiy bilimlarsiz xususiyatlarni tushunib olish rrmmkin emas. Bundan kelib chiqib, ma'ruza o'qishda va adabiyotlar bilan talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda talaba uchun har bir yangi ilmiy qoidani hayotda kuzatiladigan psixologik hodisalar bilan tushuntirish, balki ular ishlarini qanday tushuntirilganligi va zamonaviy umumiy psixologiyada qanday tushuntirilishi bilan ham taqqoslash zarur hisoblanadi. Ma'ruza mavzulari fanning rang-barangligi, bo'limlar mazmunida psixologiyaning asosiy muammolarini to'planishi, bir-biri bilan bog'liq tushunchalar tizimi sifatida bayon etilishi mumkin bo'lishi uchun bir nechta katta bo'limlarga jamlanganligi maqsadga muvofiq bo'lardi. Shunga muvofiq amaliy va semenar mashg'ulotlaridan kiritilishi mumkin bo'lgan tafsilotlari haqida ma'ruzalarda batafsil gapirib o'tish kerak bo'lmaydi. Misol uchun idrok etish psixik jarayonlaming har biriga batafsil tavsifnoma berib o'tish zaruriyati bo'lmaydi, lekin ularning faoliyati davomida ular o'rtasidagi o'zaro aloqalar va bogiiqliklariga talabalarni e'tiborini qaratish ularning vazifalarini ko'rsatish kerak.
Keyingi seminar laboratoriyalar, amaliy ishlari davomida ular faqatgina nazariy emas, balki amaliy tajriba orqali chuqur o'rganish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga auditoriyada talabalarning kasbiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Misol uchun, pedagogika oliy o'quv yurtining matematika fakultetida o'quvchilarning matematik qobiliyatlari borasida nazariy asoslarini chuqurroq o'rganish va bo'lajak o'qituvchilarni bolalarda matematik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish metodikasi bilan qurollantirishi mumkin bo'ladi.
Beriladigan soatlar soniga qarab ma'ruza kurslar bo'yicha turli variantlarda bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, umumiy psixologiyaning hamma muammolari beshta, oltita yoki yetita ma'ruza bo'limlarga ajratilgan boiishi mumkin. Bu berilgan soatlar soni va o'qituvchining fikriga bog'liq bo'ladi.
Quyidagicha variantlar uchraydi
1. Psixologiyaga kirish. Shaxsning idrok etish jarayoni. Shaxsning
emotsional — irodaviy sohasi, shaxsning psixologik xususiyatlari (beshta
bo'lim).
Umumiy psixologiya fan sifatida, uning obyekti va predmeti
faoliyat psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va idroki, emotsional
irodaviy sohasi, xarakteri va temperamenti, shaxsning qobiliyatlari va
yo'nalganligi (oltita bo'limlar).
Psixologiya fan sifatida va uning asosiy sohalari faoliyat
psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, shaxs faoliyatida idrok etish
jarayonlari, faoliyatda emotsiya va idrokning rivojlanishi, ta'lim-
tarbiya psixologiyasi muammolari, munosabatlar psixologiyasi va
shaxslararo munosabatlar psixologiyasi (yetita bo'lim).
O'qituvchi nimaga asosiy e'tiborni kuchaytirishni xohlashiga qarab ularning har biriga turli miqdorda soatlar ajratilishi mumkin. Misol uchun bo'lajak ishJab chiqarish tashkilotchilari va jamoa rahbarlari uchun faoliyat psixologiyasi va shaxslararo munosabatlar psixologiyasining muammolarini yaxshiroq bilib olishlari, bo'lajak o'qituvchilarda esa shaxs psixologiyasi va uning rivojlanishi, ta'lim va tarbiya psixologiyasini bilishi bilan bog'liq bo'ladi.
Semenar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida ma'ruzachi rejalashtirilgan savollarini yechimini topishi kerak. Shu bilan birga nazariy xususiyatdagi ma'ruzalardan farqli ravishda ular talabalarda psixologik hodisalarni o'rganish va qayta o'zgartirish uchun amalda nazariy bilimlardan foydalanish mahoratini shakllantirishga hamda shu bilan ularni amaliy vaziyatlarda psixologik to'g'ri yoi tutishga o'rgatishga qaratiladi.
Albatta, ma'ruzada boigani kabi mashg'ulotlarda ham o'qituvchi o'qitishning faol metodlaridan foydalanishga harakat qiladi va talabalarni ilmiy va amaliy muammolarni tahlil qilib, psixologik kategoriyalar bilan fikrlashga o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Bu maqsad ma'ruzalarda bo'lgani kabi (muammoli bayon etish uchun) talabalarning mustaqil va amaliy mashg'ulotlarida (seminar laboratoriyalar) o'quv topshirig'i sifatida muammoli savollar hamda vazifalar yordamida erishish mumkin.
Bu savol — masalalar shunday tuzilishi kerakki, ular talabalarni fanning asosiy muammolari haqida mulohaza yuritishga yo'naltirsin; birinchidan, psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'rganib, bilib olishga; ikkinchidan, hayotiy vaziyatlarda psixikaning haqiqiy ko'rinishlari mos ravishda ularni tushunishga; uchinchidan, fanda ularni idrok etish tarixiy mantiqiy jarayon sifatida c'.lantirsin.
Shunday qilib, talaba kitobdagi matnlardan chetga chiqishi orqali, hayotiy haqiqatga yaqinlashadi va ularni ma'ruzadan yoki kitobdan o'qib bilib olgan nazariy qoidalari nuqtayi nazaridan tushunishga harakat qiladi.1
Quyida o'quv topshiriqlari uchun tahliliy savollar va masalalar keltiriladi, ular asosan talabalarning fikrlash faoliyatlarini faollashtirishga qaratilgan. Ular o'qituvchilarga yordam sifatida pedagogik masalalarni hal etish uchun tuzilgan ba'zi savollar talabalarga o'quv topshiriqlari tarkibida mustaqil faoliyatlari uchun va bu ishlar natijalarini keyinchalik semenar yoki amaliy mashg'ulotlarda muhokama etish bilan berilishi mumkin. Talabalar uchun murakkab bo'lgan savollarning bir qismi o'qituvchi tomonidan beriladigan ma'ruzalardan foydalanish mumkin. Shu o'rinda talaba ana shu qiyin bo'lgan savollarga o'zi uchun javob oladi. Bundan tashqari, o'qituvchi savollarni o'zgartirishi mumkin yoki aniq o'quv talablari, asosida o'z savollarini tuzishi mumkin.
Demak, o'quv topshiriqlari:
1. Ushbu topshiriqning savoli I kurs talabasi uchun juda qiyin boiishi mumkin. Shuning uchun ma'ruzada muammoli bayon etish orqali foydalanish mumkin. «Psixologiya» fan sifatidagi mazmuni nimadan iborat? Bu masalada darslik va lug'atlarda turlicha nuqtayi nazarlar mavjudligini qanday tushuntirish mumkin?
Psixologiyaning predmeti — «psixik hayotning aniq hodisalari»
(Umumiy psixologiya darsligida)
Psixologiya «psixikaning rivojlanishi va faoliyati qonuniyatlarini
hayotiy faoliyatning alohida shakli sifatida» o'rganadi.
Psixologiya - insoning va jonivorlarning obyektiv realliklarini
his etish, qabul qilish, tushunchalari, sezgi va psixikaning boshqa
hodisalari shaklida aks ettirishning faol jarayonini o'rganadi (psixologik
lug'at).
Psixologiyaning o'rganish predmeti ko'plab subyektiv hodisalarni
o'z ichiga oluvchi inson va jonivorlarning psixikasini o'rganadi. Psixika
— psixologiyada o'rganiladigan barcha psixik hodisalarning to'plamini
ifoda etuvchi umumiy tushunchadir.
Psixologiya - haqiqatni psixik aks ettirish, ko'rish, to'g'rilash va amal qilish haqidagi fandir.
Nima uchun psixologiya predmetini bunchalik ko'p ta'riflari mavjud ular mazmunan turlichami yoki faqatgina shakli so'zi bilan ifodalanishi bo'yicha turlichami? Balki ular juda ham umumiy va hammasi bo'yicha kengdir va umuman olganda ularning barchasi bitta umumiy psixika mazmuniga egadir.
Agarda ularning orasida, noto'g'ri ta'rif bo'lmasa, unda nima uchun ular har xil; masalani bunday keng qo'yilish albatta talaba uchun mo'ljallanmagan, balki o'qituvchining ma'ruzani bayon etishida tanlovchanlik metodikasidan kelib chiqib, bundan bir nechta ketma-ket tartibda kelib chiqadigan savollarni tuzish uchun o'qituvchiga yordam sifatida ko'zlangan. Undan talab qilinadigan narsa — bu psixologiya predmetining turli nuqtayi nazarlari bilan tanishishda talabada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan savollarga javob topishdir.
Talabada o'rganayotgan fani haqida aniq tasawur mavjud bo'lishi kerak. Psixologiya haqida gapirsak, unga bo'lgan nuqtayi nazarlarning turli tumanligi bo'yicha aniq ifodalangan va umumiy qabul qilinganlar hisoblanmasligi ko'rinib turibdi. O'qituvchi uchun qiyinchiliklar ana shundan kelib chiqadi: Bir tomondan talabada fan predmeti haqida aniq tushunchani shakllantirish kerak, boshqa tomondan esa bu narsa ilmiy doiraning o'zida ham mavjud emas.
Ushbu muammo dars o'tish amaliyotida odatda qanday hal etiladi? Psixologiyaning predmeti haqida savolga javob berishning ikkita usuli mavjud. Ularni Yu.V.Gareyter shunday ko'rsatib beradi; birinchi usul psixologiya predmetiga turli nuqtayi nazarlar fanning tarixda qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday ko'rsatib chiqishni ko'zda tutadi. Nima uchun bu nuqtayi nazarlar bir-birini almashtirib kelgani sabablarini tahlil qilish, oxir oqibat ulardan nima qolgani va bugungi kunda qanday tushuncha shakllanganligi bilan tanishib chiqishdir. Psixologiya predmetini ochib berishning ushbu usulini u keyingi barcha ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Birinchi ma'ruzada esa ikkinchi usul bilan cheklanishni afzal biladi, ya'ni bu qisqacha javob berish yo'li orqali amalga oshiradi. Bu qisqacha javob rasmiyga o'xshaydi, lekin shunga qaramay juda ham aniq hisoblanadi. Javobning mazmuni psixologiya — bu «jon» haqidagi fandir. «Jon» va «psixika» esa lingivstik nuqtayi nazardan bir narsadir, ya'ni ular mos ravishda rus va lotin tillarida bitta «qalb» hodisalarini anglatadi; ammo fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bu tushunchalarning mazmunlari ajralib keldi. Biroq tilda «jon» asosidagi ko'plab so'zlar saqlanib qolgan bo'lsa-da, psixologiya esa ko'ngil haqidagi emas balki, psixikaga oid fan bo'lib qoldi. Psixologiya predmetini bunday tushuntirish metodikasi, unda ikkala usulga ham tarixiy yondashishni ifoda etsada, lekin juda kam qo'llanilishi mumkin, chunki «psixologiya» predmetining tushunchasini hozirgi holatini ko'rsatadi. Shu sababli psixologiya predmetiga zamonaviy mualliflaming nuqtayi nazarlari nimalarda farq qilishini ko'rib chiqish mumkin. Agarda ularni yaxshilab o'rganib chiqilsa, unda ularni umuman va yaxlit olganda bir xil bo'lib chiqadi, chunki predmetning umumiy falsafiy tushunchasini takrorlaydilar. Shunday qilib hamma mualliflar psixologiya bu psixika haqidagi fandir yoki boshqacha aytadigan bo'lsak psixika barchasi uchun ilmiy psixologiyaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga psixikaning o'zi obyektiv haqiqatning (aks ettirilishi) ko'rinishi sifatida qaralmaydi. Ammo boshqa qarashlar ham mavjud bu P.Ya.Galperinning nuqtayi nazari bo'lib, u psixologiya fanining predmeti butun psixika hisoblanmaydi deb ta'kidlaydi, chunki uni psixologiyadan tashqari boshqa fanlar ham o'rganadi.
Psixika obyektiv dunyoni psixik aks ettirish va ongning turmush bilan munosabatlarini falsafa fani o'rganadi. Kasalliklarda psixikani tibbiyot fanlari o'rganadi, psixikaning biologik asoslarini oliy nerv faoliyati fiziologiyasi o'rganadi. Alohida psixik jarayonlarni har tomonlama bir vaqtda bir necha fanlar o'rganadi. Misol uchun, fikrlashni psixologiyada o'rganishdan tashqari ya'ni idrok etish, mantiq, kibernetika, tarix, pedagogika, etika va estetika fani hamda o'qitish metodikasi (evristika) fanlari o'rganadilar. Nutqni psixologiyadan tashqari pedagogika fiziologiya, lingvistika, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kabi boshqa fanlar ham o'rganadilar va har bir fan albatta psixik hodisalarning qaysidir birining aniq bir tomoni bilan qiziqadi.
Psixologiya agarda butun psixikani o'rganmasa, uning qaysi aspektlarini o'rganadi? P.Ya. Galperin psixologiyaning predmeti subyektning taxminiy yo'naltiruvchi faoliyati hisoblanadi degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oya u ishlab chiqqan va keng tarqalgan aqliy harakatlarining bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasining metodologik asosi bo'lib qoladi.
P.Ya.Galperin o'z tezisini mana shunday asoslab beradi. Birinchidan, psixikaning vazifasi oddiy qiziqish jonivorning vaziyat bilan tanishishdan yoki alohida obyektning ozuqa izlashidan tortib (I.P.Pavlov bo'yicha, «bu nima refleksi») va insonning nazariy ijodiy faoliyati bilan subyektning turli hayotiy vaziyatlarda yo'l topishi demakdir.
Ikkinchidan, atrof dunyoda yo'l topish hatto idrok etishdan fikrlashgacha, idrok etish vazifalari butun diapozonida ham faqatgina intellektual masalalar bilan cheklanmaydi, vaziyatga mos ravishda harakat qilish uchun bilib tushunib olish va baholash, yo'l topishga, talabalar sezgi, irodasiga ham muhtojdir. Ularning o'zlari esa subyektning izlash faoliyatining turli shakllaridan boshqa narsadan iborat emas.
Uchinchidan, agarda psixika hayotining hamma shakllari izlash faoliyatining turli ko'rinishlaridan iborat bo'lsa, demak psixologiya psixik jarayonlar yoki vazifalaming barchasida aynan ana shu ularning yo'l topish tomonlarini o'rganadi. Psixologiya tafakkur, sezgi tasawur iroda qobiliyatlarni o'rganadi, deyish noto'g'ri, bu shuning uchun noto'g'riki; u tafakkur, sezgi, iroda va boshqa psixik jarayonlar vazifalarining umuman barcha tomonlarini o'rganmaydi. Psixologiya butun psixikani o'rganadi deb hisoblash noto'g'ri deb ta'kidlaydi, -P.Ya.Galperin. Chunki boshqa fanlar ham bunga tegishlidir. Ular faqatgina izlash jarayonida psixik faoliyat va umumpsixik faoliyatining har bir shakli hamda umumiy psixik hayotning asosiy tomonlarini tashkil etadi, degan mazmundagina to'g'ridir. Aynan ana shu vazifasi uning boshqa hamma tomonlarini to'g'ri hisoblaydi, ular shuning uchun deyarli ana shu vazifaga bo'ysunadi. Shuning uchun, hayotda eng muhim - harakatlarni talab etuvchi vaziyatlarda to'g'ri yo'l tanlash va uni bajarishda to'g'ri harakat qilish faqatgina yo'l topish faoliyatigina psixologiya fanining predmetini tashkil etadi. Hozirgi paytgacha psixologiya predmeti haqidagi taklif etilgan tasawurlar xato bo'lib chiqdi.
Shunday qilib, P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi g'oyasida ko'rsatilganlarining hammasidan prinsipial farq qiladi. Keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari o'zlarining hamma tadqiqotlarida ana shu nuqtayi nazarga amal qiladilar.
Psixologiya predmeti haqidagi ushbu tasawur psixologik hodisalarning aniq mexanizmlarini izlash va topishga imkon beruvchi, ular nimadan iborat ekanini tushuntirib beruvchi metodologik tamoyil hisoblanadi. P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi tasawuriga asoslangan aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasini pedagogik amaliyotda qo'llanishdagi yuqori natijalari barchaga ma'lum. Hozirgi kunga kelib ikkita fikrni to'g'ri va haqiqiy deb hisoblash mumkin. Birinchisi — psixologiya predmeti haqidagi ushbu nazariy tasawurning qo'llanilayotganligi haqida ya'ni nazariy va empirik tadqiqotlarda ilgari mavjud tasawurlardan tashqari psixologiya o'zi doirasida psixik hodisalar mohiyatini izlash va topishga imkon beradi; ikkinchisi - psixologiyani izlash faoliyati haqidagi fan sifatida qarash, amaliy ahamiyatga egaligi, chunki inson faoliyatida to'g'ri yo'l izlashga psixologlar yo'naltiradi, bu esa o'qitishda bilim, mahorat va ko'nikmalarning yuzaga kelishiga bexato sabab bo'ladi.
Psixologiya predmetini izlash faoliyati sifatida belgilanish juda to'g'ri va uni xato deyish ancha qiyin yoki hatto tanqid qilib bo'lmaydi. Chunki u psixologiyadagi mavjud tushunchalarga qarama-qarshi, balki ana shu ma'noda ularni aniqlashtiradi. O'ylaymizki, ilmiy psixologiya predmeti o'tmish tasawurlarini shakllanishi tarixida ko'rsatib berish va ma'ruza o'qish paytida o'qituvchiga hozirgi paytda «psixologiya predmeti»ning aniqlashgan tushunchasi P.Ya.Galperin bo'yicha izlash faoliyati hisoblanishini aytib o'tishga to'g'ri keladi. Psixologiya perdmeti - bu shunchaki oddiy o'quv savoli emas, balki fanning o'zi uchun ham uni o'qitish metodikasi uchun haqiqatda mavjud jiddiy muammodir.
Yuqorida aytib o'tilgandek, psixologiya predmeti haqidagi savolga ikki turda javoblar mavjud. Birinchisi - ancha to'g'ri, lekin murakkab, ikkinchisi — nisbatan rasmiy lekin qisqa.
Birinchi usulda dastlabki ma'ruzalardan boshlaboq psixologiya predmetini bugungi kun fikrlar talqiniga ko'ra, fikrlar harakati tarixini batafsil ochib berish kerak bo'ladi. Ikkinchida esa — psixologiya qaysi savollar doirasini o'rganishini qisqacha aytib masalani chuqur tahlil qilishni keyingi darslarga qoldiriladi. Bu ikkinchi usul qisqaligiga qaramay metodika uchun umuman mos emas. Agarda har qanday mavzuni o'rganishda, qandaydir tarzda psixologiya predmeti haqidagi fikrlar tarixi to'g'risida to'xtalishiga to'g'ri kelishini hisobga olsak, bu niyatni amalda qo'llash imkoni bo'lmaydl
Bu faqatgina psixologiya tarixini mustaqil o'quv fani sifatida, umumiy^psixologiya haqidagi tushuncha bo'yicha o'rganilgandagina mumkin bo'ladi. Agarda yosh davrlar, pedagogik psixologiya, tibbiyot yoki yuridik psixologiya o'rganilayotgan bo'lsa, unda xuddi shu kabi ushbu aniq fanni predmetini ochib ko'rsatish talab etiladi. Bunda ham ana shu ikki uslubdan foydalanish mumkin, shu bilan birga metodik qiyinchilikka duch kelinadi.
Shuning uchun, metodikaning birinchi usuli ancha to'g'ri, turli davrlarda bo'lgan psixologiya predmetiga hamma asosiy qarashlar bilan talabalarni darhol tanishtirib chiqish orqali qaysi qarashlar u yoki bu davrlarda asosiy ustun bo'lganligini o'qituvchi ma'ruza paytlarida tushuntirishi lozim.
Bular psixologiya predmeti haqidagi quyidagi tasawurlar bo'lishi mumkin;
Jon, Ruh (Demokrit va boshqalar).
Anglash hodisasi (Lokk).
Hulqi (bixevioristlar)
Ongsizlik va uning ongga munosabatini (Z.Freyd).
Reflekslar (N.M.Bexterovning reflekologiyasi).
Reaksiya (K.N. Kornilov reaktologiyasi).
7. Insonning va jonivorlarning psixik hayot hodisalari mexanizimlari hamda qonuniyatlari (materialistik, psixologiya tarafdorlari).
Faoliyat nazariyasi (A.N.Leontev).
Izlash faoliyati (P.Ya.Galperin).
Shunday qilib, biz muammoli metod bilan bir o'quv savoli yoki masalasini ma'ruzaga qo'yish va hal qilish metodikasini o'rganib chiqdik. Muammo psixologiya predmeti haqida boiganligi sababli bu savol prinsipial muhimlikka ega va shu bilan birga uni hal etishda hali yakuniy nuqta qo'yilmagan, chunki uni o'qitish metodikasi alohida e'tiborni talab qiladi.
Shuning uchun yuqorida aytilganlarni hammasini yagona haqiqat deb qabul qilish kerak emas, balki uni bu muhim masalani ma'ruzada bayon etishni ijodiy yondashish orqali amalga oshirishning yangi usuli deb hisoblash mumkin.
Quyida o'qituvchi sifatida o'zi tanlab olib foydalanishi mumkin bo'lgan boshqa o'quv topshiriqlari (muammoli savol va masalalar keltiradi).
1. Nima uchun fanni professional darajada o'zlashtirib olish uchun o'rganilgan fanni predmetini aniq tasavvur etish muhim hisoblanadi? Quyidagi keltirilgan javob variantlari I kurs psixolog talabalari bilan so'rovnoma savollari o'tkazilganda olingan natijalar qaysi birlarini xato qaysilari esa qay darajada to'g'ri ekanligini aniqlash mumkin?
a) fan predmetini aniq bilganda imtihonda yaxshi javob berish
mumkin yoki nazorat ishida psixologiya bo'yicha har qanday xususiy
savolni tahlil qilish mumkin;
b) fanning predmetini savollarini bilish umuman kursni
o'zlashtirishda hech qanday alohida ahamiyatga ega emas;
d) fan predmetini bilar ekan inson pedagogik yoki sotsiologik vaziyatlarni, psixologiyadan ajratishda qiynalib kuzatayotgan hodisalardan adashib yurmaydi;
e) fan predmetini bilish psixologiyani o'zini fan sifatida rivojlanishi
uchun metodologik ahamiyatga ega ya'ni fanni rivojlantiravchi omillar
uchun muhimdir;
j) agarda psixologlar o'zlari shu paytgacha o'z fanlari predmeti
tushunchasini topa olmagan ekanlar, unda ma'lum bo'lgan u yoki bu
nuqtayi nazarlariga amal qilishi kerak.
g) kitobda aytilgan nuqtai nazarlarning hech biri ishonchli emas.
Shuning uchun hatto, ulardan birini bilmay turib ham psixologiyaning
aniq masalalarini o'zlashtirib olishi orqali psixoldg^bo'lishi mumkin;
h) talaba psixologiya predmetini uni o'rganisfrai boshlaganidanoq tushunib olish kerak (keltirilgan nuqtayi hazarlardan birini qabul qilish yoki o'zining nuqtayi nazarini ilgari surish va uni asoslab berish kerak), aks holda o'qishda dogmatizm bo'ladi va kelajakdagi amaliy belgilar ijodidan mahrum bo'ladi.
3. Talabalarga topshiriqlar;
Darslik va lug'atlardan psixologiya bo'yicha idrok etish jarayonlari haqidagi savol turlicha bayon etilgan, misol uchun «umumiy psixologiya» va R.S.Nemovning darsligi va «qisqacha psixologik lug'ati»ni solishtirib ko'ring. Ba'zi darslik va lug'atlarda bu jarayonlar o'zaro solishtirilgan holda ta'kidlangan, boshqalarida esa keltirilmagan. Ammo ularning qatoriga quyidagicha psixik hodisalarni kiritish umumiy qabul qilingan deb hisoblash mumkin; sezish, his etish, idrok etish, xotira, tasawur, tafakkur, xayol va nutq. Masalan: psixik idrok etish materiallarning sxematik shunday tartibda joylashtiringki ularni idrok etish faoliyatda ketma-ketligi va ularning ish bajarishlari o'zaro bog'liqligi tushunarli bo'lsin. Ko'rgazmali sxematik joylashtirish sxemasini xohlaganimizdan birini tanlab olish mumkin (misol uchun graf shaklini metropoleten sxemasi kabi yoki boshqalar) asosiy — bu yaqqollik va tushunarlilik sxema javobini daftarga kiriting.
4. Psixologik adabiyotlarda «Diqqat» tushunchasini bir necha
turlicha ko'rinishda va talqin etilishini uchratish mumkin:
a) bilish jarayonlaridan biri;
b) qandaydir alohida mustaqil jarayon emas, balki har qanday
bilish jarayonning (idrok etish fikrlash va shu kabilar) bir tomoni yoki
vaziyati;
psixikaning faoliyatini obyektga jamlanishini, yo'nalganlikni
ta'minlovchi shunday xislatlar;
aqliy harakatlar ularni bajarilishi dasturga mosligini ichki
nazorat qilish, ya'ni yo'nalish tadqiqotchilik faoliyatining
vaziyatlaridan biridir;
D.N.Uznadze ko'rsatma nazariyasi bo'yicha,. diqqat «Inson
diqqatining ichki holati» sifatidagi ko'rsatmasi bilan bog'liqdir ya'ni diqqat uning ichki holati ko'rsatmasi hisoblangan tashqi bir narsa sifatida talqin qilinadi;
g) Ribonning fikricha, (diqqatning motorli nazariyasi) diqqatni harakatlar keltirib chiqaradi va harakatni boshqaradi, emotsiyalar natijasida yuzaga keltiriladi hamda ular bilan birga bo'ladi, ya'ni bir narsaning ustida o'ylash yoki biror narsani kuzatishdir. Masalan, darsning bir maromda va undagi ta'kidlanayotgan narsani kuzatish harakatiga emotsiya deb nomlash mumkin emas, demak bu yerda diqqat ham mavjud emas.
Talabalarga shunday ko'rsatma beriladi ya'ni yuqoridagi topshiriq, qarashlarni tahlil qilib chiqib o'z munosabatingizni bildiring, qaysi nuqtayi nazarlar sizga yoqadi va nima uchun?
5. Miya psixikaning asosiy organi sifatida va miya nerv
sistemasining markaziy bo'limi sifatida tashqi buyumlardan signallar
(yorug'lik, tovush, hid) nerv uchlarida ta'sirlanishni keltirib chiqaradi.
Retseptorlar nerv tolalari bo'yicha miyaga keladi (bosh yoki orqa)
unda qo'zg'alishni keltirilib chiqaradi, u organizmning tashqaridan
qo'zg'alishiga javob qaytarishi bo'ladi va nerv impulsi ko'rinishida
muskullarga beriladi. Buning natijasida harakat sodir etiladi (impulsiv,
reflektorli, bakteriya yoki ongli boshqariladigan).
Psixik va fiziologik nerv bog'liqliklari qisqacha miya faoliyati va psixikaning munosabati ko'rinishda bo'ladi. Endi psixologiyaning psixofiziologik, neyropsixologiya va boshqalari bo'yicha fiziologik asoslari bo'yicha tavsiya etiladigan adabiyotlami o'qib chiqing. Nima uchun I.M.Sechenov psixik jarayonlar ongda boshqariladi va tamomlanadi, degan fikrni juda katta xato deb aytgan? Aslida qanday sodir bo'ladi: bilish jarayonlari qaerda boshlanadi va tamom bo'ladi: I.M.Sechenovdan oldin bu haqida qanday-o'ylaganlar.
6. Psixikani o'rganish borasida turli maktab va yo'nalish
namoyondalari turli tarixiy davrlar mamlakatlarda ishlagan va
ishlanayotgan olimlar ular psixik hayotni tushunishlari nuqtayi
nazaridan turli yondashishlarga amal qilganlar. Misol uchun, fan
tarixida quyidagilar ma'lum; psixikaga funksional yondashish shaxsiy
yondashish va faoliyatli yondashish ularning har binning mohiyati
nimadan iboratligini ko'pchilik psixologlar amal qiladigan shaxsiy va
faoliyatli yondashishda qanday farq borligini ko'rsatib ma'ruzada ochib
berish mumkin. Shundan keyin talabalarga darsliklardan uch xil
yondashishlarning har biriga misollar topish topshirig'ini berish
mumkin.
7. Idrok, tasawur etish, xotira, xayol qilish, fikrlash bular beshta
idrok etishning psixik jarayonlaridir. Ularning barchasi uning ajralmas
tarkibiy qismi sifatida mavjud bo'lgan amaliy faoliyatlaridan misol keltiring va unda bu jarayonlaming ish bajarishi nuqtayi nazaridan bu faoliyatni qisqacha tasvirlab bering.
Bu savolni talabalarga ma'ruzaning oxirida berish, mustaqil ish sifatida topshirish, ularning javoblarini esa amaliy mashg'ulotlarda muhokama etish maqsadga muvofiq bo'ladi.
8. Reproduktiv va produktiv (ijodiy) fikrlash — ularning farqi
nimada? Tasawur qiling sizning oldingizga bir necha masala qo'yilgan,
siz ulardan ba'zilariga darhol javob bera olasiz, boshqalariga esa —
biroz o'ylab, (biror bir taqqoslab, solishtirib, hisoblab), ichingizda esa
sizda tayyor javob ham yo'q yoki ikkinchi holatdagidek izlashga
harakatlar ham yo'q, siz uchinchi holatda nima qilasiz?


Yüklə 174,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin