University of buissines and science


Hamma uchta variantlarda ham fikrlash amalga oshiriladimi yoki hammasida ham emasmi? Qaerda ijodiy fikrlash, qaerda esa reproduktiv fikrlash namoyon bo'ladi?



Yüklə 174,38 Kb.
səhifə2/2
tarix24.07.2023
ölçüsü174,38 Kb.
#137357
1   2
Shamsiddiona O’g’iloy

Hamma uchta variantlarda ham fikrlash amalga oshiriladimi yoki hammasida ham emasmi? Qaerda ijodiy fikrlash, qaerda esa reproduktiv fikrlash namoyon bo'ladi?
Ushbu savol odatda, agar talabalarga oldindan, hayotdan aniq misollarni tanlab, ularni yozib va o'qituvchiga topshiriq bilan berilsa, seminarda faol muhokama etilishiga olib keladi.
Bunday topshiriq birinchidan, talabada mas'uliyatlilik hissini oshiradi. Ikkinchidan, o'qituvchiga misollardan ba'zilarini seminarda muhokama etishda foydalanishga imkon beradi, bu talabalarning fikrlashlarini faollashtiradi. Misollardan qaysilari muhokama etishni talab etadi yoki hammaga qiziqarliligini fikriariga qarab aniqlab olish oson bo'ladi.2
9. Predmetni idrok etish (buyumlar, moddiy obyekt) va uni ifoda
etuvchi so'zni idrok etish. Farqni ko'ryapsizmi? Ko'rgan bo'lsangiz bu
farq nimada? Bu farqning so'zli, nutqli muomalalarda (boshqaruvchilik
yoki o'qituvchilik faoliyatida, insonning inson bilish munosabatida) bu
farqni hisobga olish muhimligiga siz misol keltira olasizmi?
10. Tasawur va o'ylash (xayol), «Xayolan tasawur etish»
mavzusida misol o'ylab toping. Misolni (hayotdan oling,
adabiyotlardan toping), tasawur va xotira, ularning o'zaro bog'liqligiga
misol keltiring.
Nutq-fikrni tashqi ifoda etish, o'qituvchining nutqi yangi
materiallarni bayon etish, uning fikrlashini ifoda etilishi bo'lmasligi
mumkinmi?
Talabaning nutqi (seminarda chiqishi) uning fikrlash ifodasi
bo'lmasligi mumkinmi?
13. Barcha psixik idrok etish jarayonlari insonning hayoti
davomida rivojlanib boradi, lekin kimningdir sezish hissi yaxshiroq va
tezroq rivojlanadi (misol uchun eshitish yoki ko'rish). Kimdadir -
nutq, ba'zilarda esa - fikrlash yoki xotirasi rivojlanadi.
• Turli odamlarda psixik jarayonlaming rivojlanishi darajasidagi farqni qanday tushuntirish mumkin?
14. Shaxs psixologiyasi va psixologiyada shaxs tushunchasi,
ma'ruzasida shaxs tushunchasida quyidagilarni taqqoslab chiqish
mumkin:
«Shaxs — insonning individualligini tashkil etuvchi insonning
barqaror psixologik sifatlari to'plamini ko'rsatuvchi tushuncha»;
«Shaxs deb ya'ni ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etuvchi va
ijtimoiy rivojlanish namoyondasi hisoblangan ijtimoiy jonzod deb», biz
«balog'atga yetgan, normal odamni (lekin chaqaloqni va aqli zaif
odamni emas) aytishimiz mumkin». A.V.Petrovskiy (M.1976 - 97-b.)
muallifligi ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligida shunday deb
aytilgan;
d) «Shaxs tushunchasida quyidagilar ifoda etiladi; 1) inson
individual munosabatlar va ijtimoiy faoliyat subyekti sifatida yoki
2) individual u yoki bu jamiyat birligini inson sifatida ta'riflovchi
ijtimoiy ahamiyatli xislatlar barqaror tizimini shaxs faqatgina ong va
o'zini anglash yuzaga kelishi bilangina namoyon bo'ladi» (Psixologik
lug'at - 1983 - 178-b.);
«Shaxs - individning ijtimoiy munosabatlarida ishtirokini ifoda
etuvchi, bir tomondan predmetli faoliyat va munosabatlarda oladigan
tizimli sifatidir», (qisqacha psixologik lug'at, — M. 1985—165-b);
«Shaxs — 1) inson ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat
subyekti sifatida; 2) ijtimoiy aloqalarda ishtirok etuvchi va
hamkorlikdagi faoliyat va munosabatlarda shakllanuvchilar bilan
belgilanadigan individning tizimli sifatidir».
Ma'ruza oxirida talabalarga quyidagi topshiriqlarni berish mumkin? «Shaxs tushunchasi berilgan boshqa adabiyotlami o'qib chiqing, ularni ma'ruzalarda berilganlari bilan taqqoslang, ularda berilgan ilmiy mazmunni tahlil qiling, quyidagi savollarga javob bering:
va variantlardagi shaxsni ta'riflashga har qanday
individni kiritish mumkinmi?
qaysi tushunchalardan biri bizning psixologiyamizda qabul
qilingan shaxsni tushunishimizga mos keladi deb hisoblaymiz.
o'z ta'rifmgizdan aniq bittasini (adabiyotlarda mavjudlaridan
kelib chiqib) ifoda etishga harakat qilib ko'ring.
15. «Shaxs», «inson» va «individuallik» tushunchalari nimasi bilan
farq qiladi? yoki sizningcha ular mazmunan bir xilmi?
16. «Shaxs psixologiyasi» bo'limida
turli mualliflar shaxsning
belgilari «yo'nalganligini» yoki xislatlari sifatlarini ko'rib chiqadilar:
Inson uchun, R.S.Nemov ularni oltita hisoblaydi (qobiliyat,
temperament, xarakter, iroda, emotsiya, motivlar). A.V.Petrovskiy
muallifligi ostidagi «Umumiy,psixologiya» darsligida esa — faqatgina
uchtasini ko'rsatadi. (Temperament, xarakter, qobiliyatlar). Lekin
motivlilik bu yerda shaxs tavsifnomasiga kiritilgan. Faqatgina uning faoliyati bilan bog'liqlikda iroda va emotsiyalar ham (sezgilari) faoliyat tavsifnomasiga ham kiritilgan. Bu variantlardan qaysi birini siz to'g'ri deb hisoblaysiz va nima uchun? Yoki ularning asosida yangi g'oyani yaratishning so'nggi varianti uchun imkoniyat borligi haqida fikringiz bormi?
Bunday savol odatda, manbalarni diqqat bilan o'qiydigan talabalarda yuzaga kelishi mumkin, lekin ko'pchilik bu farqlarni sezmaydi. Shuning uchun bu savolga talabalar e'tiborini ma'ruza davomida tortish va ularga javob topishlarini so'rash maqsadga muvofiq boiadi.
Qobiliyat tushunchasining mazmuni nima? Ular shaxsning
tug'ma xususiyati hisoblanadimi yoki to'laligicha hayoti davomida
egallanadimi? Yoki qandaydir imkoniyatlari tug'ma bo'lib, ular
faoliyati davomida namoyon bo'ladi va rivojlanadimi? Shunday bo'lishi
mumkinmi? Zehni bo'la turib, u qo'biliyatga aylanmay ketadi.
Boshqacha qilib aytganda, ilgari mavjud qanday imkoniyatlari sezilgan
boisa ham odatda, masalan, matematikaga, musiqaga, texnikaga yoki
rahbarlik faoliyatiga qobiliyati rivojlanishi mumkinmi?

«Qobiliyat» va «Layoqat» tushunchalari o'rtasida farqni siz
ko'rasizmi? Biror bir insonning odamlar quyidagi sifatlarga ya'ni
«iste'dodli», «dono», «aqlli», «bilimdon», «o'qimishli», «ilmli»,
«qobiliyatli» ega deyishlarida farqni ko'rasizmi?

Xarakter tushunchasining mazmun? Turli psixologik asarlarda
aytilgan xarakter belgilari va insonning ma'naviy (odob) sifatlari bilan
solishtiring va xulosa chiqaring; nima uchun bitta tushuncha misol
uchun talabchanlik, mehnatsevarlik, shuhratparastlik, o'zini hurmat
qilish, g'urur, kamtarlik va shu kabilar xarakter xislatlarini (belgilari) va
shaxsning ma'naviy sifatlarini ifoda etish uchun ishlatiladi; odamlar
xarakteri bilan (yoki boshqa bir) tug'iladimi yoki xarakter hayot
davomida shakllanadimi?

Ana shu uchta savollarni (17—19 raqam) seminarda muhokama etish, ularni mustahkamlashga zamin yaratish, o'quv ishlari, topshiriqlari tarkibiga dastlab kiritish orqali tortishuvlar faol bo'lishi kafolatlangan, chunki talabalar tomonidan ko'plab tushunchalar turlicha talqin etilishi ko'rinib qoladi, shu orqali psixologiyani ilmiy nuqtayi nazardan ularning mazmunini tushuntirib berishga urinishlar bo'ladi.3

 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAr



  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» Toshkent. «Ma’naviyat» 2008

  2. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» - T., O’zbekiston 1999

  3. Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007

  4. Uzbekistan Respublikasi "Ta’lim tugrisidagi" Konuni T.,1992

  5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" T., 1997

  6. I.A.Karimov "Barkamol avlod orzusi" T., 1996

  7. Goziyev E.G. Mamatov M.M. va boshkalar "Uspirin psixologiyasi" ToshD.U 1992

  8. Goziyev E.G Utanov B "Xamkorlik psixologiyasi'' T., Tosh D.U. 1992

  9. Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.

  10. Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO

  11. Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002

  12. Filatova O.G Sotsialnaya psixologiya SP 2000

  13. Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001




1 Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007

2 Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001

3 Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO

Yüklə 174,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin