Kompyuter injineringi



Yüklə 39,08 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2022
ölçüsü39,08 Kb.
#76432
  1   2   3   4   5   6
28-mavzu.Muloqot va uning turlari




MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
________ GURUH TALABASI _____________________________
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” FANIDAN



MUSTAQIL ISHI
O`QITUVCHI: ______________________________

TAYYORLADI: ______________________________
Urganch-2022
Mavzu: Muloqot va uning turlari


Reja:

  1. Muloqot haqida tushuncha

  2. Muloqot turlari



Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.m. andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.i. enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.a. brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa.  Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.a. karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.f. lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi.
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga  ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin.
Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.

Yüklə 39,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin