Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi



Yüklə 283,31 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü283,31 Kb.
#173843
10-mavzu

Mavzu:Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi

Reja:

  • Pedagogik psixologiyaning umumpsixologik konteksti.
  • Psixologiya nazariyalari va uning pedagogik psixologiya rivojlanishiga ta’siri
  • Fanga “Pedagogik psixologiya” terminining kiritilishi.
  • Pedagogik psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari.

Pedagogik psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

  • Pedagogik psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari olimlar, faylasuf va yozuvchilarni ham jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmunidagi asarlar XVII-XVIII asrda diniy axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgan. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan.

Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

A.N.Radishev bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi pedagogik psixologik asar bo’lib, yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulgayib shakllanadi.

Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir.

  • Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir.

Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi.
Abu Nasr Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uning fikricha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urf–odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan o’qitsh tabiatga uyg’unligini uqtiradi.
Tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, inson organizmining tuzilishi undaga nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalagan.
Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT
Yüklə 283,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin