Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6)
ISSN 2181-1709 (P)
128
Education and innovative research 2022 y. №6
UZLUKSIZ TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA SHAXSLARARO
MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY TARAQQIYOTI
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.6.6.048
Dilova N.G. ,
BuxDU
dotsenti
ИСТОРИЧEСКОE РАЗВИТИE МEЖЛИЧНОСТНЫХ
ОТНОШEНИЙ В СИСТEМE НEПРEРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Дилова Наргиза Гайбуллаевна,
доцент БухГУ
HISTORICAL DEVELOPMENT OF INTERPERSONAL RELATIONS
IN THE SYSTEM OF LIFELONG EDUCATION
Dilova N.G. ,
Associate Professor BuhDU
Annotatsiya: Maqolada uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida shaxslararo
munosabatlarni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti, sharq mutafakkirlarining
ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni muhitida
shaxslararo munosabatlar, hozirgi zamon o‘qituvchisidan talab qilinadigan sifatlar
hamda uning ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘lom raqobatli muhitni yarata olishdagi
asosiy tashkilotchi ekanligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: uzluksiz ta’lim-tarbiya, innovatsion ta’lim, zamonaviy
yondashuvlar, shaxslararo munosabatlar, sharq mutafakkirlari, zamonaviy ta’lim,
shaxslararo munosabatlar, sog‘lom raqobat, sifatli ta’lim.
Аннотация: В статье рассматриваются историческое развитие
формирования межличностных отношений в процессе непрерывного
образования, взгляды восточных мыслителей на образование, межличностные
отношения в современном образовательном процессе, качества, необходимые
современному педагогу и его образованию. организатор в создании здоровой
конкурентной среды в процессе.
Ключевые слова: непрерывное образование, инновационное образование,
современные подходы, межличностные отношения, восточные мыслители,
современное образование, межличностные отношения, здоровая конкуренция,
качественное образование.
Resume: The article discusses the historical development of the formation of
interpersonal relations in the process of continuous education, the views of Eastern
thinkers on education, interpersonal relations in the modern educational process,
the qualities necessary for a modern teacher and his education. organizer in
creating a healthy competitive environment in the process.
Key words: continuous education, innovative education, modern approaches,
interpersonal relations, Eastern thinkers, modern education, interpersonal
relations, healthy competition, quality education.
Innovatsion jamiyatning o‘ziga xos xususiyati o‘zida har xil yosh
kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to‘ldirib borish va
kengaytirishni ta’minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan
iborat bo‘lgan uzluksiz ta’lim – tarbiya hisoblanadi Uzluksiz ta’lim - tarbiyaning
maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bo‘g‘ini sifatida insonning
o‘zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga,
kasbiy hayot, madaniyat,
jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon
bo‘ladi Uzluksiz ta’lim – tarbiya ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy
shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda
oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi va shu bilan birga bugungi global
Образование и инновационные исследования (2022 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
129
http://interscience.uz
iqtisodiy sharoitda har bir insonning butun hayoti davomida rivojlanib borishining
asosini namoyon etuvchi sifatidagi innovatsion ta’lim modelining eng muhim
konsepsiyasidan biri hisoblanadi.
Shaxsning butun hayoti davomida samarali rivojlanib borishini sifatli ta’minlash
va uni kafolatlashda innovatsion ta’lim modelining eng muhim konsepsiyalaridan
biri bu – ta’lim-tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabat g‘oyasining muhim
ahamiyatga ega ekanligi bilan baholanadi.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlar bu o‘qituvchi
va o‘quvchilar orasida yuzaga keladigan samarali muloqot munosabatlari bo‘lib, u
ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining psixologik moslik darajasiga to‘g‘ri kelgan
holda ularning o‘zaro ta’sirida shakllanib, mustahkamlanib boradi. Uzluksiz ta’lim
– tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yiladigan ikki tomonlama ongli aloqalar, munosib
tajribali munosabatlar, o‘zaro birgalikda faoliyat va aloqa jarayonida ular tomonidan
ko‘rsatilayotgan o‘zaro ta’sir va o‘zaro ta’sirning bog‘liqligini xolisona namoyon
yetilishi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga egadir.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim–
tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular psixologiya,
pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq
holda
o‘rganishni talab etadi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonida shaxslararo
munosabatlarni o‘rnatishning ahamiyati haqidagi qarashlari xozirgi kungacha
bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik-psixologik
nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib kelinmoqda. Har bir
ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning xayot va turmush
darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqlir.
Binobarin, Yangi O‘zbekiston strategiyasida ham aynan,
milliy qadriyatlar,
ajdodlar merosidan unumli foydalanish, uni qayta o‘rganish va ilmiy izlanishlar
asosida ulardan Uchinchi renesansning poydevori sifatida foydalanish bugungi
dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ajdodlar merosiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, o‘tmishdagi
pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq
xayotiga tatbiq etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda.
Tarixdan ma’lumki, VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat,
ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. O‘sha tarixiy davrda al – Xorazmiy, Forobiy, al –
Farg‘oniy, al – Beruniy, ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga
keldi. Ular bilan yonma-yon dunyoviy ilmlar tug‘ildi. Sharq mutafakkirlari inson
ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy – ma’rifiy
qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar,
inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV – XVI asrlarga kelib
qadimiy Turkiston
jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Haydar
Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Baxodirxon
singari allomalarni voyaga yetkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator
madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari,
xususan o‘zbek xalqi va uning madaniy – ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli
ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari,
ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishning muhimligi
haqidagi qarashlari, pedagogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak
bo‘larli ma’no va mazmun kasb etgan.
Bugungi kunda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonidagi
shaxslararo munosabatlar to‘g‘risidagi qarashlari jamiyat taraqqiyoti qonunlariga
suyangan holda turli nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini
samarali o‘rganib, ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanish
imkoniyati yaratilmoqda.