5-mavzu: So‘rov metodi



Yüklə 27,52 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#129105
5-mavzu So‘rov metodi





5-MAVZU: So‘rov metodi.




Reja:
1.So‘rov yoki intervyu o‘tkazishuchunjoyvavaqtnibelgilash
2.So‘rovnomani ma’lumotlarnibuzilishinioldiniolish,
3.Intervyuerning tashqiko‘rinishivakasbiyetikasi
4.Fokus guruhtadqiqotinio‘tkazishuchuntavsiyalar

Tayanch iboralar: Qadriyatlar, milliy qadriyatlar, shaxsiy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar,diniy qadriyatlar, individualizm

So‘rovyoki intervyu o‘tkazish uchun joy va vaqtni belgilash


Tadqiqot natijasida olinadigan ma’lumotlarning ishochliligi va ahamiyatligi, ko‘p tamonlama tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishdagi metodologik va metodik jarayonga sinchkovlik bilan rioya etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Turli hil tadqiqotlarda bu bir tamondan respondentning shaxsi, hususan ma’lumotlilik darajasi, madaniyati, xotira tarkibi, psixikaning himoya mexanizmlari, shuningdek, o‘rganilayotgan muammoga, tadqiqot o‘tkazayotgan shaxsga yoki tashkilotga uning munosabati bilan bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tamondan, sotsiologik tadqiqotning ob’ekti sifatida o‘rganilayotgan guruhning o‘ziga hos hususiyatiga (masalan, yoshlar, tadbirkorlar, davlat stukturasi va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va b.) bog‘liq bo‘ladi.


Bundan tashqari, olinadigan ma’lumotning sifati, savolnoma listni tuzishdagi kasbiy mahoratidan tortib respondentlardan izlanayotgan ma’lumotlarni olish bo‘yicha intervyuerlik ishlarini ustalik bilan o‘tkazuvchi tadqiqotchining o‘ziga ham bog‘liq bo‘ladi.
Respondendenlar olinadigan ma’lumotlarning faol manbasi hisoblanadi. Ob’ekt bilan u yoki bu tarzdagi kontakt natijasida, tadqiqotchi ob’ektning holati borasida mulhazaga undovchi reaksiya yega bo‘ladi. Har qanday ko‘rinishdagi ayniqsa shaxsiy kontakt ko‘rinishidagi suhbatlar, empirik ma’lumotlar natijasiga ta’sir etuvchi o‘ziga hos kommunikatsiya usuli hisoblanadi. Sotsiologik so‘rovnomada kontak so‘z yordamida amalga oshiriladi. Ob’ekt bilan kontakt usuliga bog‘liq ravishda reaksiya turli hil bo‘lishi mumkin.
Respondentlardan olinadigan ma’lumotlarning ishonchligi, uch omilga bog‘liq bo‘ladi: Sotsiologni respondentlarni ushbu savolga javob berish borasidagi hohishini tushungan holda savollarni qanday tuza olishni bilishligi.
Tadqiqot natijalarini ishonchliligi va ob’ektivlikning yuqori darajasiga erishish uchun, uni o‘tkazishda quydagi ish tartibiga rioya qilish lozim bo‘ladi:

  1. So‘rov yoki intervyu o‘tkazish uchun joy va vaqtni respondentlarning manfaatini hisobga olgan holda tanlash. Shu o‘rinda tanlangan joy yorug‘ va iliq (agar tadqiqot obi-havo sovuq kunlari o‘tkazilsa) va shamol yaxshi aylanadigan (agar tadqiqot obi-havo issiq kunlari o‘tkazilsa) bo‘lishi kerak. Tashqi omillar olinadigan ma’lumotlar sifatiga ta’sir o‘tkazmasligi kerak.

  2. Respondent vaqt bilan chegaralanib qolmasligi va taklif kilinayotgan savollarga javob berishi uchun intervyu o‘tkazish vaqti ular uchun qulay vaqtda bo‘lishi kerak

So‘rovnomanima’lumotlarnibuzilishinioldiniolish



  1. Har qanday bir turdagi so‘rovnomani ma’lumotlarni buzilishini kamaytirish maqsadida uni o‘tkazish muddatini optimallashtirish lozim. Shuni unutmaslik lozimki, respondentlar vaqt bilan bog‘liq va boshqa sharoitlar ta’sirida shunchaki javoblarni tasdiqlab qo‘yishi ham mumkin.

So‘rovnomani o‘tkazish uzoq vaqt davomida cho‘zilib ketmasligi kerak, chunki tashqi sharoitlar o‘zgarishi mumkin, olinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar esa so‘rovnoma qatnashchilarining bir-birlariga fikrlaridan foydalanib berilishiga olib kelishi mumkin. Bunday muhokamalar respondentlar tarkibiga kechroq qo‘shilganlarning javoblarini xarakteristikasiga ta’sir etishi mumkin.

  1. Anketa va intervyuning o‘lchami yoki uzunligi so‘rovnoma sifatiga bevosita ta’sir etadi. Juda ko‘plab savollar respondentlarni charchatib qo‘yishi mumkin va u unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, demak javoblarni ob’ektiv tarzda bermaydi, uni tezroq to‘ldirishga harakat qiladi.

Intervyuerning tashqi ko‘rinishi va kasbiy etikasi



  1. Intervyuerning tashqi ko‘rinishi ham muhim sanaladi. Intervyuerningkiyinish jihatdan mos bo‘lmagan ko‘rinishda bo‘lishi, respondentlarda so‘rovnomaga e’tiborni susaytiradi va o‘kaziladigan tadbirga nisbatan mensimaslik munosabatini yuzaga keltiradi.

  2. Respondentning sotsiologiyaning foydasi to‘g‘risida va hususan jamoatchilik fikri so‘rovlari borasida ahamiyatga ega fikrga egaligi. So‘rovnomaga ijobiy munosabatda bo‘luvchi respondentlar, boshqa respondentlarga qaraganda ko‘plab munosabatlarda o‘zlarini boshqacha tutadilar. Ular kamdan kam holatlarda muayyan javoblardan o‘zini chetga oladilar, ochiq savollarga faol tarzda va to‘laligicha javob beradilar. Shu bilan birga, respondent anketada ko‘tarilgan savollarda jamoatchilik yoki shaxsiy manfaatlarni ko‘rmasa, uning so‘rovnomaga nisbatan munosabati boshqacha bo‘ladi.

  3. Respondentni qiziqishi ko‘p jihatdan so‘rovnomaning boshlanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Aynan uning ta’siri ostida suhbat yoki so‘rovnoma davomida o‘zgarishi oson bo‘lmagan munosabat shakllantiriladi.

  4. Tadqiqot boshlanishidan oldin respondentlar bilan umumiy til topishish, ular uchun qulay sharoit yaratib berish juda muhim sanaladi. Intervyuer respondentlarning ishonchi va e’tiborini qozonishi kerak bo‘ladi.

  5. Dastlabki suhbat davomida so‘rovnomaning ishtirokchisini nomi oshkor etilmasligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Respondentga anonimlikga kanday usul bilan rioya etilishi ko‘rsatilishi kerak. Misol uchun, agar so‘rovnoma auditoriyada o‘tkazilayotgan bo‘lsa, to‘ldirilgan anketani boshqa anketalar to‘plamiga qo‘shib qo‘yish yoki mahsus qutichaga tashlash kerakligni tushuntirish lozim bo‘ladi.

  6. Agar respondent intervyuerning shoshilmayotganini, o‘z ishini tezda tugatishga intilmayotgani ko‘rsa, respondentning faolligi va uni savollarga jiddiy o‘ylab javob berishi sezilarli ravishda ortadi.

  7. Intervyuerning muloyim bo‘lishi, bir mavzudan boshqa mavzuga keskin sakrashlarsiz o‘tishi juda katta ahamiyat kasb etadi.

  8. Intervyuer respondentlardan o‘z hohlagan javobni eshitishni emas, ularning real javoblarini qayd qilishi kerak bo‘ladi

Fokus guruh tadqiqotini o‘tkazish uchun tavsiyalar





  1. Tadqiqotda ishonchli ma’lumotlarni olishda muhim hususiyatlardan biri “uchinchi shaxs”larning mavjud bo‘lmasligi hisoblanadi. So‘rovnoma va intervyularni “uchinchi shaxs”ning ishtirokisiz o‘tkazish lozim bo‘ladi, aks holda ular respondentlarning reaksiyasi ta’sir etishi, olinadigan ma’lumotlarda buzib ko‘rsatishlarga olib kelishi mumkin. Bunday odamlar suhbatlarga qo‘shiladi, o‘zini fikrini bildiradi, respondentlarni xaqiqatni gapirmaslikga undaydi. Ba’zida Inogda «uchinchi shaxslar» kulgili holatni yaratib respondentlarni ahamiyatsiz javoblarni belgilashga undaydi. Boshqa tamondan respondentlar o‘zlari biror-narsani eslash uchun boshqa respondentlardan yordam so‘raydilar.

  2. Shuningdek tadqiqot natijalarinidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarni so‘rovnoma o‘tkazish vaqtida qatnashmasligini ta’minlash zarur. Misol uchun, so‘rovnoma maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazilsa, bu jarayonda o‘qtuvchilar yoki o‘quvchilarning javoblariga ta’sir etuvchi boshqa kishilar bo‘lmasligi lozim.

  3. O‘rganilayotgan u yoki bu guruhning faoliyati, hayot tarzi, xulq-atvorini hisobga olish ham ahamiyatli hisoblanadi. Misol uchun, yoshlar, o‘spirinlardagi yoshiga oid o‘ziga hosligi, nuqtai-nazardagi va ijtimoiy pozitsiyadagi qat’iyatsizlik, ota-onaga bog‘liqlik, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik tadqiqotning dastlabki ma’lumotlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazishda o‘zining fikrlarini ifoda etmasdan, umum qabul qilingan, ijtimoiy ahamiyatga ega javoblarni belgilanishiga olib keladi. O‘spirinlar, qanday hulq-atvor ma’qullanishi kaysilari esa intervyuerda salbiy ta’surot uyg‘otishini juda yaxshi tushunadilar.



Nazorat savollari

1.So‘rov yoki intervyu o‘tkazish uchun joy va vaqtni belgilash uchun nimalarga e’tibor berish zarur?


2.So‘rovnomani ma’lumotlarni buzilishini holatlariga yo‘l quymaslik uchun nimalarga e’tibor berish zarur?
3.Intervyuerning tashqi ko‘rinishi qo‘yiladigan talablar qanday?
Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin