Образование и инновационные исследования (2022 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
137
http://interscience.uz
amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam
bo‘lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshlagan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi,
ustozning etagini tutib shod bo‘l, bir
muddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra
o‘zing ustoz bo‘l. ...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb so‘rasalar,
u pok mazhabli o‘z aybini ko‘radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda
hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi”.
Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimniig alohida roli borligi haqida
gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi.
Alloma murabbiylar to‘g‘risida yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da shunday
yozadi: «Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda
lutf va odob qoidalariga
rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat
joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini
bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda
muloyim vaxushfe’l bo‘lish maqsadga muvofikdir».
Az Zamaxshariy deydiki: “murabbiy o‘qib tursagina murabbiy bo‘la oladi, agar
o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda murabbiylik o‘ladi”. Bu dono fikrga yoshidan,
pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qatiy nazar barcha o‘qituvchilar
rioya qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Uzluksiz ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish,
unda shaxslararo
munosabatlar tamoyillari va asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun
bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida har jihatdan qulay va mustahkam
poydevor sifatida sog‘lom,
raqobatbardosh, ijodiy innovatsion muhit yaratish
vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Bunda sharq mutafakkirlarining boy ijodiy
merosidan foydalanish zaruratini davr taqozo etmoqda. O‘quv
jarayonlaridagi
shaxslararo munosabatlarga asoslangan o‘zaro do‘stona munosabat, ta’lim olish va
ta’lim berishdagi hamkorlikdagi sog‘lom, raqobatbardosh gumanitar muhitning –
ijtimoiy - tarixiy hodisa sifatida bosqichma – bosqich shakllanib, rivojlanib borish
mutafakkirlarimiz asarlarida e’tirof etilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarixiy ildizlari uch ming yildan chuqurroq
qadimiyatga borib taqaluvchi o‘zbek davlatchiligi ko‘p
marotaba yuksalishlarni
boshidan kechirgan O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasi qaror topgan davlatlardan
biri sifatida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi. Sharq Uyg‘onish davri
– birinchi Renessansi deb nom olgan o‘rta asrlar va bugungi kunga qadar yetishib
chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, rivojiga
qo‘shgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan
olingan. Buyuk ajdodlarimiz o‘z ilmiy merosi bilan insoniyat sivilizatsiyasiga
munosib hissa qo‘shganlar. Zero, buyuk alloma va mutafakkirlarining boy ilmiy
merosi, undagi ta’lim - tarbiyaga oid qarashlar asrlar osha sayqal topib, zamonaviy
jamiyat rivoji, uning taraqqiyoti uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullaev H. Yashil daftar hikmati. -T.: O‘qituvchi, 2000.
Ibrohim Haqqul. Navoiyga qaytish. - T.: FAN, 2007,223 b.
Kaykovus. Qobusnoma (Forschadan Muhammad- Rizo Ogahiy tarjimasi).: S.Dolimov. - T.:
O‘qituvchi, 2006, 208 b.
Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. - T.:
Istiqlol, 2003. -
Ochilov M. Muallim qalb me’mori: Saylanma. -T.: O‘qituvchi,
Sodiqova T. Murabbiy kim?...-T.:Toshkent islom universiteti, 2006, 83 b.
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri - T.: A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti,
1993. - 187 b.
8. Axmedov A.E., Smolyaninova I.V., Shatalov M.A. Sistema neprerыvnogo obrazovaniya kak
drayver sovershenstvovaniya professionalnыx kompetensiy// Professionalnoe obrazovanie i rыnka
truda. 2016. №3. S.26-28.
9. Kizin M.M. Vokalnoe iskusstvo v prostranstve sifrovыx texnologiy// V sbornike: Muzыkalnoe
iskusstvo v kontekste sovremennыx problem kulturы i obrazovaniya. Moskva, 2016. S.215-220.
10. Nikitenko L.I. Samostoyatelnaya rabota v sisteme individualnogo obrazovatelnogo
marshruta studenta// Ustoychivoe razvitie nauki i obrazovaniya. 2016. №3. S.39-43.
11. Tixomirova O.B., Kobeleva Ye.M. Organizatsiya natsionalno orientirovannoy deyatelnosti
detey starshego doshkolnogo vozrasta v usloviyax DOO kak sredstvo polikulturnogo obrazovaniya//
Sinergiya 2016.№4. s.14-18.
12. N.G. Dilova Uzluksiz ta’lim jarayoni subektlarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish:
muammolar va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. “Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari bilimini baholashda pirls tadqiqotlaridan foydalanish imkoniyatlari” nomli tezisi
26.1.0.2020 y.