Образование и инновационные исследования (2022 год №6) ISSN 2181-1717 (E) 131 http://interscience.uz
Bu va boshqa masalalar ko‘pgina o‘rta asr sharq allomalarining asarlarida ham
yoritilgan. Forobiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchining faoliyati yoshlarda san’atni
egallash uchun axloqiy me’yor va amaliy ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Bu faoliyatning maqsadi - o‘quvchilarni baxt yo‘llarini izlashga
tayyorlashdan iborat. O‘z majburiyatiga sovuqqon bo‘lgan o‘qituvchilar Forobiy
fikricha, hurmatga sazovor emaslar. «Sharq Arastusi»ning ta’kidlashicha,
o‘qituvchining vazifasi mohir davlat rahbariniki kabidir. O‘qituvchi ham rahbar
kabi ko‘rgan va eshitganlarini yaxshi esda saqlab qolishi; idrokli va farosatli
bo‘lishi, ma’noli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga o‘z fikrini aniq bayon eta
olishi, ilmni faqatgina sevmay, balki o‘z bilimini o‘quvchilariga ham berishi,
spirtli ichimliklar ichmasligi, adolatparvar, yolg‘ondan xazar qilishi, mag‘rur va
nomusli, o‘quvchilariga nisbatan adolatli; belgilangan maqsadiga erishish uchun
qat’iyatli bo‘lishi kerak. «Bunday inson barkamollikning oliy darajasiga yetib, baxt
cho‘qqisiga erishadi. Bu inson baxtga erishish yo‘llarini biladigan insondir», - deb
yozgan edi Forobiy.
Ibn Sino - tasavvurida o‘qituvchi mard, adolatparvar va dilkash, bola tarbiyasi
usullari hamda axloq qoidalarini yaxshi biladigan insondir.
O‘qituvchi o‘quvchi tabiatini o‘rganib, aql tuzilishiga kirishi kerak. Ibn
Sinoning fikricha o‘quvchiga qarata aytilgan har bir so‘zida o‘qituvchi imo-
ishoradan foydalanishi kerak. Ibn Sinoning fikri shu jihatdan muhimki, o‘qitish
jarayonida o‘qituvchi turli usullardan foydalanishi kerak. Faqat shu sharoitda
o‘qituvchi o‘quvchining mayli va qobiliyatini aniqlab, kasb tanlashda unga yordam
bera oladi.
Tusiy - o‘zining «O‘rganish yo‘lidagiga qo‘llanma»sida boshqalar kabi
o‘qituvchi va o‘quvchi munosabati masalasida to‘xtalib o‘tdi. O‘quvchi o‘qituvchiga
suyanmog‘i kerak, chunki o‘qituvchi va otaning-birgalikdagi harakati zarur.
O‘quvchi o‘qituvchi bergan axborotni o‘zlashtirib, uni mustahkamlashi, xotirasida
saqlashi kerak. O‘rganayotgan mavzuni aniq tushunishi kerak. Boshidan bu
ko‘nikma hosil qilinmasa, ularda oxirigacha past bilim va yomon odatlar saqlanib
qoladi. «O‘quvchi harakatchan, yoqimli va talabchan, vazifalarni bajarishda
tirishqoq, bilag‘on va tarbiyali inson bo‘lib yetishish uchun harakat qilishi kerak»,
-degan edi Tusiy. O‘qituvchi o‘quvchilar ongiga ta’sir etish uchun javobgarlikni
o‘z zimmasiga oladi. Asosiy vazifa - o‘quvchilar muhabbati va ishonchiga sazovor
bo‘lish. Bunda, ta’kidlaydi Tusiy, o‘qituvchi shifokor bo‘lishi kerak, chunki
kasalning tuzalishi shifokorga bo‘lgan ishonchga bog‘liq. Tusiy o‘qituvchilarga
quyidagi talabni qo‘yadi: rad etib bo‘lmaydigan dalillar asosida bahs yurita olish,
gapirgan gaplariga chuqur ishonch, nutq, mantiqiy bayon eta olish.
Abu Rayhon Beruniy - O‘rta Osiyo fanini dunyo miqyosiga olib chiqqanlardan
biri, mashhur qomusiy olim sifatida tarix, astronomiya, matematika, geografiya
(dori-darmonlar haqidagi) ilmlarga oid 150 ga yaqin asarlar yozdi. Abu Rayhon
Beruniy asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhim metodologik asoslari:
-darsda o‘quvchilarni zeriktirmaslik (motivatsion va shaxsni rivojlantirish
vaziyatlari- ni ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati tarkibiy
tuzilmasini aniqlash)
-ta’limdagi uzviylik va izchillik (darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni
rivojlanti ruvchilik vazifalarining birligi va uzviyligi);
-yangi mavzuni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish (ta’lim metodlarini
tanlash, ta’ lim vositalaridan foydalanish uslubini aniqlash)
-olib borilayotgan mashqlarning bolalar yoshiga mos bo‘lishi (o‘quvchilarning
o‘zlashti rish darajasini ma’lum bosqichdan yuqoriroq bosqichga ko‘tarish ketma-
ketligini ta’min lash)
- har bir ta’lim jarayonini yengildan og‘irga qarab murakkablashtirib borish
(ta’limning texnologik vositalarlarini o‘quvchining yoshiga mos qilib tanlash )