Munosabatni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 298,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix12.10.2023
ölçüsü298,64 Kb.
#154977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1390-Текст статьи-3684-1-10-20221017

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6)
ISSN 2181-1709 (P)
132
Education and innovative research 2022 y. №6
- bolaga bilim berishda majburan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymaslik (ped 
texnologiyadan majburan foydalanmaslik)
Burxoniddin az-Zarnujiy - «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim berish 
yullari» risolasida ilm va kasb-xunar o‘rganishning asosiy shartlari sifatida 
o‘kuvchida jiddiy istak, kat’iyat va non bo‘lishi lozimligini, shundan keyin yaxshi 
muallim xamda yetarlicha vakt zarurligini yozgan.
Abu Ali ibn Sino - yaratgan asarlarining soni 400 dan ortiq bo‘lib, u ilmning 
turli sohalari — falsafa, mantiq, tibbiyot, adabiyotshunoslik, axloqshunoslik va 
musiqaga oid asarlardir. Chunonchi, birdaniga darslik bilan band kilib kuymaslik, 
yengildan og‘irga borish, jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish, bilim berishda 
bolalarning mayli,qiziqishi,qobiliyatini hisobga olish va hokazolar haqida o‘z 
fikrini yozib qoldirgan
Abul Kosim Mahmud az-Zamaxshariy - Sharqda islom dunyosida serqirra 
olim, xususan tilshunoslik, dinshunoslik, mantiq kabi ilmlarni chuqur bilish bilan 
yaxshi tanildi. Olim Zamahshariyning arab tili grammatikasiga bagishlangan «Al-
mufassal fi san’at al-i’rabi» («Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob»), «Navobig‘ 
ul- qalim» («Nozik iboralar»), «Al mu’jam al-arabiy al-forsiy» («Arabcha-forscha 
qomus»), «Nuzxat ul-mastaanis» («Do‘stlar farog‘ati»), «Muqaddima ul-adab» 
(«Adabiyotga kirish»), «Al Kashshof» kabi Qur’onni tafsir etgan asarlari Sharqda 
mashhurdir. Uning asarlarida axloq, ta’lim-tarbiya va ilm o‘qitishga oid psixologik 
fikrlar va ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlar keng yoritilgan.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning yaqin do‘sti Kamoliddin Xusayn 
Voiz Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o‘rni borligi haqida 
gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi. 
Alloma murabbiylar to‘g‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: 
“Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi 
darkor. Jamoatchilik joylarida o‘quvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda 
bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini 
bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda 
muloyim va xushfe’l bo‘lish maqsadga muvofiqdir”. 
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy tarbiyachi – muallim foaliyatiga 
quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun yuksak 
fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech 
vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi”.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Avvalo 
zamonaviy bilimlar, ilg‘or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori darajada 
egallaganligi, pedagogik izlanish vazifasiga Demak, pedagogik mahorat egasi 
bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘zida ham ilg‘orlikni, ham novatorlikni (yangilikka 
intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalaiga lozim. O‘qituvchi pedagogik mahoratini 
“O‘qituvchining axloqiy shakllanishi” yo‘nalishida o‘rgangan professor Malla 
Ochilov pedagogik mahoratni egallashning muhim manbasi axloq deb ta’kidlab, 
kasbga oid axloq normalarini shunday ta’riflaydi».
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o‘qituvchi 
shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. 
O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni 
ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‘lishi loeimligini tajriba ko‘rsatmoqda. Buni 
yuqorida kasb axloqi to‘g‘risida bildirilgan fikrlar misolida ham ko‘rdik.
Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, 
nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, 
talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qatiylik, har qanday 
vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, 
samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega 
bo‘lishi kerak.



Yüklə 298,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin