ONA TOKZORLARNING VIGETATSIYADAGI O'RNI Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………...….3 I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi……………….…..…..5 1.1. Yosh toklarni parvarishlash…………………………………………………....5
1.2. Uzum urug'ini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari…………………11
II bob. Tokzorlarni remont, rekonstruksiya qilish va sovuqdan saqlash…….18 2.1. Uzumning sharobbop navlarini fenologik fazalarini o‘tishi va hosildorlik ko‘rsatgichlari…………………………………………………………………….18
2.2. Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish…………………………...25
Xulosa…………………………………………………………………………….31 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32
Kirish Tokzor ko‘p yillar uchun bir marta barpo qilinadi. Uning hosildorligi, uzoq yashashi va sermahsulligi ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. Tok o‘tqazishda yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘silikning kelgusi holatida ba’zan bir necha yildan so‘ng seziladi, lekin bu vaqtda ularni tuzatish qiyin bo‘ladi yoki tuzatib bo‘lmaydi. Shuning uchun, tokzor qat’iy ishlab chiqilgan reja asosida barpo etiladi, bu rejadagi vazifalar, joyning tuproq-iqlim sharoiti tokning biologik hususiyatlari va tashkiliy xo‘jalik sharoiti hisobga olingan holda tuziladi. Bundan tashqari; tok ko‘chatlarini o‘tkazishdan oldin navlarni tanlash va joylashtirishga, tup qalinligi va ko‘chat o‘tqazish texnikasiga katta ahamiyat beriladi.
Bundan tashqari, uzum mevasining tashishga noqulayligi xisobga olinib, tokzorlar qayta ishlash korxonalariga, magistral yo‘llarga yaqin bo‘lgan joylarda, ko‘p qo‘l mexnati sarf qilishini hisobga olib aholi yashaydigan joylardan uzoq bo‘lmagan maydonlarda barpo etiladi.
Tokzor uchun joy tanlashda tuproqning xossalari, sizot suvlarining joylanish chuqurligi, joyning relyefi, yon bag‘rlar ekspozitsiyasi, suv xavzalarining yaqin-uzoqligi, shamoldan himoya qiladigan polasalarning mavjudligi va boshqa sharoitlar hisobga olinadi. Tekis relyefli maydonlardan foydalanish uchun juda qulay, chunki ko‘chatlarni mexanizatsiya yordamida parvarish qilish oson bo‘ladi. Tekisliklarda tokzorlar doimiy oqib turadigan suv manbalariga yaqin bo‘lgan joylarda barpo etilishi kerak. Qulay sug‘orish uchun 0,004-0,008° qiyalik bo‘lsa, ya’ni maydon uzunligining har ming m ga 4-8 m qiyalik to‘g‘ri kelsa, eng yaxshi yon bag‘ir bo‘ladi. Tokzor uchun joy tanlashda tokning tuproq sharoitiga va shamol rejimiga bo‘lgan talablarini hisobga olish lozim. Yuqorida aytib o‘tilganidek tok turli xil tuproqli yerlarga, shuningdek boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kam yaroqli bo‘lgan joylarda ham oson moslashadi. Uning bu hususiyatidan qumliklarni mustaxkamlashda, tog‘lar va tog‘ etaklaridagi toshli-tuproqli, shag‘altoshli, sizot suvlar yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarni o‘zlashtirishda foydalaniladi.
Tokzor maydoni yer tuzish ishlari bilan bir vaqtda xo‘jalikning barcha tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli rejasiga muvofiq barpo etiladi. Ko‘chatlar siyrak bo‘lib joylashmasligi uchun yaqin uch-besh yilda tokzor barpo etish rejasi tuziladi va har yili ko‘chat ekish tartibi bilan boshlanadi. Ko‘chatlarni yoppasiga ekish (eski bog‘larni hisobga olganda) mashinalarning, materiallarning, ishchi kuchining bekorga ortiqcha sarflanishining oldini olishga imkon beradi, ishchi brigadalarini boshqarishni, hosilni qo‘riqlashni va shunga o‘xshashlarni yengillashtiradi.