Ona tokzorlarning vigetatsiyadagi o'rni mundarija: Kirish I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi


Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish



Yüklə 464,73 Kb.
səhifə5/6
tarix20.02.2023
ölçüsü464,73 Kb.
#85119
1   2   3   4   5   6
ONA TOKZORLARNING VIGETATSIYADAGI O\'RNI

2.2. Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish
Tok xosildorligi, uzum sifati nafaqat nav bilan, balki uning ekologik usish sharoiti bilan aniklanadi. Bu yerda joyning mikroiklimi va tuproq birinchi darajali axamiyatga ega.shuning uchun xam xar bir massivda o’g’itlarni qo’llash nafaqat xosildorlikni opshrishga, balki xosildan foydalanishning ko’zda tutilgan yo’nalishiga mos keladigan (xuraki, vinobop, mayiz uchun va xakoza) sifatlarini rezavor mevalariga berishga yo’nalgan bo’lishi kerak.
Uzum ko’p yillik o’simlik. Shuning uchun o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilganda O’simliklar holatini hisobga olish kerak.O’simliklar holati tokzor tarixiga ya‘ni tuproqni uziga xosligiga, tuproqni ekishga tayyorlaganlik darajasiga, kuchat sifatiga, ekish uslubiga, oldingi yillar agrotexnikasiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Tokzorlarning ko’pchillik qismi tog’ va tog’ oldi zonasida jiylashgan. Boshqa zonalarda ham tokzorlar nishab yerlarda va daryo vaxolarida bario etilgan. Ma‘lumki bunday sharoitlarda tuproq qatlami katta rang baranglikka va ola-bo’lalikka ega. Shuning uchun ham tokchilikda interpolyatsiya uslubini qo’llash juda ham kiyin. Xar xil tuproq iklim sharoitida o’g’itlarni sinash bo’yicha dala tajribalari o’tkazib, olingan natijalarni usha sharoitga qo’llab bo’lmaydi. Bu tavsiyanomalar faqat orientr tavsifga ega. Shuning uchun dala tuproqlarini tekshirish o’g’it dozasini aniqlashda muxim ahamiyatta ega.
Mevaga kirgan tokzorlarda o’g’itlarni samaradorligi ko’p omillarga, birinchi navbatda o’simlik holatiga nam bilan ta‘minlanganlik darajasiga, tuproq unumdorligiga bog’liq. Bundan tashqari navning biologik xususiyati, tokzor yoshi, tok kesish texnikasi, tupni shakllantirish uslubiga, uchastkaning ifloslanganlik darajasiga, kasallik va zararkunandalarning rivojlanishiga bog’liq.
2. Tokzor tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o’tkazishda tok o’simligining quyidagi xususiyatlarini va ustirish uslublarini xisobga olish kerak.
Uzum tipi plantatsiyada ma‘lum bir sistema bo’yicha joylashtiriladi: ular rivojlangan ildiz sistemasiga ega, bu esa tokni tuproqni xar-xil gorizontlaridan oziq moddalarni o’zlashtirib olishga imkon beradi. Faol ildizlarning asosiy qismi 20-70 sm qatlamda bo’ladi.
Tokzor barpo kilishga tuproqni tayyorlashda plantaj xaydash hisobiga tuproqni tabiiy tuzilishi bo’ziladi. Keyinchalik traktor bilan ishlov berilganda qator orasini tuproqni notekis zichlashishi yuzaga keladi, uning ta‘sirida esa tuproqni fizik xossalari.namlik va tuproqni biologik xossalari o’zgaradi.
3. Tokzorlarda foydalaniladigan o’g’itlarni qo’llashning ochak (uchok)-lenta usuli tuproqda oziq moddalarning miqdori ko’paygan markazlarivi yaratadi. U qator orasida bo’lib, lekii qatordan har xil uzoqlikda va har xil chuqurlikda joylashgan. Bayon etilgan tok o’simligining va agrotexnikasining uziga xos xususiyatlari urganish uchun, namuna olish uchun tuproq qatlami kalinligi aniqlanayotganda hisobga olinishi kerak.
Dala ishlariga tayyorgarlik.
Zonal agrokimyoviy laboratoriya (ZAL) agrokimyoviy xaritalash bo’yicha va o’g’itlar bilan dala tajribalir o’tkazish bo’yicha har yili ishlab chiqarish rejasi tuzadi. ZAL mudiri tokzorlarning agro-kimyoviy tekshirish bo’yicha ishlarni hajmli, obektlari va ketma-ketligini aniqlaydi, kerakli tashkilotlarga kartografik materiallar: tuproq xaritasi, agrokimyoviy xaritanoma, yerdan foydalanish rejasi uchun buyurtma beradi. Kerak bo’lsa topografik asos va aerofotosur‘atga ham buyutma beradi. Dala ishlarini o’tkazish uchun kerak bo’ladigan predmetlar:
-xo’jalikning xaritografik asosi.masshtab 1:5000,1:10000
-aralash namunalar olish uchun burgu
-latta yeki polietilen xaltachalar, korton karobkalar
-katta haltalar yoki yog’och yashik, bu tuproq namunalarini joy- lashtirish va quritish uchun asosiy joyga olib borishga kerak bo’ladi.
- belkurak kesma qazish uchun va individual namunalar olish uchun. -lenta yoki po’lat metr
-pichoq
-o’ragich qog’oz va shpagat
-dala jurnali, kerakli miqdorda etiketkalar, namunalar uchun kaydnomalar va boshqa xujjatlar va shakllar.
DALA ISHLARI.
ZAL operativ guruxi ishchilari quyidagi ishlarni xo’jalikda bajaradi: Xo’jalik agronomi bilan birgalikda tokzorlarni ularni joylashishi bilan, holati, ifloslanganlik darajasi. Relefning ifodalanganligi va tuproqni eroziyaga uchraganligi bilan tanishish uchun rekognosik kuzdan kechiradi.
Topografik asosdan foydalanib xo’jalik tokzorlari elementar uchastkalarga bo’linadi elementar uchaskalarni maydoni 2 gektardan oshmasligi kerak.
Agarkvartalkengligi 100 metr bo’lsa, elementar uchastkaning uzunligi 200metr, agar eni 50 metr bo’lsa elementar uchastkaning uzunligi 400 metr bo’ladi.
Agar uchaskani relefi juda ham notekis bo’lsa elementar uchastka ulchami 0,5-1,0 gektarni tashkil etishi kerak. Bunda tokzorni eni 100 metr bo’lsa, elementar uchastka uzunligi ham 50-100 metr bo’ladi, agar eni 50 metr bo’lsa elementar uchastka uzunligi 100-200 metr bo’ladi.
Tokzorlarda tuproq namunalarini olish dala ekinlaridagiga mos kelishi keladi. Tuproqni agrokimyoviy tavsiflash uchun tuproq iamunalari 0-25 va 25-50 sm gorizontlar olinadi. Tokzorlarda namuna olish juda ham javobgarli va mexnati ko’p ish hisoblanadi. Bu tuproq qatlami unumdorligining notekisligi bilan bog’liq. Tuproq geterogenligi nafaqat uni genetik xususiyatlari bilan, balkim ularni har-xil madaniylashtirilganligi, o’g’itlar qo’llashni xar xil intensivligi, boshqa agrotexnik tadbirlarni notekisligi bilan tushuntiriladi. Tuproq qoplamining bu xususiyatlari tuproq namunalari olinishida hisobga olinishi kerak. Aralash namuna tarkibiga genezisi va
o’g’itlanganlik darajasi bo’yicha xar xil maydonlardan olingan individual namunalar tushib kolishiga yul kuymaslik kerak. Noto’g’ri olingan tuproq namunalari analiz natijalarini qadrsizlanishiga olib keladi. Agrokimyoviy xaritanomalar va ushbu ma‘lumotlar asosida tuzilgan o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanomalar uz ahamiyatini yukotadi.
Tokzorlarda tuproq namunalarini olish uslubi va chastotasi bir biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan element hisoblanadi. Ular o’g’it qo’llanilmaganyoki sochma usulda qo’llanilgan tokzorlar va o’g’itlar yuqori dozada chuqur va lenta usulida qo’llanilgan tokzorlarda har xil bo’lishi kerak.
O’g’itlanmagan tokzorlarda individual namunalar burgu bilan olinadi. Aralash namuna 0-25 sm gorizont uchun ham 25-50 sm gorizont uchun ham 18 ta individual namunadan tashkil etiladi.

Individual namunalarni elementar uchastka maydoni bo’yicha bir me‘yorda joylashtirish uchun tokzorda mavjud bo’lgan setkadan-xar bir qatordagi tok qatori va shpaler stumlardan foydalaniladi. Masalan elementar uchastka maydoni 2 ga bo’lsa, eni 100 m, uzunligi 200 m teng bo’lsa, qator orasi 2,5 m bo’lganda, 80 ta qator mavjud bo’lsa xar bir qator orasidan (7,20,33,46,60,73 qator oraligi) 3 tadan individual namuna olnadi. Bunda geterogenlikni namunalar uz ichiga olishi uchun bir joydan olingan uchta namunani birinchisi qatordan, ikkinchisi 50-60 sm uzoqlikdan (bu yer eng zich yer hisoblanadi chunki traktor gildiraklari yuradi), uchinchisi qator orasining o’rtasidan olinadi (bu yerda tuproq eng yumshok xolda bo’ladi).
Agar elementar uchastkani maydoni 1 gektar bo’lsa, eni va uzunligi 100 metrdan bo’lsa 7,20 va 33 qator oraliklaridan 6 tadan ikkala Qatlam bo’yicha namunalar olinadi.
O’g’itlar lenta usulida chuqur kilib berilganda individual namunalar tuproq kesmalaridan olinishi kerak. Chukurligi 55-60 sm bo’lgan tuporok kesmasi shunday joylashtirilishi kerakkki uning devori tokzor qatorlariga peripendikulyar bo’lishi kerak. Kesma devori eni tok qatoridan to qator orasi ur tasigacha bo’lgan masofani uz ichiga olishi kerak. Qator orasi 2,5 m bo’lganda tuproq kesmasi eni 1,25 metrga teng bo’lishi kerak. Kesmadan individual namunalar gorizontlar bo’yicha olinadi namunalar devor enining hamma joydan bir xil me‘yorda 5 sm kalinlikda olinishi kerak. Xar bir elementar uchastkadan 8 ta kesma olinadi. (10,30,50 va 70 qator oralaridan).
Agar elementar uchastka chegarasida turli xil tuproq farqlari bo’lsa, tuproq kesmasi ko’p tarkalgan tuproq farqidan olinadi. In-dividual namunalar ham usha tuproq farqidan olinadi. Aralash namuna hosil kilish uchun olingan indiviudal namunalar rangi, mexaniq tarkibi bo’yicha bir jinsli bo’lishi kerak. Yer tuzish rejasida namuna nomeri elementar uchastika markaziga yoziladi. Xaritanomani tuzish va shakllantirish.
Tokzorlar uchun 0-25 va 25-50 sm gorizintlarga harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyga xaritanoma tuziladi. Bu xaritanomalarni tuzish uchun lo’rsatilgan gorizontlardan olingan tuproq namunalari ommaviy analiz ma‘lumotlaridan foydalaniladi. Bunda 25-50 sm gorizonti bo’yicha tuzilgan kartogramma o’g’itlarni rejalashtirish va qo’llashda asosiy xarita hisoblanadi.
Agrokimyoviy xaritanoma tuzishda zonal ishchi instruktsiyalarda keltirilgan tuproq guruhlaridan foydalanish kerak. Bu instruktsiyalar ZAL uchun tuproqni yirik masshtabli agrokimyoviy tekshirish o’tkazish, o’g’itlar bilan dala tajribasi o’tkazish va o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanoma tuzish bo’yicha yozilgan.
Agrokimyoviy xaritanomani muallifiy orginallarini tuzish uchun elementar uchastkalar setkasi tushirilgan xo’jalikning yerdan foydalanish rejasidan foydalaniladi. Rejani o’rtasiga elementar uchastika nomeri yoziladi, uning pastiga tush bilan agrokimyoviy ko’rsatkichlar, fosfor xaritanomaga-R205, almashinuvchan kaliy uchun xaritanomaga-K20 va xakazolar yoziladi. Keyin, tuproq guruhlari eksplekatsiyasidan foydalanib elementar uchastikalar buyaladi va uxshash uchastikalar bitta konturga birlashtiriladi. 2-3 ta elementar uchastika mustakil konturga biriktiriladi. Agar bitta konturga boshqa guruhga mansub tuproq bo’lsa, u ham asosiy guruh rangiga buyaladi. Agar bunday ogishlar bittadan ko’p bo’lsa muallifiy orginal xaritanomada ko’p aylanaga olinadi, xo’jalik xaritanomasida asosiy guruh rangiga buyaladi.
Har bir oziq element turi uchun alohida xaritanoma tuziladi. Agrokimyoviy xaritanomada tuproq xaritasidan farqli o’laroq, kontur chegaralarini to’g’ri kilib olishga ruxsat etiladi. Bunda faqat oldingi chegara tuproq turi va xili chegarasi bo’lmasligi kerak.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda agar tokzor maydoni chegarasida tuproq mexaniq tarkibi bo’yicha keskin farq kilsa, unda xaritanomada yengil tuproq konturlari nukta yoki shtrixlar bilan ko’rsatilsa maqsadga muvofik bo’ladi.
Agrokimyoviy xaritanomani muallifiy orignalini tuproq namunasi olgan tuproqshunos-agrokimyogar tuzadi. Xaritanoma kopiyasini xaritagraflar shakllantiradi.
Konturlar, guruhlar va xo’jalik bo’yicha azot, fosfor va kaliy miqdori har xil bo’lgan tuproq maydonlari (ga) va ulushi (%) xari-tanomaning muallifiy nusxasidan paletka yoki planimetr yordamida hisoblanadi. Bu ma‘lumotlar xaritanoma eksplikatsiyasida keltiriladi. Bundan tashqari xar bir konturda uning maydoni gektarda ko’rsatiladi.
Xar bir agrokimyoviy xaritanoma ikki nusxada taxlanadi: bittasi xo’jalikka, ikkinchi ZAL ga saqlash uchun beriladi.
Xaritanomada yozuvlar bo’lishi kerak. Kartush(nomi,sarlavxa) tepada o’rtadan yoki chetda joylashtiriladi. Unda xaritanomani nomi, xo’jalik nomi, tuman va viloyat nomi, tuzilgan yili, masshtab ko’rsatiladi. Sarlavxa ustida ZAL nomi ko’rsatiladi. Xaritanoma ostida qabul kilingan shaklda eksplikatsiya joylashtiriladi. Pastki ung burchagida imzo quyiladi.
Agrokimyoviy xaritanoma xo’jalikka agrokimyoviy tavsiyanoma bilan birgalikda topshiriladi. Tavsiyanomada xaritanoma tuzish aniq va kiska bayon kilinadi, o’g’itlarni qo’llash rejasi ishlab chiqilayotgandi ulardan foydalanish koidalari batafsil yoziladi. Tadqiqot materiallari xo’jalikning kengaytirilgan yigilishida agronom, brigadir, pudratchi, fermerlar ishtirokida topshiriladi.


Yüklə 464,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin