4-sinf “matematika” darsligi tahlili 4-sinf matematika darsligi tahlili Mualliflar



Yüklə 6,68 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,68 Kb.
#200530
ozo2


4-sinf “MATEMATIKA” darsligi tahlili
4-sinf matematika darsligi tahlili
Mualliflar: N.U. Bikbayeva, E. Yangaboyeva, K. M. Girfanova.
Nashri: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.
Og’zaki bajarish uchun mashqlar- 243 ta;
Yozma bajarish uchun mashqlar- 565 ta;
Katta, kichik, teng belgilari qo’yilishi kerak bo’lgan ifodalar-5 ta;
Ifoda to’g’ri bo’lishi uchun qo’yilishi kerak bo’lgan qavslar- 5- ta;
Mantiqiy topshiriqlar- 7 ta;
Uyga vazifa uchun topshiriqlar- 126 ta;
Dars tugashi- 126 ta.
Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika darsi uchun-170 soat ajratilgan darslikda esa 126 soat mo’ljallangan.
Orasidagi farqi mustahkamlash darslari va nazorat ishi uchun ajratilgan soatlar bilan to’ldiriladi.
“1000-521, 60003-248 ko’rinishdagi misollar yechish” mavzusida yozgan 1-soatlik dars
ISHLANMASI
4-sinflar uchun matematika fanidan.
Mavzu: “1000-521, 60003-248 ko’rinishdagi misollar yechish”
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzu bo’yicha misol va masalalarni yechishni o’rgatish.
T.k 1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatni sevishga,uni asrashga undash va kasbga yo’naltirish. rilgan
T.k 4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqat chog’ida odob – axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda ismli sonlar bilan berilgan misol va masala yechish malakalarini rivojlantirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish,ularning diqqatini darsga qaratish,davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlikni ta’minlash.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlashda o’tgan dars esga olinadi.Yozma qo’shish va ayirishga doir doskada misollar beriladi.O’quvchilardan 5-6 tasi tanlab doskaga chiqarib bajariladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu doskada 199-misol asosida tushuntiriladi.
200-misol.
Doskada ustun shaklida bajariladi.
201-masala.
Ekran orqali tushuntirish bilan bajariladi.SHu o’rinda sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlar asosida suhbat o’tkaziladi.O’quvchi ekran orqali masalani tushunib olgach,uni birgalikda bajaradilar. Echish: 1) 400*2=800 (so’m) 2) 800+160=960 (so’m)
1000-960=40(so’m) Javob: xaridor 40 so’m qaytim olishi kerak.
202-masala.
Doskada bajariladi. Bor edi – 4 t.
Jo’natildi-?
Bir do’konda -1265 kg
Ikkinchi do’konda -? Birinchi do’kondan 375 kg ortiq. Qoldi - ?
Yechish: 4t =400 kg
1265+375= 1640 kg bu ikkinchi ombordagi shakat.
1265+1640=2905 kg bu ikkala ombordagi shakar
4000-2905=1095 kg omborda qolgan shakar.
Javob: omborda 1095 kilogramm shakar qoldi.
203-misol.
Doskada amallar tartibiga ko’ra bajariladi.
24894-(12504+9847)=24894-22351=2543
480:8•6=60•6=360
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan savol- javob o’tkaziladi.
V.O’quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.Bugungi darsda nimalarni o’rganganlari so’raladi. Dars haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashiladi.O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish.
204-masala va 205- misol sharti tushuntiriladi.
Kasr ustida amallar
Kunga boqar metodi bo’lalarning
tezligini fikrlash darajasini oshirad.
Bu metodda kasrlar haqida ma’lumotlar
har bir yaproqlarga yozib chiqiladi albatta
shu bilan birga noto’ri ma’lumotlar ham yoziladi bolalar ularni tezlik va uddaburonlik bilan ajratish lozim
Klaster metodi – bunda chizilgan klasterga bitta asosiy atama yoziladi va uning qolgan aylanalarga shu atamaga doir so’zlar yozilishi lozim
Venn diagrammasi –bu metod mavzularni bir –biridan farqlash ya’ni o’xshash jihatlari farqli jihatlarini o’rgatishda qo’llash mumkin .
Svetafor metodi –bunda bolajonlarga 3 xil rangdagi rangli qog’oz bo’lkchalari beriladi o’qituvchi tomonidan mavzuga doir ma’lumotlar tezkorkik bilan o’qiladi o’quvchilar malumot to’g’ri bo’lsa yashil qog’ozchani noto’g’ri bo’lsa qizil qog’ozchani agarda javobni bilmaydigan bo’lsa sariq qog’ozchani ko’tarishadi.Bundan o’quvchilarning qanchalik darsni o’zlashtirganini bilish mumkin.
Yüklə 6,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin