1. “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.
2. 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022- o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
3. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq ta’limi”, Singapurning “Fe’l-atvor va fuqarolik ta’limi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq ta’limi” fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi.
4. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko‘nikmalari deb nom olgan “yumshoq ko‘nikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari ko‘nikma shakllantiriladi.
5. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va mavzular o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi.
6. O‘quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.
7.“Tarbiya” darsliklarida “role-model”, ya’ni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi
8. Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha bo‘lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o‘rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta’minlandi.
9. Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan ta’minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk beriladi.
Aslini olib qaraganda, davlatimiz rahbarining ta’lim borasida qilgan eng katta islohotlaridan biri umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilishi bo‘ldi desak adashmaymiz. Real hayotdagi muammolar va virtual olamning ta’siri doirasida inson shaxsi psixikasi katta sinovlar oldida turgan bir paytda hattoki ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ham yoshlar orasida jiddiy muammolar uchrayapti. Virtual hayotdagi “olomonlashuv” holatlari real hayotga ham ko‘chmoqda. Achinarlisi, ba’zan bu “xislat”lar yosh tanlamayapti.
Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri maqsad qo‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak:
1-sinfda o‘quvchi dastlab orzularini aniqlay olishni o‘rgatilsa, 2-sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantirildi. 3-sinfda o‘quvchida dasturni o‘zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. 4-sinfda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‘lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o‘zini anglaydi va o‘z xatti-harakatlarini tahlil qiladi.
Yuqori sinflarda bu ko‘nikmalar shaklanib, o‘quvchi o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaly pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Shu o‘rinda Abdulla Avloniyning tarbiya borasidagi qiymati o‘lchanmas fikrini isbot o‘rnida keltirmoqchiman: “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”. Ma’lumki, ta’lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. “Ta’lim”—arabcha so‘z, o‘zagi ilm, tarbiyaning bir qismidir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘zo‘zidan ta’limga nisbatan keng qamrovlidir. Jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish zaruriyat, va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning makoni qalb bo‘lib, inson qalbiga ta’sir etuvchi manbalardan foydalangan holda tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yilmog‘i lozim.
5- sinf tarbiya darsligida o’quvchilar quyidagilarni o’rganadilar:
Vatanga muhabbat, O’z hatti harakati uchun o’zlari javobgar
ekanliklari, insonlarning huquu va majburiyatlarini, ona tabiatni asrash
burch ekanligi, bir –birini tushunish hissi, mehr oqibatli bo’lish, buyuk orzu va
maqsadlar qo’yish, Muhtojlarga yordam berish, jonivorlarga g’amxo’rlik qilish,