O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning asosiy poydevoridir” kitobida hozirgi zamon ta’lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini qo’ygan.
Milliy qadriyatlar – bu xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari, odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an’analari majmuidir.
tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida quyidagi fazilatlarni shakllantirish taqozo etiladi:
Vatanni sevish;
o’zgalarni hurmat qilish;
o’z manfaatlaridan o’zgalar manfaatlarini ustun qo’yish;
insonni qadrlash;
mehnatsevarlik.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga xalqimizga xos bo’lgan quyidagi odatlarni singdirish taqozo etiladi:
jamoa bo‘lib yashash;
Qo‘shnini hurmat qilish;
yaxshilikni baham ko‘rish;
molparastlik va boylikka o‘ch bo‘lmaslik;
halol mehnat evaziga yashash;
biror kasb yoki hunarning egasi bo‘lish.
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik mutafakkirlar ham e’tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Qiyomat” asarida “o‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o’tagan”, - deb yozadi. Ma’lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi Osiyoda mavjud bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya’ni insoniyat vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o’tgan.