6- sinf darsligidan olinadigan bilimlar: Tarbiya fani sizga ona Vatan – O‘zbekiston bilan faxrlanishni, mahalla va oilani qadrlashni uqtiradi, turli kasb egalarining Vatanimiz rivojiga qo‘shgan hissalaridan hikoya qiladi. Undagi ma’lumotlarni qunt va e’tibor bilan o‘qisangiz, har bir ishni o‘z vaqtida, puxta bajarishni, sog‘lig‘ingizni hamda tabiatni asrashni, kitob o‘qishning odamga qanchalik foydali ekanligini bilib olasiz. Ulug‘ mutafakkirlarning serma’no o‘gitlari, bir-biridan qiziq rivoyatlar ezgulik va yovuzlik, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xulqlar qanday bo‘lishini, har xil vaziyatlarda inson o‘zini qanday tutishi zarurligini o‘rgatadi. Mashhur insonlarni muvaffaqiyatga erishtirgan fazilatlari haqidagi ma’lumotlar esa dunyoqarashingizni kengaytirishga xizmat qiladi. Siz o‘z orzu-maqsadlaringizga erishishingiz uchun har bir ishni mas’uliyat bilan oxiriga yetkazishingiz kerak. Buning uchun darslikda berilgan hikoyalarning ma’nosini tushunib
Yuqori sinf darsligida o’quvchilar quyidagilarni o’rganishadilar:
Mazkur darslikda siz tengqurlaringiz bilan chiroyli xulq omilari, do’stlikning qadriga yetish zaruriyati, muvaffaqiyatga erishishda qat’iyat va matonatning lozimligi, tabiatni asrash shartlari va boshqa umuminsoniy fazilatlar majmuasi bilan tanishasiz. O’zingizda kerakli ko’nikmalar hosil qilish uchun turli ijodiy va ta’limiy mashqlar orqali qiziqtirgan savollarga jabob oladilar.
Donishmandlar fikricha tarbiyaning boshi-odob, yo’li-insoniylik, bekatlari-to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, xushxulqlik, mardlik, mas’ullik, manzili esa baxt- saodat vodiysi sanaladi.