2
RITORIKA
MUALLIF:
f.f. n. L. A. Muhammadjonova
TAQRIZCHI:
f.f.d. M.Qaxxorova
dots. f.f.n. D.S. Qodirova
Darslik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
ijtimoiy fanlar
fakulteti ilmiy uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va nashrga tavsiya etildi.
3
KIRISH
Globallashuv asri kishisining jamiyat bilan bo‘lgan
munosabatlaridagi har
qanday faoliyatiga beriladigan baho avvalambor, uning tashqi jihatlariga e’tibordan
boshlanadi, ya’ni har bir kadrni malakali mutaxassis bo‘lib
yetishishda ritorika
fanining o‘rni beqiyos. Shu sababli ham ritorikani o‘rganish insonda notiqlik san’ati
qoidalarini go‘zal hatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi
sohalardan birini
egallashga muvoffaq bo‘ladi. Zero, kishilarning o‘zaro munosabati agar u ijobiy tus
olsa, jamiyat va shahs ravnaqi uchun muvaffaqiyatli kechadi.
Albatta, chiroyli muomala, sof qalb, go‘zal xulq-atvorni o‘rganib bo‘lmaydi. Ichki
madaniyatni rivojlantirish yuksak insoniy sifatlarni shakllantiruvchi
tarbiyaviy ishlar
majmuasidan o‘rin olishi kerak Insonning muomalasi xulq-atvorining ko‘zgusi, - deyiladi.
Shunday ekan, kishining har bir ishida qalbining go‘zalligi, sof tuyg‘ulari,
yuksak
g‘oyasi va madaniyati ko‘rinib turishi lozim. Shuningdek, har bir soha egasi nafaqat
notiqlik san’atini qonun qoidalarini bilishi, unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib
bera olishi lozim.
“Ritorika” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda ritorikaning vujudga
kelishi va rivojlanishi, uning usullari, uslublari, chiroyli
muomala qilsh madaniyati,
taqdimot
marosimlari va uning turlari, taqdimotchi
imijiga doir zamonaviy
mavzularning ham ilmiy asoslari tahlil qilingan.