15
Rimda rivojlandi, nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo‘yiladigan talablar ishlab
chiqildi. Perekl, Kleon, Lisi, Demosfen, Gipperid kabi davlat arboblari notiqlikni
san’at darajasiga ko‘tardilar.
Shu bois, notiqlik san’at nazariyasi haqidagi dastlabki malumotlar, asosli fikr -
mulohazalar Yunoniston Ritorika tarixi bilan bevosita bog‘liqdir.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jaxon ijtimoiy
taraqqiyoti va madaniyati
tarixida hech bir davrda Ritorika Yunoniston mamlakatidagi kabi yuksak taraqqiyot
bosqichiga ko‘tarilgan emas. Ritorikani rivojiga quldorlik tizimining rivojlanishi,
quldorlik demokratiyasi ham sabab bo‘ldi. Bu davrda davlatning savdo-sotiqning, sud
ishlarining nihoyatda taraqqiy etish notiqlik san’atini yuqori darajaga ko‘tardi.
Yunonistonda demokratik tizimi o‘rnatish tufayli, xalq majlislarida, kengashlarida,
sud yig‘inlarida erkin ravshda so‘zlash imkoniyatlari tug‘ildi.
Ritorikaga ehtiyoj
Afinada, ayniqsa, juda kuchli bo‘lgan. Xalq to‘plangan fuqaro oldida va’zxonlik qilgan
davlat arboblarining g‘alaba yoki mag‘lubiyatlari hammadan burun ularning so‘zga
chechanliklari bilan belgilangan: keskin dalillar keltirib, fasoxat bilan so‘zlagan,
davlat arboblari xalq nazarida martaba ortirganlar, gapga no‘noqlari nazardan qolib
sharmanda bo‘lganlar.
Shundan qilib Ritorikaning ikki turi maydonga keldi:
bulardan biri siyosiy
notiqlik, ikkinchisi sud notiqligi, keyinchalik epidektiv ya’ni tantanali marosimlarda
ulug‘ zotlarni vasf etuvchi, mashxur voqealar haqida nutq so‘zlovchilar maqtov
notiqligi ham paydo bo‘la boshladi.
Yetuk inson bo‘lishi uchun, albatta notiqlik san’atini egalashi shart qilib qo‘yiladi.
Ana shu ehtiyoj sababli notiqlik nazariyasi yaratildi va qo‘yidagi jarayonlar belgilandi:
-
Materialni xar tomonlama tayyorlash;
-
Materialni joylashtirish rejasini belgilash;
-
Materialni o‘zlashtirish, nutq qurilishini to‘g‘irlash;
-
Notiqning nutq materialini o‘rganishi;
-
Materialni so‘z bilan ifodalash;
-
Nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar xozir ham o‘z kuchini saqlab kelmokda. Ma’muriy
notiqlik
16
san’atining taraqqiyotida Grek sud rasmiyatchiligining roli ham e’tiborlidir. Eramizga
qadar Solon hukumronligi yillarda amaldagi mavjud qonunga binoan xar bir Afinalik
sudda o‘zini himoya qila olish huquqiga ega edi. Tabiiyki bu jarayon kishilarini
madaniyatli, o‘z navbatida, ta’sirli nutq ijod qilishga majbur qilar edi. Biroq bu
jarayonga hamma ko‘nika olmadi. Chunki hamma ham notiqlik maxoratini to‘liq
egallay olmasdi. Shuning uchun Gretsiyada nutq matnini yozib beruvchilarga ehtiyoj
tug‘ildi. Notiqlar yuristlar, sudlanuvchilardan muayyan moddiy mablag‘ evaziga nutq
matnini ko‘chirib bera boshladilar. Sudlanuvchi
bu matndan foydalanib, sud
jarayonida o‘zini himoya qiladigan bo‘ldi. Tabiiyki bu vazifani ham hamma
uddalay olmadi. Natijada notiqlikni eplay olmaydigan kishilar uchun sudda boshqa
shaxs himoyachi sifatida qatnashishga ruxsat berila boshladi.
Gretsiyada boshqa san’at turlari kabi notiqlik ham o‘z qadr qimmatini topa
boshladi. Biroq chiroyli nutqdan ko‘ra, mazmunli fikrni e’tirof etgan greklar nutqning
ko‘proq shu jixatlariga e’tibor berar edilar. Ayniqsa, yosh avlodga notiqlik san’atini
mukammal o‘rgatishni mas’uliyatli vazifa deb qarardilar.
Shu bois, Gretsiyada
maxsus notiqlik maktablari ochilib, so‘z san’atini mukammal egallagan notiqlar
o‘quvchilarga saboq bera boshladilar. Qadimgi Gretsiyaning
dastlabki notiqlari
xaqida Pomerning "Iliada" va "Odisseya" asarlarida asosli ma’lumot keltirilgan.
Bunda eramizdan avvalgi XIII - XII asrlarda Yunonistonda dong taratgan Nestor,
Meneley, Odissey, Ahill, kabi notiqlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Gomering «Illiada» va «Odisseya» asarlari bizga Gretsiyaning birinchi notiqlari
haqida ma’lumot beradi. Taniqli Rim notig‘i, nazariyachi va pedagog Kvintellian
Gomer asarlarida chiroyli gapirish va nutq so‘zlashning
dastlabki namunalarini
ko‘rdi. «Illiada» turli xildagi notiqlar haqida ma’lumot beriladi. Unda chol Nastor
nutqiga ko‘tarinkilik xos bo‘lsa, asardagi ikki Buyuk qahramon – Odissey va
Menelay nutqi boshqacha namoyon bo‘ladi. Ya’ni Menelay qisqa va aniq so‘zlashni
yoqtiradi, ko‘p so‘zlilikni, asosiy mavzudan chet ga chiqishni yoqtirmaydi.
Odisseyda esa jo‘shqinlik kuchli: «Nutqlar qor quyunidek og‘zidan otilib chiqadi».
Ayrim tadqiqotchilarni ko‘rsatishicha, Gomer poemalarida notiqlik
san’atining asosiy tiplari o‘z ifodasini topgan. Gretsiyaning qadimiy Gomer davri
17
notiqlari haqidagi ma’lumotlar, shu kunlar uchun ham muhim bo‘lgan ayrim
xulosalar chiqarishga asos beradi:
Birinchidan, og‘zaki nutq san’ati o‘z-o‘zini chegaralay bilish san’atidir:
aniqlik va qisqalik – og‘zaki nutqning fazilatidir.
Ikkinchidan, turli temperamentli notiqlar bo‘ladi. Birovlarda vazminlik va
hotirjamlik ustun tursa, boshqalar haroratli va jo‘shqi bo‘ladi. Shuning uchun ham
nutq so‘zlaganda yoki ma’ruza qilganda notiq temperamenti
xususiyatini hisobga
olish lozim: chunki bir notiqqa ma’qul bo‘lgan usul boshqasiga to‘g‘ri kelmasligi
mumkin.
Notiqlik san’atini birinchi marta adabiy janr darajasiga ko‘targan va unga ilmiy
tus bergan kishilar sofistlar bo‘lganlar. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan va o‘sha kezlarda
ijod qilayotgan so‘z ustalarining faoliyatlari namunasida notiqlik san’atining nazariy
asoslarini, ya’ni ritorika ilmini yaratdilar. Avvallari "Ritor" so‘zi umuman notiqlarga
nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik notiqlik san’atiga o‘rgatuvchi maxsus
muallimlarni shu nom bilan ataydilar. Ritorlarning asl vatani Sitsiliya oroli bo‘lgan.
Qadimgi ritorikaning asoschilari deb Sitsiliyalik
Dostları ilə paylaş: