18
uslubning namunalarini namoyish qilmoqchi bo‘ladi. Gorgiyning so‘z to‘qish sanati
zamondoshlariga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi va uzoq yillar davomida prozasining
asosiy namunasi bo‘lib qoladi.
O‘sha davrda yashab o‘tgan Perikl ko‘zga ko‘ringan notiq bo‘lganligi haqida
Yunon tarixchisi Fukidid ma’lumot beradi. Perikl nutqlarining birorta teksti ham
bizgacha etib kelmagan. Perikl nutqi fikrning chuqurligi,
formaning soddaligi,
samimiyligi bilan, tinglovchilar psixologiyasini e’tiborga olganligi bilan
xarakterlanadi.
Periklning tajribasicha, yaxshi notiq faqat yaxshi gapirish bilan kifoyalanmay,
balki auditori yani ham o‘zga jalb eta biladigan kishi bo‘lishi kerak.
Ritorikaning rivojlana borishi uning prinsip va usullarini kashf etishga ham
urinishga olib keldi. Natijada chiroyli so‘zlash nazariyasi – ritorika maydonga kela
boshladi.
Ellinizm davrining olimlari Afinada yashab, shu
erda ijod qilgan bir talay
mashxur so‘z ustalari orasidan eng ulug‘lari deb faqatgina o‘nta notiqni tanlaganlar
va ritorika ilmini o‘rganishda ularning asarlarini tavsiya etganlar. Ular qatoriga
Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, Isey, Likurg, Demosfen, Esxin, Giperid va Dinarxlar
kirgan.
Sofistika –
antik davrdagi aqliy oqim. Miloddan avvalgi asrlarda
Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida zodagonlar xukmronligi o‘rnatildi. Quldorlik
demokratiyasi o‘rnatila boshlagan vaqtdan yangi saylov idoralari tashkil etila
boshladi. Bu idoralar sinflar va erkin xalq partiyalari kurashida katta rol o‘ynagan.
Bu tashkilotlar
sud ishlarida siyosiy, diplomatik masalalarni hal etishda martabali
maqomga ega notiqlik san’atini egallashda so‘z kuchi bilan raqibning savoliga javob
berishni ishonarli olib borishda ham asosiy vazifani bajargan. Shu davrda siyosiy
bilimlar va notiqlik san’atini targ‘ib qiluvchi ustozlar, huquqshunoslar yetishib chiqa
boshladilar. Unga asos solganlar sofistlar (“donishmandlik muallimlari”) bo‘ldi. Ular
shaharma-shahar yurib, ma’lum haq evaziga ma’ruza o‘qishar
va asosan
tinglovchilarga nutq tuzish, notiqlik sir-asrorlaridan saboq berishar edi. Antik
demokratiyaning beshigi bo‘lgan Afina shahri ularning faoliyati uchun qulay
19
bo‘lgan. Shuning uchun ham ayni Afinada Ritorikarivoj topdi.
Sofistlar ichida eng
mashhuri bo‘lgan Abderlik Protagor insonga bo‘lgan yangicha qarashni ilgari
suradi. “Inson, - deydi u, - barcha narsalarning o‘lchovidir”. Bunday qarash asosida
sofistlarning asosiy nuqtai nazari shakllanadi: “har qanday narsa haqida ikki bir-
biriga qarshi fikrni aytish mumkin”.
Sofistlar til boyligini mohirona egallashni va kerak paytda undan foydalanishni
o‘rgatardi. Sofistlar so‘z va tilning nazariy asoslarini ham ishlab chiqdilar. Ularning
ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslik fanining ikki sohasi – orfoepiya (grammatika)
va ritorika (notiqlik nutqlarini tuzish haqidagi ta’limot) Shakllandi. Orfoepiya bilan
asosan Protagor va Prodik shug‘ullangan bo‘lsalar, ritorikaga Gorgiy va Frisimaxlar
asosiy hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘sha davrda fan alohida soxalarga bo‘linmagan
edi. Shunga qaramay ilm ahillari siyosiy va huquqiy ishlarni bajarish usullarini
o‘rganibgina qolmay, balki falsafa va dunyoqarashning umumiy masalalari bilan ham
shug‘ullanganlar.
Masalan Gippiy, deb yozadi Ploton kishilarni astranomiya,
geometriya va musiqa san’atiga o‘rgatgan. Kritiy esa Empidoklning psixologik
qarashlarini davom ettirgan. Bunday O‘qituvchilarni o‘sha davrda sofistlar deb
atashgan. Dastlab
Dostları ilə paylaş: