UO‟K: 330.8(075.8)
KBK: 65.02
Taqrizchilar:
i.f.d., prof.
X.P. Abulqosimov;
i.f. n., dots.
D. Bobobekova
D46 Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi:
O‗quv qo‗llanma / D.Djumonov,
Z.Allaberganov;
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. – 344 b.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bo‗yicha mazkur o‗quv qo‗llanma
kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, oliy o‗quv yurtlarida bakalavrlar
tayyorlash davlat
andozasi talablarini hisobga olgan holda ―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani dasturi
asosida tayyorlandi. Qo‗llanmaning har bir mavzuyi
bir-biri bilan mantiqan
bog‗langan bo‗lib, unda asosiy e‘tibor turli davrlarda yashab ijod qilgan olim va
mutafakkirlarning iqtisodiy fikrlar sohasidagi tarixiy merosi va g‗oyaviy
boyliklarini o‗rganishga qaratilgan. Iqtisodiy fanda oldin
amal qilib kelingan va
hozir amal qilayotgan alohida maktab va yo‗nalishlarning konsepsiya va
nazariyalari, ularning o‗zaro bog‗liqligi hamda o‗ziga
xos xususiyatlariga alohida
e‘tibor berilgan. Ularni o‗rganish iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash va
chuqurlashtirishga, mamlakatimizda va jahonda sodir bo‗layotgan
iqtisodiy
hodisalarni mustaqil tahlil qilishga, to‗g‗ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
O‗quv qo‗llanma Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o‗quv rejadagi fanning nomiga to‗liq mos keladi va Oliy va o‗rta
maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan xorij
adabiyoti Garri Landriz va
David K. Kolanderlar tomonidan tayyorlangan ―History of economic thought‖ dan
foydalanilgan.
O‗quv qo‗llanma iqtisodiy yo‗nalishdagi barcha bakalavrlar uchun
mo‗ljallangan.