24
o‘sha davrda yaratilgan. Arastuning
Ritorikasi
uch kitobdan tashkil topgan. Asarning
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqida fikr
muloxazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga katta ahamiyat
beradi. Uning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, Ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va
noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan xar hil tuzilishi so‘zlovchining katta
xatosidir. Arastu notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza
yuritayotgan fikrning
tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot
bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishida muhim
omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashkari, Arastu notiqning auditoriYani o‘ziga
jalb etishi uchun xazil - mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, xar
hil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada
oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib
ko‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Arastu notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib, o‘rgatadi:
1.
Materialni kashf etish (xar tomonlama tayyorlash)
2.
Materialni joylashtirish Shakli (rejasi)
3.
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish)
4.
Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks etgirish.
5.
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari bugungi kunda ham o‘z qimmatnni yo‘qotmagan.
Lisiy
(taxminan 459 - 380) Sitsiliyada tug‘ilgan. Uning otasi Perklning taqlifiga
binoan Afinaga kelib, shu erda o‘rnashib qoladi. Lisiylar
oilasi shaharning ancha
davlatmand oilasi bo‘lishiga qaramay uning a’zolari kelgindi bo‘lganliklari sababli
Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. O‘z faoliyatini logograflik bag‘ishlagan Lisiy,
dastavval sud ahillarining va sutga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur
o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi
murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust taxsil ko‘rmagan
odamlar bo‘lganlar. Shu sababli ular ayyor va ustamon odamlarning sud xay’atini aldab
ketishlaridan hadiksirab, ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu
25
hildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta biror odam ko‘maklashgan deb gumon qilardilar.
Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muxtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar
orasida jamiyatning turli - tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy xar bir nutqni
yozishga kirisharkan bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga,
ijtimoiy
mavqeiga qanchalik monand kelish - kelmasligiga katta e’tibor beradi. U yaxshi
biladiki, qishloqdan kelgan oddiy bir dexqon yoniki o‘rtamiyona shahar fuqarosi hech
qachon kitob iboralarini ishlatib, murakkab qonunning kerakli boblaridan dalil
keltirib, xashamatli nutq so‘zlay olmaydi. Bordi - yu shunday qilsa, aytgan gaplarini
soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy san’atining asosiy siri shundaki, u so‘z yozishga kirishar
ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni quyadi, u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida
sud xay’atlari dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning xar bir gapi yurakdan
chiqayotgan chinakam samimiy gaplar ekanligiga ishontirishdir.
Lisiyning notiq
sifatidagi xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni
yangicha shaklga solishni juda oson egallaganligidir. Lisiyga buyurtma beruvchi
odam kalandimog‘ aristokrat-mi, bir tiyinni ustidan o‘zini o‘ldiradigan chayqovchimi,
xotinining makriga aldanib pand egan laqma ermi - notiq xar qaysisining tabiatiga,
bilimiga jamiyatdagi o‘rniga mos keladigan, o‘zining monandligi bilan
tinglovchilarni maftun etadigan uslubni topadi va shu yo‘sinda so‘zlovchining va
uning nutqida nomlari zikr qilingan shaxslarning erkin portretini chizishga muyassar
bo‘ladi. Bas, shunday ekan, biz Lisiyning quli bilan yozilgan nutqlarning birontasida
so‘zlovchining tabiatiga yopishmaydigan dabdabali, jimjimador va serxasham iboralarni
sira ko‘rmaymiz. Lisiyning notiq
sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik
san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda
qiziqarli hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat –
uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha
so‘zlangan nutq ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi
tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini
yo‘qotadi. Bu jixatdan, yani xar bir insonni o‘z tilida gapirtish va uning so‘zi orqali
tabiatini ochish, qiyofasini ko‘rsatish borasida Yunon tarixida logograflarning birortasi
Lisiy bilan tenglasha olmaydi.
26
Qadimgi sud qoidalariga ko‘ra sudlashuvchilarning
nutqi asosan uch qismdan
iborat bo‘lgan. Birinchi kirish qismida - xox da’vogar bo‘lsin, xox gunohkor bo‘lsin -
sud hayatiga murojat qilib, uning iltifotini qozonishga o‘rinadi, butun nutqning
markazi hisoblangan ikkinchi qismida bo‘lib o‘tgan voqealarning tafsiloti xikoya
qilinadi va nihoyat nutqning xotimasi hisoblangan uchinchi qismida aytilgan gaplar va
keltirilgan dalillarning to‘g‘riligi isbotlanadi, raqibning dalillarini puchga
chiqarib, o‘zini mumkin qadar badnom qilishga kirishiladi.
Lisiy sud ishiga aloqador bo‘lgan voqealarni gapirganida ularni nihoyatda oddiy
so‘zlar bilan qisqa - qisqa xikoya qiladi. Yo‘l - yo‘lakay dalil va da’volarni shu
bayonotga edirib yuboradi. Shu tarzda to‘qilgan nutq naqadar sodda bo‘lmasin, bu
soddalik ostida yashirinib yotgan chinakam tabiiylik
va ajoyib samimiyat sud
xay’atining diliga etib boradi va gunoxkorga nisbatan uning hayrixoxligini ortiradi.
Lisiy o‘z davri uchun va o‘zidan keyingi notiqlar uchun arzigudek meros qoldirgan
Buyuk notiqdir.
Akademik suhbat - diologlarning ustasi
Dostları ilə paylaş: