20
asoslangan xolda u mutafakkir davrigacha bo‘lgan ritorik maktablarning munozara
– xaqiqatni izlashning hamda axloqiy tamoyillarni yoqlashning asosiy vositasidir,
degan ta’limotini rad etdi. Protogor baxsda o‘z oldiga faqat yagona maqsadni ko‘yish
– auditori yani notiqning xaq ekanligiga ishontirish;
va shu maqsadni amalga
oshirishda xar qanday yo‘ldan foydalanish lozim, deb hisoblar edi. Uni g‘oyasizlik
va axloqsizlikda ayiblashganda qadimgi grek mutafakkirlari bu ayblovni quyidagicha
deb bilishadi.
1.
Xar qanday bilish nisbiy va vaqtinchalik ekanligi;
2.
Inson ishonchining komilligi aniq xolatlarga bog‘liqligini;
Insonlarning hissiy va jismoniy xolatlari
“turli davrda turlicha qabul qilishdandir”
degan izoxlari bilan yo‘qqa chiqaradi. Sofistlarning dastlabki maktablari Sitsiliya oroli
shaharlarida yuzaga keldi.
Protogor
sofistlar maktabining asoschilaridan biri edi.
U
doimo kuchsiz dalilni kuchli dalilga aylantirishni Yani biror bir narsani tasdiqlash
Yoki rad etish maqsadida xoxlagan narsani olib isbotlashdsh iborat deb o‘rgatardi.
Shu o‘rinda Protogorning fikriga quloq tutsak:
“Hamma narsaning o‘lchovi
insondir.” Men narsalarni qanday tasavvur qilsam u shunday, u qanday tasavvur
qilsa narsalar u tasavvur qilganday. Bitta shamol ikki marta esmaydi lekin shu
shamolda kimdir sovuq qotsa kimdir sovuq qotmaydi. Kimdir ko‘proq sovuq qotsa,
kimdir unchalik darajada sovuq qotmaydi. Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi:
shamol o‘z holicha sovuqmi? yoki nimagadir nisbatan olganda sovuqmi? Bu savolga
javob berish bilan yuqoridagi fikrlarni inkor qilish mumkin. Agar biz shamol o‘z
holicha sovuq deydigan bo‘lsak unda u hammaning tasavvuriga bog‘liq bo‘lmagan
bo‘ladi. Agar biz nisbatan sovuq deydigan bo‘lsak ham xato bo‘ladi. Chunki shu
shamol kimgadir issiq tuyulishi mumkin
1
.
Umuman Protogor o‘z davrining yirik
notiqlardan biri bo‘lib, u notiqlik san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning sofizmlari
xozir ham mantiqda o‘z ahamiyatiga ega.
Tantanali notiqlikning eng yorqin vakillaridan biri Gorgiyning Shogirdi
Isokrat
(eramizdan avvalgi. 436-338 y.y) bo‘lib, Afinada ritorika maktabiga asos solgan.
1
Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109
21
Aytish lozimki, bu maktabda ritorika faqat notiqlik san’atiga o‘rgatuvchi fan
bo‘libgina qolmay, balki haqiqatni anglash va tarqatish vositasi vazifasini o‘tagan.
Isokrat o‘zi nutq so‘zlamagan, balki notiqlikdan saboq bergan va Yunoniston
bo‘ylab tarqatilgan nutqlarni yozgan.
Isokrat uslubi o‘z hashamdorligi bilan ajralib turadi.
U nutqning ohangiga,
chiroyli Shakliga alohida e’tibor qaratadi.
Isokrat maktabining tajribasi IV asrdagi ommaviy notiqlikka katta ta’sir
o‘tkazdi. Bu davrda notiqlar ijtimoiy hayotda yetakchi o‘rinni egalladi. Notiq xalq
yig‘inlarida nutq so‘zlar, o‘z qaror loyihalarini muhokamaga qo‘yar va shu tariqa
davlat (polis)ning siyosiy yo‘lini belgilab berardi. Davlatni boshqarish ana shunday
siyosiy arboblar – “demagoglar” (xalq sardorlari) qo‘liga o‘tdi.
Notiqlik san’atini yana ham yuksak bosqichga ko‘targan Buyuk zotlardan biri
Dostları ilə paylaş: