27
Suqrotning Shogirdi Aflotun diolog san’atini yanada yuqori pog‘onalarga
ko‘tardi. Aflotun diologlari - bu falsafiy drammalar hisoblanadi.
Uning dialoglari
chiroyli va aqilli so‘zlarli tanlanishi, ko‘llanilishi, joylanilishi bilan diqqatga sazovor.
Buning isbotini uning
“Teetet”
asarida ko‘rish mumkin.
U bu asarida hamma
fikrlarini Suqrot nomidan dialog shaklida beradi. Chiroyli so‘zlashga juda katta
ahamiyat beradi. Donolik mavzusi asarning asosiy qismini egallagan. Shu bilan bir
qatorda maxmadonalik, bemaza fikrlardan foydalanmaslikka chaqiradi. Umuman,
chiroyli so‘zlash erkin bo‘lishi, nima haqida so‘zlasa ham fikrini aniq e’tirof eta olishi,
ishontira olishi va xaqiqatga xizmat qilishi kerak deb biladi.
Faylasuf notiqlarni
shifokorlarga taqqoslaydi. Shifokor kasalga dori - darmon bilan yordam bersa, notiq
o‘zining aqilli va dono fikrlari bilan davolaydi deydi.
Ritorika taraqqiyotining keyingi odimini qadimgi Rim mutaxassislari ko‘yishdi.
Ular Ellada ustalarining tajribayonni o‘z izlanishlarining natijalari bilan to‘ldirgan
xolda o‘rganishdi. Munozara grek polislarida bo‘lganidek Rimda u darajada
tarqalmadi.
Rimliklar uchun jamoatda chiqishning monolog tarzida bo‘lishi muhim edi. Rim
maktabida notiqlik san’ati bilan ritorika birlashdi. Grek ritorikasidan rimliklarga
yumor, mantiq va masalada tortishuv usullari kirib keldi. Notiqlik san’atidan esa
nutq matnini tuzilmasini zo‘rligi, iboralar tuzilmasini be’takrorligi, intonatsiyaning
benuqsonligi, turish, xatti - harakat, mimika va boshqalar kirib keldi.
Tarixga
nazar solinsa, eramizdan avvalgi asr boshlarida Rim imperiyasida
quldorlik siyosati kuchaygan bir davr edi. U davr qul va quldor o‘rtasidagi keskin
kurashlar, qo‘llarning noroziligiga sabab bo‘lgan davr
sifatida tarixda muxirlanib
qolgan. Ana shunday keskin kurashlar jarayonida ijtimoiy - siyosiy xayotda so‘z
san’atiga e’tibor kuchaydi. Xalq orasida erkin fikrlash demokratik rux faollasha
boshladi. Davlat arboblari shunday sharoitda xarbiy qurol aslaxalardan ko‘ra, notiqlik –
so‘z san’ati bilan qurollanishni afzal deb bildilar. Natijada notiqlik san’atiga ehtiyoj
tug‘ilib, bu san’at tez rivojlana boshladi. Bu davr notiqlik maktablaridan Katon, aka -
uka Grokxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi mashxur notiqlar yetishib chiqdi.
Rim maktabi
Ritorika ikki usulga -
Dostları ilə paylaş: