MAVZU: DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA Reja: 1. Didaktika haqida tushuncha.
2. Didaktikaning predmeti va vazifasi.
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
Didaktika haqida tushuncha. Uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi1592-1670 yillarda yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.