3-Amaliy mashg’ulot
Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va
psixalogik asoslari.
Ishning mazmuni: Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixalogik
asoslarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Ergonomika (yunon tili
ἔργον - ish +
νόμος nómos - qonun) - an'anaviy ma'noda -
mehnat vazifalarini, ish o'rinlari, ob'ektlar va mehnat ob'yektlarini tartibga soluvchi fan,
shuningdek, xodimning jismoniy va inson tanasining aqliy xususiyatlari.
Ergonomika - an'anaviy ma'noda - inson tanasining jismoniy va ruhiy
xususiyatlariga asoslangan mehnatning vazifalarini, ishlarini, ob'ektlarini
va mehnat
ob'yektlarini, shuningdek, xodimning eng xavfsiz va samarali ishlashi uchun
mo'ljallangan kompyuter dasturlarini tuzish fani.
Odamzod jamiyatning mavjudligi – mehnat bilan mehnat sharoitlarini odamga
moslash
masalasi ishlovchilarning ham, ishni tashkil etish bilan shug’ullanadigan
mutaxassislarni ham azaldan qiziqtirib kelgan.
Mehnat faoliyatini ilmiy jihatdan o’rganishni amerikalik muxandis U.F.Teylor va
uning shogirdlari bilan boshlaydilar. Ular ish usullarini muxandisona loyihalash
konstepstiyasini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilganlar. Shu bilan ergonomikaga asos
solingan.
Ishlab chiqarishning keyingi rivojlanishi mehnat jarayonining psixologik jihatlarini
hisobga olish zaruratini keltirib chiqardi.
Shu sababdan qabul qilish, xotira, fikrlash,
diqqatni jamlash kabi psixologik xislatlar tadqiq etildi, ayrim mehnat jarayonlari uchun
ish kuchini tanlashda psixodiagnostik usullar ishlab chiqiladi.
Bunday tadqiqotlar ergonomika oyoqqa turib olishida muhim bosqich bo’ldi,
mashinalarni odamga yanada ko’proq moslashtirishga yordam berdi.
XX asrning 20–30–yillarida rossiyalik olimlar mehnatni
tashkil etishga boshqacha
yondoshdilar, ya’ni odam uchun normal ish sharoitlarini, mehnat muhofazasini va
sog’liqni ta’minlaydigan yo’l turib, texnika vositalari va texnologik jarayonlarini
loyixalash va
hosil qilishni taklif etdilar; bu yo’nalishni ergologiya (odamning ishi
haqidagi ilm) yoki ergologiya (ish qonunlari haqidagi ilm)deb atadilar. Biroq, bu g’oya
amalda qoror topmadi.
Ergonomika mustaqil fan sifatida shakllanishini, Angliyada, olim K.Marell
rahbarligida tashkil etilgan “Ergonomik tadqiqotlar jamiyati” bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, turli ilmiy yo’nalishdagi olimlar bitta muammoni hal qilish uchun
birgalashib kurashdilar.
Bu muammo ish jarayonida texnika vositalari va
tizimidan foydalanayotgan
odamning samarali mehnat faoliyatini loyihalash edi.
Fandagi yangi yo’nalish “ergonomika” (yunoncha so’z bo’lib, ergon – ish + nomos
– qonun) deb atala boshladi. Bu atamani birinchi bo’lib, 1857–yili polshalik tabiatshunos
Voytex Yastshembovski, o’zining “Ergonomika yoki tabiat ilmi qonuniyatlariga
asoslangan, mehnat haqidagi fan ocherklari” degan ilmiy ishida bayon etgan. Bu fan turli
mamlakatlarda turlicha aytiladi. Masalan, AQShda – “Insoniy omillarni tadqiq etish”,
Germaniyada – “Antropotexnika” va h.k.
“Ergonomika”so’zi ilmning yangi sohasi bo’lib, shu paytgacha ma’lum bo’lgan
fanlarning birontasiga to’liq taaluqli emas edi, u bir vaqtning o’zida ikki jarayon: nazariy
bilimlar differenstiastiyasi va integrastiyasidan iborat bo’lgani uchun ishda ham,
tilda
ham o’rnashib qoldi. Ergonomika differenstiastiya tufayli odamning mehnat faoliyati
haqidagi fandan ajralib chiqdi, integrastiya tufayli – odamning mehnat faoliyati bilan
yaqin bilimlardan foydalandi. Shunday qilib, ergonomika boshqa fanlar bilan jipslikda
rivojlanib kelyapti. Fanlararo bu bog’lanishlar ikki tomonlama foydalidir.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, ergonomika o’z holicha bir – biri bilan
bog’lanmaydigan fanlar majmuasiga tayanadi.
7 – rasm.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan birga mehnat jarayonini
tashkillashtirish va boshqarish vazifalari ham o’sdi, mehnatning yangi turlari yuzaga
keldi