3-Amaliy mashg’ulot Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixalogik asoslari. Ishning mazmuni



Yüklə 170,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.04.2023
ölçüsü170,73 Kb.
#100571
1   2   3   4   5
3-Amaliy mashg\'ulot

Ergonomika 
Turdosh
ilmiy
fanlar 
Fiziologiya 
Psixologiya Gigiena 
Sostiologiya Tizimli 
texnika
Texnikaviy 
estetika 
Izlanish operastiyasi 
Ergonomika
asoslari 
Anatomiya 
Fiziologiya 
Psixologiya
Iqtisodiyot 
Sotsiologiya 
Pedagogika 
Gigiena 
Ilmiy texnika 
Ergonomikaning natijalaridan 
foydalanuvchi ilmlar
 
Ishlarni ilmiy tashkillashtirish 
Dizayn 
Meҳnat muxofazasi 
Sifatni boshқarish 
“Mehnat psixologiyasi” fanining predmeti – odamning mehnat faoliyati va shaxsiy 
xislatlari, xususiyatlari, ishlab chiqarish muhiti, ishlayotganlar o’rtasidagi shaxsiy 
munosabatlar. 
Ilmiy – texnikaviy taraqqiyot odam mehnatining jiddiy o’zgartirib yubordi. Mehnat 
faoliyatining o’zgarishi odam va texnikaning bir – biriga ta’siri muammosini boshqacha 
qo’ydi.
Texnikaning rivoji tufayli odamning imkoniyati kengaydi, lekin , o’z navbatida, 
texnika shunchalik murakkablashib ketdiki, uni boshqarish odam uchun qiyin bo’lib 
qoldi. Natijada mashinalar konstrukstiyasini odamning psixologik va fiziologik 
imkoniyatlari bilan moslashtirish, degan yangi masalalar yuzaga keldi.
Mashina qanchalik mukammal bo’lmasin, undan to’liq va sifatli foydalanish, 
pirovard natijada texnikani boshqarayotgan odam (operator)ning harakatlariga bog’liq. 


Mashina ishi va operator faoliyatini “odam-mashina” deb atalgan yagona majmua sifatida 
o’rganish zarurati shundan kelib chiqqan. 
Chet ellar tizimiga qaraganda ishlab chiqarishdagi 58-70% avariyalar “inson 
omili”ga etarlicha e’tibor bermaganlikdan kelib chiqadi. Bu, “inson omili”ni texnik 
tizimlarda shunchaki hisobga olibgina qo’ymasdan maxsus o’rganish kerakligini 
ko’rsatdi. Avvaliga odamning texnik tizimlardagi mehnat faoliyatiga oid gigienik,
antropometrik, biomexanik, fiziologik va psixologik, shuningdek estetik jihatlari alohida- 
alohida o’rganildi, olingan natijalar turli amaliy tavsiyalarda oddiygina hisobga olindi. 
Biroq keyin ma’lum bo’lishicha bu tavsiyalar kamlik qilar ekan, “odam-mashina” ishlab 
chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimlarini ko’p o’lchamli optimallashtirish, nazorat 
va boshqaruv tizimlarining berilgan samarasiga erishish uchun texnik va insoniy 
omillarni har tomonlama hisobga olish zarurati tug’ildi. 
Ergonomika mehnat jarayonida odam organizmining faoliyati xususiyatlari va 
imkoniyatlarini o’rganadi; uning maqsadi mehnat faoliyatida shunday sharoitlar, usullar 
va tashkillashtirish tayyorlab berishni natijada mehnatning unumli bo’lishi, ayni vaqtda 
odamning manaviy va jismoniy rivojlanishiga yordam bersin, mehnat jarayonida ko’p 
qulayliklar va xavfsizlikni ta’minlasin, sog’lig’i va ishlash qobiliyatini saqlasin.
Ergonomikaning predmeti-odamning mehnat faoliyati, “odam-mashina” ishlab 
chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimi “odam-mashina” tizimlarini optimallashtirish 
masalasini hal qilishda e’tiborga olinishi zarur bo’lgan ergonomik omillar quyidagilar: 
-optimallashtirishning umumtizim (jumladan, ijtimoiy) mezonlari; 
-axborot va energetik o’zaro ta’sirlarini tashkil etish (struktura va jarayonlar); 
- operatorlar harakatining algoritmi; 
-“insoniy” va texnik vositalar tavsifi; 
-operatorlar mehnatining maksimal -samaradorligi, xavfsizligi va qulayligini 
ta’minlash sharoitlari va vositalari; 
- operatorlarni malakali tanlash vositalari, ular holatini ish vaqtida nazorat qilish.
Odam texnika bilan o’zaro ta’sirga kirishishiga oid masalalarni echishda, optimal 
mehnat sharoitlarini yuzaga keltirishda ergonomik ishlanmalarning ahamiyati katta. 
“Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimining faoliyatini tahlil qilish ergonomik 
ishlanmalarga quyidagi masalalarni ta’riflash imkonini beradi: 
Tizimlarda operator faoliyatini tahlil va sintez qilish. 
Operator – odamning ergonomik xususiyatlarini o’rganish. 
Ish o’rnini operatorning ergonomik xususiyatlarini hisobga olib tashkil etish. 
Operatorlarni kasbiy tanlash. 
Ergonomik loyihalash va “Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimlariga 
baho berish. Bu masala oldingi masalalarning natijalariga qarab hal qilinadi. 
Ergonomik ishlanmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash 
Transport vositalari harakat tezligining ortishi, mashina va mexanizmlar 
konstrukstiyasining murakkablashishi boshqarish va rostlash organlarini tanlash va 
rasmiylashtirishga talablarni oshiradi. Bu ishlar noto’g’ri qilinsa, jismoniy va psixologik
yuklama ortib, operatorning harakatlarida xatolar ko’payib ketadi. Boshqarishni 
markazlashtirishda va nozimlashda boshqaruv pultlari va axborotni aks ettiruvchi 
qurilmalarni (AEQ- indikatorlar) oqilona tashkil etish masalasi yuzaga keladi. AEQlar 
boshqarishning axborotlarga asoslangan modelini qurishning texnik asosi hisoblanadi, 


operator shu model bilan ishlaydi. Model quyidagi 3 ta ergonomik talabni qondirishi 
lozim: 
mazmuni jihatidan atrof muhit va boshqaruv ob’ektining holatlarini aynan aks 
ettirishi; 
aks ettiruvchi axborot miqdori operator uchun optimal bo’lishi; 
shakli va kompozistiyasi bo’yicha, model operatorning boshqaruv vazifalariga, 
axborotni qabul qilib, qayta ishlashdagi psixofiziologik imkoniyatlariga mos bo’lishi. 

Yüklə 170,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin