Hozirgi vaqtda talim mazmunini belgilashga doir asosiy g'oyalar
Reja:
1. Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni o‘qitish jarayoni
2. Faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi
Ta’limni insoniylashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’limni insonparvarlashtirish yangi tayanch o‘quv rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o‘z ifodasini topadi (50 % dan ko'proq). Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o‘quv vaqtini ikki barobar ko'paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish — bu ta’limning bosqichi va turidan qat’i nazar asosiy ijtimoiy muammo — inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirishdir.
Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi — ta’limni differentsiallashtirish. Bu yo'nalish majburiy kurslar bilan birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish, fanlarni tanlash asosida olib borishni ko'zda tutadi. Sinfda, sinflar o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni individual, guruhli mashg'ulotlar hamda qiziq ishlariga ko‘ra to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differensatsiyalash — bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo'nalishi hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni differensatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar (fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o'rganish bilan) litseylar, gimnaziyalar ochildi.
1997 yilda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi.
Kurslarni integratsivalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda, dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi ixchamlashtirildi. Xususan, «Tarix» fani umumiy tarix va 0‘zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi.
Standartlashtirish — bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamining soatlari aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.
Ko‘p bosqichlilik — bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Turli bosqich la rning har birida o‘qitishning yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Amaliylashtirish — shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga nazariy bilimlarni puxta o'zlashtirgan holda ularni amaliyotda faol qo‘llay olishga tayyorlash. Ya’ni, shaxsda maktab ta’limi jarayonidayoq o‘rta maxsus yoki oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimi, o‘quv rejasi, fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli o‘zlashtira olishga imkon beruvchi dastlabki ko‘nikmalami tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-radiotexnika va komputerlaming ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
Individuallashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o'zgarib borishi odamni doimiy ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.
Oxirgi yillarda ta’lim mazmunini tanlash gumanitarlashtirish va fundamentallashtirish kabi tamoyillar yetakchi o‘rin egallamoqda. Bu umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim shaxsning insonparvarlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini anglatadi. Insonparvarlik madaniyati birinchi navbatda bilim, hissiyotlar madaniyati, muomala va ijodiy harakatlar uyg'unligidir.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun gumanitarg‘oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga e’tibor qaratish tashkil etishi zarur.
Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamovili ta’limni gumanitarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi (an’anaviy pedagogikada uni ilmiylik, tushunarlilik va tarixiylik tamoyili sifatida qaraladi). U gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma- ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamovili. bu tamoyil ta’lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘Iishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamovili. ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi tizim sifatida ko'rishni ko‘zda tutadi.
Ta’lim mazmunining o‘quvchilar voshlari imkonivatlariga inosligi tamovili o'quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko‘zda tutadi. Ularga o‘zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi o‘zlashtirish uchun taklif etiladi.
Umumiy o‘rta va o'rta maxsus ta’limning mazmunini shakllantirish ko‘rib chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o‘rta maktablar va akademik litseylari uchun tanlab olish quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;
ilmiy va amaliy ahamiyati;
ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;
ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi:
umumiy nazariy bosqich;
o‘quv bosqichi;
o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topishi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standart, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo’ladi. 0‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch namunaviv o‘quv reiasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o‘quv reiasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviv o‘quv reialari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘auv reialari ishlab chiqiladi.
Q‘quv reiasi - me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
o‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsiinlash;
har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
Q‘quv dasturi — muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzulaming ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o'quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv dasturlari namunaviy ishchi va mualliflik bo'lishi mumkin.
Namunaviv o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, o‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsat malar;
o‘quv uskunalari va ko'rgazmali qurollar ro‘yxati;
tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o‘quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomonidan ishchi o‘auv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o‘quvchilaming tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat boMishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘iganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtayi nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega boMishi kerak va ular mavjud bo‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining
Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari o'quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
Q‘quv fani ta’lim muassasalarida o'quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. 0‘i1a maktab, akademik litsey va kasb- hunar kolleji o'quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtayi nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsiiklar va o‘quv qo'llanmalari kiradi.
Darslik – DTS, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura g’oyalari singidirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Darslikni bu pedagogik tizimning axborotli modeli deb atash mumkin. Bunga sabab har bir o’qituvchi darslikda ta’lim oluvchilar bajarilishi kerak bo’lgan o’quv jarayonining ma’lum bosqichlari ko’rsatilgan bo’lib, ta’lim oluvchilar uchun mavzularni o’qib, undagi topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko’rinishida bajarishadi: tekshiradi, echadi, javob beradi va h.k. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashirin shaklda berilishi mumkin.
Demak, darslik bu – muayyan o’quv predmeti mazmunini o’quv dasturida ko’satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob bo’lib, uning harakterli xususiyati darslik mazmunining o’quv dasturi mazmuniga mos kelishidir.
Darslikdagi material bo’limlar bo’yicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo’lgan bandlar asosida ochib beriladi.
Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o’rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi, bo’lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.
Darslikning asosiy matni – bu ta’lim oluvchi tomonidan o’rganilishi va o’zlashtirishi majburiy bo’lgan o’quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Darslikdagi qo’shimcha materiallar. Bu matnlar – asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o’quv materialini o’z ichiga oladi. Qo’shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo’shimcha matnlar o’quv materialini o’zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funktsiyalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Darslikning tushuntirish matni – o’quv materialini tushunishga va chuqurroq o’zlashtirishga mo’ljallangan xususiy yozma tuzilma. Bu matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, ilovalar, tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug’atlar, ramzlar va ko’rsatkichlar kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum tushunchani aniq shakllantiradigan bo’lishi kerak.
Darslikning tajribaviy – amaliy matnlarida – fan o’quv materialini o’zlashtirishda va mustaqil tarzda bilim olishda bilim oluvchi bajaradigan amaliy faoliyat usullari, aniq ma’lumotlar olish uchun nazariy bilimlarni qo’llash tamoyili va qoidalari, asosiy tadqiqot usullari tavsiflanishi; masalalar, mashqlar, tajriba va eksperiment usullari bayon qilinishi lozim.
Darslikdagi mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar matniga quyidagi talablar qo’yiladi:
• ta’lim oluvchilar tomonidan o’tilgan mavzularning mustahkam o’zlashtirilishini ta’minlash;
• ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni rivolantirish;
• fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirish;
• ta’lim oluvchilarning amaliy topshiriqlarni bajara olish imkoniyatlarini inobatga olish;
• tasdiqlarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga mos kelishi.
Darslikdagi bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish materiallari matnidagi nazorat savollari ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Darslikdagi informatsion – uslubiy ta’minot – bu ushbu fanga oid asosiy va qo’shimcha o’quv manbalari, elektron ta’lim resurslari hamda uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi.
Darslikdagi qo’shimcha ma’lumotlar matniga mazkur darslikdan foydalanish tartibi, o’quv materalini o’ranishga tegishli elektron vositalar (multimedia, virtual stendlar, animatsiyalar va h.k.) va ulardan foydalanish tartiblari kiradi.
O’quv qo’llanma – bu darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo’limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar olib borishga mo’ljallangan nashr.
10. Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar.
Keyingi paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz.
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo’ladi.
Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o’qituvchi; imtihon oluvchi.
Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga etkazib berish bilan shug’ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni etkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o’xshash bo’lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o’qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va ob’ektlarni har tomonlama o’rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot ob’ektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli ma’lumotni to’liq adaptatsiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallab tayyorlangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanmalar
Multimediali elektron o’quv qo’llanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi:
1. Ichma – ich joylashgan turli bo’g’inlar va rangli bezaklarda gipermurojatlardan foydalanish.
2. Ma’lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foydalanish.
3. Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.
Multimedia muhitida elektron o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag’larni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun ham multimediya muhitida elektron o’quv qo’llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo’ladi:
• tanlash bosqichida multimedia muhitida ko’rsatilishi kerak bo’lgan o’quv fani tanlanadi;
• tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko’rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o’quv dasturining stsenariylarini yaratish bo’ljallanadi;
• asosiy bosqichda elektron o’quv qo’llanmani bevosita yaratish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi;
• yakunlovchi bosqichda elektron o’quv qo’llanmani testdan o’tkazish va maqomiga etkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o’quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o’zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo’shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o’rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o’ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron o’quv qo’llanmani yaratishda giperment, giperko’rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o’zaro bog’lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali elektron – o’quv qo’llanma quyidagi afzalliklarga ega:
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o’quvchilarga berilayotgan o’quv materialini chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish, dars mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg’unligi mavzuni o’rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo’yadi;
• o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o’rnatilishi natijasida o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo’ladi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’qish darajasi va sur’atini o’rganuvchining o’zi tanlash imkoniyati o’qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o’z – o’zini tekshirish uchun savollar o’quvchini o’z – o’zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
• olingan bilimlar o’quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi [6].
Elektron pochta – bu axborot almashish xizmatini ko’rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o’quv muassasasi va hattoki o’z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko’rsatgan holda axborot jo’natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u erda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo’natiladi.
Elektron pochta orqali bosma materiallar, fotografiya, jadval, grafik ish qog’ozlari va jurnallar kerakli manzilga jo’natiladi. Bunda asosan axborotlar (xat - xabarlar)ni uzatish va qayta ishlashning elektron usulidan foydalaniladi.
Axborot uzatishning ushbu imkoniyatidan ta’lim oluvchilar, masofaviy ta’lim bilan shug’ullanuvchilar samarali foydalanishi mumkin.
Elektron forumlar – bu internetning xalqaro tarmog’i va elektron pochtalardan foydalanib o’tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun – mohiyatini tushuntiradi, so’ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o’z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to’g’ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta’sir etadi [7].
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.
11. O’qituvchilarni o’quv dasturlari va darsliklardan ijodiy foydalanishga yo’llash
O’qituvchi – bu ta’lim oluvchilarni hayotga, ongli mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida, jamiyat oldida javob bera oladigan, yoshlarga ta’lim – tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan va pedagogik faoliyat bilan kasbiy jihatdan shug’ullanuvchi shaxsdir.
O’qituvchi va o’quvchining dasturli faoliyati – bu o’quv jarayonida ahamiyatsiz harakatlarni yo’qotish, samarali o’zaro aloqani ta’minlash va rejalashtirilgan natijalarga o’z vaqtida erishish jarayonidan iboratdir. Bunda o’qituvchi texnolog – nazoratchi sifatida qatnashadi. Ushbu jarayonda ta’lim maqsadini aniq ifodalab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o’rganilayotgan o’quv materiallarining mazmunini saralashda o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyat darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi va nihoyat, tashkiliy shakllarining mosini tanlab belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi.
O’qituvchilar o’z kasbiy faoliyatini olib borishdagi o’quv dasturlari va darsliklardan foydalanishda quyidagi savollarga javoblar doimo ularda bo’lishi kerak:
1. Ta’lim oluvchilar qanday kontseptsiyani (qarashni) talqin qilishi va unga amal qilishi kerak?
2. Kontseptsiya bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilar qanday faoliyatni amalga oshirish kerak?
3. Ta’lim oluvchilar nimalarni kuzatishlari va yozib borishlari kerak?
4. Ta’lim oluvchilarga qanday ko’rsatmalar berish kerak?
5. Ta’lim oluvchilar axborot yoki kashfiyotlarning qanday turlari to’g’risida fikr yuritishlari kerak?
6. Ularning “Kashfiyotlari”ni umumlashtirish uchun Men ta’lim oluvchilarga qanday yordam bera olaman?
7. Men ta’lim oluvchilarni qanday boshqarishim va xatto, ularning tushunishlari etarlicha bo’lmasada, ular aniqlashi mumkin bo’lgan narsalarni ularga etkazishdan o’zimni to’xtatib turishim mumkin. Ular kontseptsiyani to’g’ri shakllantirishlari (ifodalashlari) uchun ulardagi mavjud axborotdan foydalanishda Men ularga qanday yordam bera olaman?
8. Agar ta’lim oluvchilar nima uchun ana shu kontseptsiya muhim bo’lib hisoblanadi, deb mendan so’rashsa, men ta’lim oluvchilarga qanday javoblarni keltirishim mumkin?
9. Ta’lim oluvchilar ushbu kontseptsiyaga daxldor bo’lgan avvalgi tajribalarga egadir! Men ushbu kontseptsiyani ta’lim oluvchilar intellektual salohiyati va tajribasi bilan qanday bog’lay olaman?
10. Ushbu kontseptsiya ta’lim oluvchilarga muayyan fandan o’zlari uchun foydani ko’rishda yordam berishiga qanday misollar bor? Fan, texnika – texnologiya va jamiyatning o’zaro munosabatlarini tushunishda yordam berishigachi? Fan tarixi va mohiyatiga oid axborot olish uchun ularga yordam berishigachi?
Ma’lumki, o’qituvchilarning kasbiy shakllanishi – bu ta’lim oluvchining oliy o’quv yurti dargohida o’quv – biluv faoliyatidan iborat bo’lgan jarayon. Albatta, ularda tayyorlanadigan mutaxassis yo’nalishga mos o’quv reja hamda DTSga mos o’quv dasturlari ishlab chiqiladi va ularga mos pedagogik jarayon davom ettiriladi. Bu orqali ta’lim oluvchilarga kasb sir – asrorlarini o’rgatish, ilmiy bilimlar berish, ta’lim oluvchining kasbiy mahorati haqida ma’lumotlar berib boriladi va ular o’qituvchilik kasbi haqidagi bilimga ega bo’lishi bilan birga ma’lum ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quv dasturlari bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko’nikmaga aylantirishgagina emas, balki ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatga ijodiy yondasha oladigan qilib tayyorlash ham e’tiborda bo’lmog’i lozim. Bunday mashg’ulotlar egallamoqchi bo’lgan kasbining to’g’ri tanlanganligiga ishonch hissini uyg’otadi va o’z sohasining deyarli barcha jabhalariga ijodiy yondasha olish qobiliyatini shakllantiradi.
Professor Q.T.Olimov, dots. R.X.Nurboev va bosh mutaxassis M.R.Eshpo’latovlarning tadqiqotlari natijalari ham zamonaviy o’quv adabiyotlari (darslik, o’quv qo’lanma va shu kabilar)ni yaratish borasida o’ta qimmatlidir [6].
Quyida ularning “Oliy ta’lim darsligi modeli, funktsiyalari va unga qo’yilgan talablar” nomli ishidan zarur ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Darslik o’quv metodik majmuaning yadrosi hisoblanib, uning atrofida qolgan o’quv vositalari va manbalari guruhlashtiriladi.
Boshqacha aytganda, darslik pedagog va talabaning o’zaro hamkorligini ta’minlovchi o’qitish manbaidir.
“Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi”ga muvofiq “Darslik – davlat ta’lim standarti, fanning o’quv dasturi, metodikasi va didaktik talablari asosida belgilangan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr”, - deb ta’kidlangan.
Darslik – davlat ta’lim standartida belgilangan asosiy o’quv materialini qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan mustaqil o’zlashtirib olishga, ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirishga, kerakli o’quv materialini mustaqil izlash va topishga, amaliy faoliyatda qo’llashni o’rgatish va ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |