Ommaviy axborot vositalari
Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy
davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida
keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani
liberallashtirish O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor
yo’nalishi sifatida belgilandi. 1991 yili O’zbekistonda 395 ta
OAV faoliyat yuritgan bo’lsa, bugun ularning soni 1437 taga
yetdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma
OAVning 62,7 foizini tashkil etmoqda. 1990 yilda 9 nashriyot
bor edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta. Yaratilayotgan
imkoniyatlar tufayli matbaa korxonalarining soni ham yil sayin
ortib bormoqda: 1990-2016 yillardagi bosmaxonalar soni 149
tadan 1719 taga yetdi.