Yozma nutq:
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida
fikr bildirish. Teleko’rsatuvlar va
radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi
materiallar, reklama matnlarini tahlil qilish.
“XXI asrda axborotning o’rni” mavzusida esse
yozish.
Publitsistik uslub va uning
xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb
masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga
gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani
jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan
voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot
vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis
yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi
publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda
namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-
siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va
pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar
publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va
televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning
nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslub va uning
xususiyatlari.
Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan
ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik,
ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy
tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon,
irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir.
Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh
maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop
jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning
uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha,
elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan
joydan xabar beradi ...»va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga
ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki,
bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga
barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya
ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Dostları ilə paylaş: