1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar: Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 29,74 Kb.
tarix28.06.2020
ölçüsü29,74 Kb.
#32149
adabiyotshunoslik


  • Savollar



  • 1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar:



  • 1. Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?

  • 2.O'zbekistonda adabiyot nazariyasi fan sifatida qachon shakllandi? Dastlabki adabiyot nazariyasi darsligi qaysi?

  • 3. Adabiyot nazariyasi bo'yicha dastlabki manba qaysi asar sanaladi?

  • 4.Sharqda adabiy-itazariy flkrlar qachondan va qaysi asarlarda paydo bo'lgan?

  • 5.XX asr boshlarida mamlakatimizda adabiyotshunoslikning shakllanishida kimlarning katta hissalari bor? Keyingi(mustaqillikkacha va hozirgi) davr adabiyotshunoslaridan kimlarni bilasiz?

  • 6.Obraz deb nimaga aytiladi? Obraz atamasining kelib chiqishini bilasizmi?

  • Birinchi marta kim tomonidan qo’llanilgan?

  • 7.Obrazlarning qanday tasniflarini bilasiz?

  • 8.Mavzu nima? Badiiy asar mavzusi qanday xususiyatlarga ega va adabiy asarlarda mavzular nechta bo 'ladi?

  • 9.Syujet nima? Sujet elementlari va ularning o'ziga xosligi nimada

  • 10.Syujet elementlari va ularning o'ziga xosligi nimada?

Javoblar

  1. Adabiyot nazariyasi – adabiyotshunoslik fanining bir bo‘limi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yo‘llarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini o‘rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy so‘z san’atining ijodiy tajri-balariga asoslanib, o‘zining barcha na-zariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy so‘z mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni o‘rganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan e’tiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalari-da tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga 175murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. San’at turi sifatida adabiyotning uziga xosligi uning so‘z vositasida ob-raz yaratishida ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi da badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham o‘rganiladi. Badiiy adabiyotda mazmun bilan shakl bir-ligi va mutanosibligi Adabiyot nazariyasi ning bosh ma-salasidan biri hisoblanadi. Mazmunsiz shakl bo‘lmaganidek, shaklsiz mazmun ham bo‘lmaydi. Har qanday shakl mazmunlash-ganidek, har qanday mazmun shakllash-gandagina to‘la voqe bo‘ladi. Mazmun – badiiy asarning hamma qismlarini belgilovchi, uyushtiruvchi asos. Badiiy adabiyotda mazmun – jonli hayot, uning xilma-xil qirralari, murakkabligi, boyligi va go‘zalligidir. Har qanday g‘oya badiiy asarning mazmunini tashkil eta olmaydi, u faqat badiiy xususiyatga ega-ligi, inson, jamiyat uchun ahamiyatliligi bilan barchani qiziqtira olgan g‘oyalargina badiiy asar mazmunini tashkil etadi. Badiiy shakl ham mazmunga nisbatan farqsiz hodisa emas. Chunki har qanday g‘oya hayotning o‘zida aniq hayotiy hodisa shaklida namoyon bo‘ladi, bu hodisaning shaklini mazmundan ajratib bo‘lmaydi. Binobarin, har qanday badiiy g‘oya o‘ziga mutanosib badiiy shakldagina o‘z mohiyatini to‘la namoyon etadi. Alisher Navoiy "Hamsa"da o‘z zamonida shoirlik da’vo qilib yurgan ko‘plab kishilarning shakl bobidagi no‘nokligini qoralaydi. Chunki, faqat shakli mazmuniga to‘la mos bo‘lgan asargina haqiqiy badiiy asar bo‘la oladi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi badiiy asarning tarkibiy qismlari (syujet, konflikt, kompozitsiya va boshqalar), adabiy turlar va janrlar haqidagi masalalarni keng yoritadi. Insoniyat tarixida bo‘lgan ijodiy uslublar, adabiy oqimlar, mak-tablar Adabiyot nazariyasi da o‘zining aniq ta’rifu tavsifini topali. O‘tmish adabiyot bilan hozirgi zamon adabiyoti o‘rtasidagi do-imiy vorislik (an’ana va yangilanish) masalalari ham Adabiyot nazariyasi ga aloqadordir. Turli xalqlar adabiyotlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bir-birlarini boyitish-dan iborat ijobiy tarixiy jarayonning qonuniyatlarini aniqlash ham Adabiyot nazariyasi ning doimiy o‘rganuvchi sohalaridan birini tashkil etadi. Dunyo xalqlari she’riyatiga xos tizimlar, ularning tuzilishi va shakllari Adabiyot nazariyasi ning bevosita tadqiqot manbaidir. Badiiy adabiyotning o‘tmishi, hozirgi ahvoli va istiqboldagi rivojlanish tamoyillarini belgilab berish Adabiyot nazariyasi ning eng muhim vazifasi sanaladi.Sharkda Adabiyot nazariyasi ning yuqrrida qayd etil-gan barcha muammolarini yaxlit o‘rganuvchi maxsus fan sohasi bo‘lmagan. Bu masalalar 3 yo‘nalishdagi mustaqil sohalar do-irasida olib borilgan. Bular: aruz ilmi, qofiya ilmi va balog‘a ilmi, ya’ni badi-iy so‘z san’atlari haqidagi sohalardan iborat. 



  1. O‘zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga 176oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yax-lit ma’lumotlar berilgan. Abdurahmon Sa’diyning "Adabiyot nazariyasi" asari Adabiyot nazariyasi ga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Shulardan keyin Adabiyot nazariyasi ga oid ikkinchi asar 1939 yilda I. Sulton tomonidan yaratildi. Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan ikki jild-li "Adabiyot nazariyasi" (1-jild 1978, 2-jild 1979), 1980 yilda I. Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsliklari chop ettirildi. Adabiyot nazariyasi rivojiga H. Yoqubov, M. Yunusov, M. Qo‘shjonov kabi olimlar ham katta hissa qo‘shdilar.G‘arb adabiyotshunosligida Aristo-telning "Poetika" asari Adabiyot nazariyasi ga oid asosiy manba sifatida qo‘llanilib ke-lindi. 17–18-asrdan boshlab Bualo, Di-dro, Lessing , Gerder, Gyote, Shiller kabi olimu adiblar tomonidan Adabiyot nazariyasi ga oid na-zariy asarlar yaratila boshlandi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida nemis fayla-suflari Kant, Fixte, Shelling , Gegel va boshqa badiiy adabiyot qonuniyatlarini yaxlit o‘rganuvchi Adabiyot nazariyasi yaratishni boshlab berdilar. Rossiyada M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, V. G. Belinskiy, N. G. Chernishev-skiy, A. N. Dobrolyubov, A. I. Gersen va boshqa adabiy-nazariy qarashlar rivojiga muayyan hissa qo‘shdilar.Bahodir Sarimsoqov.



Turli xalqlar adabiyotlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bir-birlarini boyitish-dan iborat ijobiy tarixiy jarayonning qonuniyatlarini aniqlash ham Adabiyot nazariyasi ning doimiy o‘rganuvchi sohalaridan birini tashkil etadi. Dunyo xalqlari she’riyatiga xos tizimlar, ularning tuzilishi va shakllari Adabiyot nazariyasi ning bevosita tadqiqot manbaidir. Badiiy adabiyotning o‘tmishi, hozirgi ahvoli va istiqboldagi rivojlanish tamoyillarini belgilab berish Adabiyot nazariyasi ning eng muhim vazifasi sanaladi.Sharkda Adabiyot nazariyasi ning yuqrrida qayd etil-gan barcha muammolarini yaxlit o‘rganuvchi maxsus fan sohasi bo‘lmagan. Bu masalalar 3 yo‘nalishdagi mustaqil sohalar do-irasida olib borilgan. Bular: aruz ilmi, qofiya ilmi va balog‘a ilmi, ya’ni badi-iy so‘z san’atlari haqidagi sohalardan iborat. Shu bois Sharq mumtoz adabi-yotshunosligi tarixiga nazar tashlansa, yuqorida ko‘rsatilgan 3 yo‘nalishdagi ilmiy manbalar alohida-alohida bayon etilganligi ma’lum bo‘ladi. Mac, Muhammad bin Umar ar-Roduyoniyning "Tarjimon ul-balog‘a", Rashididdin Vat-votning "Hadoiq us-sehr fidaqoiqush-she’r", Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", Bobo‘rning "Muxtasar", Husayn Voiz Koshifiyning "Badoye ul-afkor fi sanoye-ul-ash’or", Atoullo Husayniyning "Badoye us-sanoye’", Vohid Tabriziyning "Jam’i muxtasar" kabi asarlarida aruz, qofiya va badiiy san’-atlar haqida alohida-aloxdda fikr yuri-tilgan. Sharq adabiy-nazariy ta’limoti asosan she’riyat materialiga asoslangan bo‘lib, ularda badiiy nasr, dramaga oid nazariy kuzatishlar uchramaydi. Chunki Sharq mumtoz adabiyotida badiiy nasr va drama janrlari mavjud emas edi. Sharq adabiy-nazariy qarashlari rivojiga Abu Nasr Forobiy "Kalom fish-she’r va al-qavofi" ("She’r va qofiyalar haqida so‘z"), "Kitob fil-lug‘ot" ("Til haqida kitob"), "She’r san’ati", Ibn Sino "Uyun-al-Hikma" kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdilar.O‘zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga 176oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yax-lit ma’lumotlar berilgan. Abdurahmon Sa’diyning "Adabiyot nazariyasi" asari Adabiyot nazariyasi ga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Shulardan keyin Adabiyot nazariyasi ga oid ikkinchi asar 1939 yilda I. Sulton tomonidan yaratildi. Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan ikki jild-li "Adabiyot nazariyasi" (1-jild 1978, 2-jild 1979), 1980 yilda I. Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsliklari chop ettirildi. Adabiyot nazariyasi rivojiga H. Yoqubov, M. Yunusov, M. Qo‘shjonov kabi olimlar ham katta hissa qo‘shdilar.G‘arb adabiyotshunosligida Aristo-telning "Poetika" asari Adabiyot nazariyasi ga oid asosiy manba sifatida qo‘llanilib ke-lindi. 17–18-asrdan boshlab Bualo, Di-dro, Lessing , Gerder, Gyote, Shiller kabi olimu adiblar tomonidan Adabiyot nazariyasi ga oid na-zariy asarlar yaratila boshlandi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida nemis fayla-suflari Kant, Fixte, Shelling , Gegel va boshqa badiiy adabiyot qonuniyatlarini yaxlit o‘rganuvchi Adabiyot nazariyasi yaratishni boshlab berdilar. Rossiyada M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, V. G. Belinskiy, N. G. Chernishev-skiy, A. N. Dobrolyubov, A. I. Gersen va boshqa adabiy-nazariy qarashlar rivojiga muayyan hissa qo‘shdilar.Bahodir Sarimsoqov.

  1. Adabiyot (arab. – adab so‘zining ko‘pligi) – 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi); voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. A. avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. A. so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy A.ning yetakchi 3 turi – eposlirikadrama mavjud. Epos voqelikning o‘zini in’ikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo‘shib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuyg‘ulari o‘lkasi bo‘lgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. A.da qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poemaballadadostonmasal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo‘linadi: kichik epik shakl (latifaocherkertakhikoya), o‘rta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga ko‘ra, g‘azal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo‘shiq va boshqalarga bo‘linadi. Dramatik A.ning ham mazmu-nan 3 xili bor: dramakomediya va tragediya (fojia). A. san’atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. A.da voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko‘ra, adibning ijodiy usuli paydo bo‘ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik A. deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o‘z orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik A. bo‘ladi. A.ning badiiylik mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan g‘oyasining to‘g‘riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir A. milliydir, shunga ko‘ra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar A.ning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida A. tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’ananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa A.ni yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan A. o‘z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o‘taydi. Hozirgi zamon o‘zbek A.da adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik bo‘lsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. A.da insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham A.ning maqsadi ma’lum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini to‘la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali "tip" deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko‘tarilgan obrazlardir. A. voqelikni aks ettirar ekan, unga go‘zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g‘oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko‘p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko‘tarinkiligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Milliy mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon etmoqda. Jumladan, istiqlol davri A.i tub sifat o‘zgarishlariga erishmoqda. Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr A.ida tasvirlanayotgan inson o‘zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol A.i mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasiga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Bu A.ning jozibasi zohirda emas, botinda – matn zamiriga joylangan. Istiqlol davri o‘zbek A.i chinakamiga rang-barang A.dir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab "men"i kashf etiladi.

  2. Adabiyotshunoslik – badi-iy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimo-iy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuni-yatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Z bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi ko‘rinishidir.A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining "She’r san’ati..." kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning "Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon" ("Bayon ilmida balog‘at sirlari") asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning "Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam" ("Ajam she’riyati me’yorlari qomusi") kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.Adabiyot tarixi yo‘nalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tari-xiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan.A. tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir.O‘zbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan "Majolis un-nafois" ("Go‘zal majlislar") ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning "Holoti Pahlavon Muhammad", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", Jomiyga bag‘ishlangan "Hamsat ul-mutahayyirin" ("Besh hayrat") singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning "Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o‘lchovi") asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur "Mux-tasar" kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot be-riladi.O‘zbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yo‘nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan "Majmuai sho-iron" ("Shoirlar guruhi") tazkirasi Qo‘qon xoni saroyiga to‘plangan ijod-korlar haqida nisbatan to‘liq ma’lu-mot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi "Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy" ("Shoh Feruz shoirlari guruhi") hamda "Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" ("Shog‘ Feruz shoirlari guruhining muhammaslari") tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo‘lib o‘rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida g‘azallar, ikkinchisida muhammas va musaddaslar tahlil etiladi.Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida o‘zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg‘onish ro‘y berdi – harakatdagi ada-biy jarayonni, yozuvchi ijodini, ada-biy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashura-li Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so‘z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg‘u be-rildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog‘lashga harakat qilindi. Cho‘lponning "Adabiyot nadur?" (1914) maqolasida o‘rtaga tashlangan "Adabiyot yashasa – millat yashar" degan g‘oya milliy uyg‘onish uchun ham da’vat bo‘ldi.20-yillar o‘rtalarigacha A., asosan, ada-biy tanqid doirasida faoliyat ko‘rsatdi. Shu paytlardan e’tiboran sho‘ro hukumati uni o‘z yo‘rig‘iga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko‘ra, o‘tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va A.dan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in’ikosi bo‘lmish san’atga faqat sinfiy kurash, sho‘rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo‘shimcha, mumtoz ada-biy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma’naviy mulk o‘quvchiga ke-raksiz, hatto, ziyonli deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar.Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo‘lmasada, dastlabki nazariy qo‘llanma – adabiyotshunos Abdurahmon Sa’diyning "Amaliy, ham nazariy ada-178biyot darslari" (1924) yaratildi. Fitratning "Adabiyot qoidalari" (1926) darsligida esa o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning "O‘zbek adabiyoti namunalari" kitobida O‘rxun-Yenisey bitiklari, "Alpomish", "Kitobi dadam Qo‘rqut", "Devonu lug‘otit turk"dan par-chalar berildi, Yassaviy, Boqirg‘oniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi.20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida sho‘ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo‘g‘ildi, vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari zararli asar deb, muallifning o‘zi esa burjua adibi deb qoralandi.30-yillar o‘rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik rea-lizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o‘zbek A.ga partiyaviylik, sinfiylik, g‘oyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni sa-roy adabiyoti, diniy-klerikal adabi-yot, reaksion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O‘ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi sho-irlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o‘rganish deyarli man qilindi. Sho‘ro mafkurasining zug‘umi, tanqid va A.ning jiddiy xatolari tufayli Abdul-la Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, So‘fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar.O‘sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So‘fizoda, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri – 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo‘llarni bosib o‘tishiga ham to‘gri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo‘nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, o‘sha "nazariyalar" dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar o‘rtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta o‘rganishga harakatlar bo‘ldi. Matyoqub Ho‘shjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim G‘afurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.60–70-yillarda o‘zbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha bo‘lgan dav-rlar merosini qamrab oluvchi 5 jild-li "O‘zbek adabiyoti tarixi" kitobi nashr qilindi. Unda o‘ta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tari-xiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, so‘z san’atkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xosliklar, mahorat belgilari to‘g‘risida zamona yutuqpari darajasida muxtasar ma’lumot berildi.Dunyodagi eng qadim madaniyat o‘choklaridan biri bo‘lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai na-zar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar so‘z san’atimiz tarixida e’tibor-179ga loyiq neki asar bo‘lsa, barchasini chuqur o‘rganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. "Avesto"dek teran va mu-rakkab diniy-ma’rifiy yodgorlik, xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish "Al-pomish" dostoni va boshqa o‘nlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi.Tasavvuf ta’limotining badiiy ijodga ko‘rsatgan ta’siri xususida Na-jmiddin Komilov ("Tasavvuf", 1– 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov ("Tasav-vuf va she’riyat") va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli "Mukammal asarlar to‘plami" nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida o‘rganish boshlandi va o‘nlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon bo‘lgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, "Qodiriy bog‘i"; mual-liflar jamoasi "Abdulla Qodiriyning badiiy olami"), Cho‘lpon (O. Sharafiddinov, "Cho‘lpon", "Cho‘lponni anglash", D. Quronov, "Cho‘lpon, hayoti va ijodiy merosi"), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi.A.ning nazariy muammolarini o‘z ichiga qamragan 3 jildli "Adabiy turlar va janrlar" kitobi, A. Hojiahmedovning "She’riy san’atlar va mumtoz qofiya", "O‘zbek aruzi lug‘ati" risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan "O‘zbek adiblari" to‘plami esa 20-asr o‘zbek adabi-yotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur ma’lumotlarni beradi.A. nafaqat o‘zbek, balki jahon este-tik ilmi yutuqlarini ham ijodiy o‘zlashtirish, bu borada o‘z so‘zini ay-tish yo‘lida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning "Tafakkur karvonlari", Ibrohim G‘afurovning "Dil erkinligi" singari kitoblari keyingi davr o‘zbek A.ning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Abduvahob singari yosh, iste’dodli olimlar to‘ldirmoqda.Baxtiyor Nazarov, Rahmon Ko‘chqorov.

  3. Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham O. deb yuritiladi.

  4. O.da obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy O.ning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. O. vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy O.ni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. O. voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ra-vishda O. koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. O.ning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik O.ning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. O.da obʼyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy O.da xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

O. murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy O. vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning , yakka holat bilan umumiylikning , ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.

Badiiy asarda O. soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar tizi-mi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan O.da koʻrgazmalilik tomoni plastik O.ga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.

Badiiy O.ning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

8. Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik tuyg‘ularini harakatlantiradi, ko‘ngil atalmish sirli va mo‘jizakor dunyosini taftish qiladi; olam va odamning mohiyati, ular o‘zaro munosabatlarining sabab va oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, yanada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”.

San’at inson evristik faoliyatining oliy ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis adabiyotning sehru jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev. Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish – uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi.

9. Syujet (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud boʻladi. gʻar bir adabiy turda S. oʻziga xos harakterna ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan S. tizimi yoʻq. Ulardagi histuygʻu, oʻykechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Sini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.

Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal S. da voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defont "Robinzon Kruzo", Servantesning "Don Kixot", Oybekning "Navoiy", P. Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlari). Konsentrik S.da esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushkinning "Yevgeniy Onegin", O. Yoqubovning "Muqaddas", "Ulugʻbek xazinasi" asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi S.larning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Choʻlponning "Kecha va kunduz" asarlari).

Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogʻliq. Chunki S. asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar oʻz dardidunyosi bilan namoyon boʻladi. F.M. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" romanida Raskolnikov, A. Qahhorning "Sarob" romanida Saidiy, Togʻay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar sanʼatkorona tarzda uyushtirilgan.

Badiiy asar S. i ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari bir kdgor unsurlardan tarkib topadi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanidagi Xudoyorxon bilan Anvarning toʻqnashuvi epizodi asarning kulminatsion nuqtasi sanaladi. Soʻngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda S. unsurlari baʼzan turlicha hajm va turlicha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozitsiya yoki yechim singari S. unsurlari boʻlmasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, oʻquvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Baʼzi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima)larni ham S. elementi sifatida koʻrsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). S. kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tushunchalar bilan ham mustahkam bogʻlangan.

10. Hayotning badiiy ifodalashda va zurur g’oyani olg’a surishda syujetning roli nihoyatda kattadir. Syujet badiiy asarning hamma turlariga ham bo’ladi. Lekin har bir janrning syujeti o’ziga xosdir. Chunonchi, kichik lirik she’rda ham ma’lum bir fikr oqimi mavjud. Shu fikr oqimi she’rining o’ziga xos syujetini tashkil qiladi. fikrlar oqimi ko’zga ravshan tashlanadigan, uning ifodasida voqea – vaziyat yaratilgan she’rlar ham bo’ladi. Bunday she’rlar voqeaband she’rlar yoki syujetli she’rlar deb yuritiladi (Mirtemirning «Opoqi» , «Tarsaki» she’rlari kabi)

Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi.

Syujet (fransuzcha syujet) – tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Syujetga o’zbekcha qo’llanmalarda turlicha ta’rif beriladi. Masalan, I.Sultonov «Adabiyot nazariyasi» kitobida «Asarda hikoya qilanayotgan voqea «syujet» deb ataladi», deydi.

Prof. N.Shukurov va dots. Sh.Xolmirzayevlar «Obrazlarining o’zaro munosabatidan, kurashidan kelib chiquvchi, iroda yo’nalishini, xarakter xususiyatini namoyon qiluvchi voqealar silsilasiga syujet deyiladi» deb ta’rif berishadi («Adabiyotshunoslikka kirish»). Dots. T.Boboyev «Syujet adabiy asarda tasvirlangan xarakterning mazmunini ifodalovchi sistemasi kengroq ma’noda konkret voqealar chizmasidagi namoyon bo’ladigan xarakterlar tarixidir» deydi. («Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar»). Shularni umumlashtirib, badiiy asarda voqealar va xarakterning o’zaro uyushishi hodisasiga syujet deyiladi deb ta’rif berish.

Syujet yozuvchiga asarning butun materialini biriktirishga imkon beradi. U badiiy asarning g’oyasiga nisbatan shakl hisoblansa va obrazlarning xarakteri, faoliyati, iroda yo’nalishini ifodalashi jihatidan mazmunni tashkil etadi.

Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada hodisada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.

Badiiy asar syujetida xarakterlar mantiqi va voqealar mantiqi bo’ladi.

(F.M.Golovchenko va M.Qo’shjonovlarning fikri) chinakam asar san’at asari voqealar, albatta, qahramonlar xarakterini ochishga buysundiriladi.

Prof. M.Qo’shjonov realistik asarlarda syujetning qator ko’rinishlari borligini ta’kidlaydi. Bular quyidagilar:

Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda vakealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, A.Belyayevning «Odam-Amfibiya» qissasi, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib…» romanida syujetning shu turi mavjud.

Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi.




Yüklə 29,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin