Reja: Badiiylik mezon tarixda



Yüklə 26,92 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü26,92 Kb.
#119141
Badiiylik mezonlari


Badiiylik mezonlari
Reja:

  1. Badiiylik mezon – tarixda

  2. Badiiy mezonlari turlari

  3. Ajdodlarimizning badiiylik mezonlari haqida fikrlari


Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati kattadabiyot Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga goʻzallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham gʻoyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning taʼsirli chiqishi, boshqa koʻp mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, koʻtarinkiligiga ham bogʻliq boʻladi. Milliy mustaqillikka erishgan oʻzbek xalqi hayotning barcha jabhalarida oʻzligini namoyon etmoqdadabiyot Jumladan, istiqlol davri adabiyoti tub sifat oʻzgarishlariga erishmoqdadabiyot Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat koʻrsatmoqdadabiyot Natijada olamni, odamni, ularning tuygʻularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr adabiyotida tasvirlanayotgan inson oʻzining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon boʻlmoqdadabiyot Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sigʻmaydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yoʻl koʻrsatishni zimmasiga olmaydi, oʻquvchiga aql oʻrgatmaydi, hayotiy muallimlikni daʼvo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan oʻquvchida munosabat uygʻotadi.
Mahkam aka,adabiyotning ma’no-mohiyati haqida donolar, buyuk siymolar, so‘z san’atkorlari ko‘p va xo‘p aytgan. L.Tolstoy “San’at butun insoniyatning yagona his-tuyg‘uga birlashishi uchun vositadir” deganda avvalo adabiyotni nazarda tutgan, albatta. Arastuning siz tarjima qilgan o‘sha “Poetika”sida ham katarsis — badiiy adabiyot inson ruhini tozalashi, poklashi nazarda tutilgan. Nazarimda, adabiyot haqidagi bahs-munozaralarda, badiiy asarlarga baho berishda, qanday mezonlarni asos qilib olish borasida yakdil fikr yo‘q. Bitta asarni to‘rt kishi o‘qisa, to‘rt xil fikr aytadi. Adabiyotga har kimning o‘z qarashi bor. Kim uchundir adabiyot ko‘ngil izhori, kim uchundir qismat... Ayni chog‘da adabiyotning azaliy, o‘zgarmas tamoyillari, mezonlari ham bor-ku! Nazarimda, biz goho ularni unutib qo‘yayotganga o‘xshaymiz.
San’atda badiiylik mezonlari hikoya, qissa, roman, ballada, poema, lirik she’riyat, rassomlik, me’morchilik, musiqa, haykaltaroshlik asarlari uchun turlicha ekanligi tabiiy hol. Ammo, bu san’atlarning barchasi uchun umumiy, zaruriy, yurak va qon tomiriga o‘xshash muhim qonuniyatlar borki, bular avvalo adabiyot nazariyasi, keng ma’noda estetika fanida maxsus o‘rganiladi. Shu mezonlarning asosiylari: she’r uchun his-tuyg‘ular go‘zalligi, nafisligi, nozik kechinmalar, hikoya uchun – yaxlit bir voqeada inson xarakteri va muhim bir g‘oyani tasvirlash, qissada shu narsalarning kengroq ifodalanishi, romanda davr va jamiyat hayotida yuz berayotgan global jarayonlarni bir yoki bir necha odamlarning taqdiri, xarakterlari orqali ochish, tragediyada zamon oqimiga qarshi yakka o‘zi qarshi tura olgan shaxsning va atrofdagilarining kuchli xarakterlarini ko‘rsatish, komediyada jamiyatdagi illatlarni kulgi, hajv vositasida fosh qilish, rassomlik va haykaltaroshlikda – muhim ijtimoiy va estetik ahamiyatli manzara, holatlarni birgina nozik lahzada aks ettirish muhim hisoblanadi. Bu san’atlardan eng ta’sirchani, eng ko‘p (hatto cheksiz) imkoniyatlarga ega bo‘lgani she’riyat, musiqa va badiiy prozadir. Servantes “Don – Kixot” romanida bahodirlik, ritsarlik davrlari o‘tib ketganligini, endi miskin, bechoralarni zolimlardan himoya qiluvchi bahodir ritsar kulgili holatga tushib qolganini tasvirlar ekan, uning asosiy poetik g‘oyasi – Don Kixot kabi sofdil va sodda odamlar ustidan kulish emas, aksincha, yangi davrda ko‘pchilik ayyor, munofiq, ta’magir, ochko‘z, yulg‘ich bo‘lib, aslzoda xonimlar idealligini yo‘qotib, oddiy masxarabozlarga aylanib qolganidan qayg‘urish edi, deb o‘ylayman. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Sarob” romanlariga yuksak baho bergan Oybek, Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Ahmad Aliyev, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Hamdam va boshqalar o‘z talqinlarida badiiylikning o‘lmas mezonlaridan kelib chiqqanlar. Sho‘rolar siyosatiga qul bo‘lgan Sotti Husayn esa bu romanlarni proletar diktaturasining poetikaga zid mezonlari bilan tanqid qilgan edi. Badiiy asarni baholashda bunday qarash asoratlari hozir ham uchrab turadi. Bu haqda Dilmurod Quronov “Adabiy jarayonda Mom sindromi” asarida yaxshi yozgan. Ba’zi tanqidchilar esa tahlil o‘rniga ijodkorga aql o‘rgatadilar.
Tabiiyki, mustaqillik yillarida yozuvchilar istiqlol bergan erkinlikdan yaxshi foydalanmoqdalar. Ammo bozor iqtisodiyoti tamo-yillari ma’naviy hayotni ham shiddat bilan o‘z domiga torta boshladi. Shunday sharoitda ayrim ijodkorlar hatto umidsizlikka ham tushib qolishdi. “Adabiyot o‘ladimi?” degan mavzuda jiddiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqiradi degandek, bu davrda jahon adabiyoti ham o‘ziga xos bir sinov davrini boshidan kechirmoqda edi. Amerikada yashab ijod qilayotgan mashhur rus adibi Vasiliy Aksyonov shunday degan edi: “Amerikada mavjud bozor iqtisodiyoti nafis adabiyotning ildiziga bolta urayapti. Uning o‘rnini “ko‘cha adabiyoti ” – fahsh, nayrangbozlik, oldi-qochdi “adabiyoti” egallab olyapti...” Darvoqe, o‘zimizda ham Aksyonov tilga olgan “adabiyot namunalari” urchib ketgani sir emas. (“Adabiyot bozorga moslashadimi?” degan maqolamda bu haqda baholi qudrat yozgan edim.)
Yuqorida eslatilgan munozara garchi “Inson bor ekan, adabiyot o‘lmaydi, adabiyotning bosh muammosi – odam” degan umidbaxsh xulosa bilan yakunlangan bo‘lsa-da, hozirgi globalizm davrida adabiyotning taqdiri borasidagi xavotirlar hali barham topmagan. Atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov “Drujba narodov” jurnalida 2009 yili chop etilgan suhbatida bu haqda taassuf bilan shunday degan edi: “... Adabiyot hozir qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Nogoh u keraksiz narsadek bo‘lib qoldi: endi tashvish – qiziqishlar bo‘lakcha, ehtiroslar bo‘lakcha, sobiq kitobxonlarimizning xayoli boshqa narsalar bilan andarmon, yangi kitobxonlar esa chinakam mutolaaning ongu shuurlarga beradigan beqiyos nash’u namosidan hoynahoy bexabardirlar. Shu bois bundan keyin nima qilmoq kerakligini hammamiz birgalikda o‘ylashimiz kerak”.
Vasiliy Aksyonov va Chingiz Aytmatovning tashvishlari o‘rinli, albatta. Xususan, o‘tgan asrlarda Shekspir, Servantes, Hayne, Bayron, Balzak, Dyuma, Ch. Dikkens, U. Folkner, Jek London, Mark Tven, Stendal, Flober, Mopassan, Turgenev, Nekrasov, Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, A. Chexov kabi daho adib va shoirlarni yetishtirgan Yevropada hozir o‘shalarga teng keluvchi san’atkorni topish juda qiyin. Menimcha, G‘arbda bu orqaga ketishning asosiy sabablari – butun yer yuzida, global ravishda moddiy boylik, foyda ketidan quvib, ruhiy olam, ma’naviyatning pasayib ketishi, gumanizm va xalqchillik yetishmasligi, iste’dod sohiblarini, ijodkorlarni qadrlamaslikdir. (Balzak, Dyuma, J.Sand asarlari uchun olgan qalam haqlari bog‘lar, qasrlar qurish uchun yetar edi, Bayron esa poemalari uchun olgan qalam haqiga jahon bo‘ylab sayohat qilar, Italiya va Gretsiya milliy ozodlik kurashchilariga katta yordam berar edi.) Hozirgi G‘arb adiblaridan AQShda Rey Bredberi, Frantsiyada Le-Klezio o‘tgan mumtoz ijodkorlar martabasiga yeta olgan. Le-Klezio butun dunyodagi yetim bolalarining go‘zal ruhiy olamini Andersen va Dikkens kabi yuksak badiiyat bilan himoya qilgani uchun xalqaro Nobel mukofotiga munosib topildi.

Ammo umidni yo‘qotmaylik, badiiy adabiyot pasayishi, yuksalishi mumkin, lekin hech qachon o‘lmaydi. Dalilimiz shundaki, inson badaniga, jismiga ozuqa qanday muhim bo‘lsa, ruh uchun ozuqa yanada muhimroqdir. Inson ruhi oziqlanmasa, ekzistentsiyachi adiblar A.Kamyu, Jan Pol Sartr aytganiday, insonlar faqat tiriklik, jon saqlash, mavjudlik uchungina yashasa, hayvonlarga o‘xshab qoladilar.

Ancha yillar avval ham yuqoridagidek savol tug‘ilganida kibernetika sohasida atoqli olim, akademik Vosil Qobulov “Guliston” muxbiri bilan suhbatda bunday degan edi: “Nafosat, san’at, badiiy adabiyot odamzod ongining kamol topishida asosiy manbadir. Qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, olamni to‘la-to‘kis bilishni istagan har bir odam badiiy adabiyotni jon-dilidan sevishi kerak. Ilm-fan ahli ham nafosatga, badiiy adabiyotga qanchalik ixlos qo‘ysa, uning ma’naviy olami, iqtidori shunchalik yuksaladi”.Odamlarning adabiyotdan yiroqlashgani sababi zamona zayli bilan yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa murakkab muammolar bilan ham bog‘liq, albatta. Goho kitob chiqarish qiyinligi haqida nolishlar quloqqa chalinib qoladi. Ammo kitob do‘konlari, katta ko‘chalar chetidagi yo‘lkalarga yoyib qo‘yilgan turfa xil kitoblarni ko‘rib ko‘zlar qamashadi. Ayrim sermahsul mualliflarning birdaniga besh-olti nomdagi kitobi sotuvga qo‘yilgan. Ular qanday chop etilmoqda degan savolning javobi esa oddiy – bozor iqtisodiyoti “mahalliy klassiklar”ga katta imkoniyat yaratib berdi. Masalaning ma’naviy, tarbiyaviy tomoni ko‘proq tashvishlantiradi. Oldindan xaridorgir bo‘lishi mo‘ljallab yozilgan bunday sayoz, yuzaki kitoblarni o‘qiyotgan kitobxonning saviyasi nima bo‘ladi? Didi buzilgan kitobxon adabiyot degani shunaqa bo‘lar ekan-da, degan tushunchaga borib qolmaydimi? Kitobxonni qo‘ya turaylik, ilgari jiddiy asarlar yozib yurgan, endilikda bozorga moslashayotgan ayrim yozuvchilar adabiyot degani qiziq voqeani qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat degan jo‘ngina, yanglish xulosaga kelib qolishgani ham sir emas. Axir qachongacha biz andishali xalqmiz deya kamchiliklarimizni xaspo‘shlaymiz? Bundan kimga foyda-yu kimga ziyon? Siz bir zamonlar dadil, parodoksal fikrlaringiz bilan mashhur edingiz. Mustaqillikdan ilgari, marksizm-leninizmga til tekkizib bo‘lmaydigan zamonda estetika sohasida Marks-ni tanqid qilib chiquvdingiz. O‘sha voqea atrofida qanchalar shov-shuv bo‘lgan edi. Nega endi ayni haqiqatni bor ovoz bilan aytish mumkin bo‘lgan dorilomon kunlarda sukut saqlamoqdamiz? Men bu bilan bizda tanqid butunlay so‘nib qolgan demoqchi emasman. Nazarimda, tanqidchilikning hozirgi ahvolidan baribir qoniqish hosil qilish qiyin.
Badiiy, estetik didning pasayishi haqidagi fikringiz to‘g‘ri. Didsizlik kitobxonning ma’naviy qashshoqligidan kelib chiqadi. Menimcha, didsizlik paydo bo‘lishining bir qancha sabablari bor.

1. Oilada ota-onalar farzandlarini boqish, kiyintirish, boshqa maishiy muammolar bilan mashg‘ul bo‘lib, bolalarini boy milliy ma’naviy merosimiz – ajoyib ertaklar olami bilan, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlari bilan tanishtirmaydilar. Chunki ko‘pchilik ota-onalar bularni o‘zlari ham bilmaydilar. Buning o‘rniga ular nohaq yo‘l bilan bo‘lsa ham tezroq boylik topishni o‘rgatadilar.

2. Bolalarning cheksiz go‘zallik, nafosat, jo‘shqinlik manbai bo‘lgan tabiatdan uzoqlashuvi. Bolalar, o‘smirlarning qishloqdagi mehnatdan qochib, shaharga oqib kelishi. Bularning oldini olish uchun davlatimiz viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlarini kuchaytirishga ko‘p mablag‘lar sarfladi. Joylarda turli sohalarda kollejlar, litseylar qurildi. Ammo ustozlarning o‘zini tarbiyalash qiyin muammo. Yosh avlodni umuminsoniy orzu-ideallar bilan yashashga o‘rgatish kerak. Bu esa badiiy adabiyotning vazifasi.

Estetik didsizlikning yana bir sababi – adabiy tanqidchilarning jahon mumtoz adabiyoti durdonalarini va ularning o‘ziga xos talqinlarini bilmasligi. Arastu “Poetika”sini, Jomiy, Navoiy, Bobur, Lessing, Gyote, Xerder, Bayron, Xayne, Balzak, Stendal, Gogol, Pushkin, Belinskiy, olmon romantiklari aka-uka Avgust va Fridrix Shlegellar, Novalis, Lyudvig Tik, E.A. Xofman, Jan-Pol Rixter, ingliz, frantsuz romantiklari va realistlarining badiiy ijod haqidagi nazariy fikrlari va kuzatishlarini yaxshi bilmasligi sababli ayrim adabiy tanqidchilarimiz didsiz, sayoz gaplarini katta yangilikday taqdim qiladilar.



Aslida qiziq voqeani qiziq hikoya qilib berish ham san’atkorlikdir. Faqat gap shundaki, ijodkor o‘sha voqea zamirida qanday muhim hayotiy muammolar yotganini ochib ko‘rsatishi zarur. Biz jahon mumtoz adiblaridan, ayni zamonda o‘zimizning mashhur ijodkorlarimizdan mahorat sirlarini o‘rganishimiz kerak. Italyan adibi Dino Butsattining “Yetti qavat” hikoyasidan ijodiy foydalangan Xurshid Do‘stmuhammad “Jimjitxonaga yo‘l” degan ajoyib hikoya yozdi. Bunday tajribalar ham mahoratni o‘stiradi. Dino Butsattining “Uchayotgan qiz” hikoyasi inson qalbini larzaga soladi. U “Kolombo” va “Avliyoning qaytishi” hikoyalarida romantik, fantastik va realistik tasvirlarni uyg‘unlashtirib, favqulodda voqeaning teran falsafasini ochadi. “Jahon adabiyoti”da bosilgan bu hikoyalarni Rahimjon va Farrux Otauli mahorat bilan tarjima qilganlar. Bu jihatdan o‘zbek hikoyachiligi faol izlanishlar pallasida.
Adabiyotda voqea bo‘ladigan, jiddiy asarlar kam yozilayotgan vaqt-da bozorga moslashib, detektiv yozadiganlar ko‘payib ketdi. Bunday “asar”larning aksariyati shunchaki oldi-qochdi voqealarning siyqa bayonidan iborat bo‘lib qolmoqda. Detektiv asarlar jiddiy adabiyot namunasi bo‘lolmaydi degan yanglish tasavvurning shakllanishiga ham ana o‘sha “asar”lar sabab bo‘lmoqda. Holbuki, jahon adabiyotida Jyul Vern, Daniel Defo, Jonatan Svift, Artur Konan-Doyl, Edgar Po, Agata Kristi kabi mashhur yozuvchilarning detektiv asarlari adabiyotning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilgan. Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani ham aslida detektiv asar. Demak, gap janrda emas. Gap “nima”ni “qanday” yozishda ekan-da...
G‘arb adabiyotida detektiv, sarguzasht adabiyoti yaxshi rivojlangan. Aslida har qanday yaxshi asarda hayot voqeasi favqulodda qiziqarli bo‘lishi badiiylik qonunlaridan biridir. Charlz Dikkens “Oliver Tvist” romanida bir bolaning chaqaloqligidayoq baxtsiz bo‘lib tug‘ilishini, yosh ayol tug‘ayotib nohaqlik va ochlikdan o‘lganini tasvirlaydi. Bundan avvalroq, Viktor Gyugo “Kulayotgan odam” romanida dengiz qaroqchilari yetim chaqaloqlarni ataylab mayib-majruh qilib o‘stirib, ularni tilanchi qilib, boylik orttirganligini ko‘rsatgan. Adibning bunday voqealarni tanlashi faqat voqea sarguzasht, qiziqarli bo‘lgani uchungina emas (aslida bu ham syujet muvaffaqiyatini ta’minlaydi), balki jamiyat hayotidagi ana shunday ijtimoiy illatlarga qarshi o‘t ochish, davlat, hokimiyat e’tiborini, xalq e’tiborini shu illatlarga qaratish niyatidan kelib chiqadi.
Jahon mumtoz adiblaridan Valter Shottning “Ayvengo” (“Ivangoe”), “Kventin Dorvard”, “Rob Roy”, “Tumor” (Salohiddinning salibchilarga qarshi kurashi haqida) romanlari, Jurji Zaydonning “Farg‘ona kelini”, Jorj Sandning “Konsuelo”, “Indiana”, Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan”, “Sirli orol”, “Oyga sayohat”, G.Uellsning “Ko‘rinmas odam”, “Vaqt mashinasi”, A.Dyumaning “Uch mushketyor”, “Graf Monte-Kristo”, R.L.Stivensonning “Xazinalar oroli”, Mark Tvenning “Shahzoda va gado”, “Tom Soyerning sarguzashtlari” sarguzasht adabiyotining yaxshi namunalaridir.

O‘zbek badiiy adabiyotida detektiv-sarguzasht janrida keyingi vaqtlarda ko‘p asarlar yozilishi ham davr ruhini, hayot haqiqatini ifodalaydi. Globallashuv tufayli g‘arbga xos juda ko‘p jinoyatchilik turlari – korruptsiya, poraxo‘rlik va mafiyabozliklarni fosh etishda badiiy adabiyot ham jamoatchilik fikrini qo‘zg‘atib, qonun va huquq organlariga amaliy yordam bermoqdalar. Keyingi yillarda detektiv, sarguzasht janrida Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tohir Malik, Hojiakbar Shayxov, Alisher Ibodinov, Isfandiyor, Shoyim Bo‘tayev, Tilavoldi Jo‘rayev, Luqmon Bo‘rixon va boshqalar faol ijod qildilar.


Bu adiblar yozgan asarlarining badiiy saviyasi turlicha bo‘lib, hali munaqqidlarimiz ularni tadqiq etishga kirishgani yo‘q. Yaxshi asarlar keyin o‘zi saralanib qoladi. Bu asarlarning ko‘p nashr etilgani ijobiy hodisa. Qobil Mirzo “Tug‘ilmagan odam qissasi” romanida umuminsoniy qadriyatlarni yovuzlarning tajovuzidan asrashga chaqiradi. Asarda jamiyatimizning ma’naviy musaffoligiga xalaqit berayotgan mafiya, yangi “xonlar” va “sultonlar” fosh etilgan. Qahramon Ahmad “Xavfli sohil”, Odil Abdurahmon “O‘lib tirilganlar” romanlarida hayot muammolarini murakkabligi bilan, haqqoniy va hayajonli vaziyatlarda ko‘rsata oldilar. Ammo bular hali ilk izlanishlardir.

Sh. O: Keyingi vaqtlarda adabiy asar badiiyati haqida mavhum, noaniq, parokanda fikrlar ham bildirilmoqda. Nazarimda, tanqidchilar asar syujeti poetikasini yaxshi ochishga e’tibor bermayaptilar.


Adabiyotning badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari deganda, Arastu “Poetika”sida bayon qilingan fabula (Homer, Aristofan, Sofokl, Evripid zamonlarida asosan mifologik fabuladan foydalanar edilar) va shu fabulaga bog‘liq holda syujet rivoji davomida – qahramonlarning xarakterlari ochuvchi voqealar tuguni, xarakterlararo simpatiya va antipatiyalarni, konflikt rivoji, ziddiyatlarning avj nuqtalari – kulminatsiya va shu kurashning yechimi, oqibati – epilog haqida so‘z borar edi. Tanqidchilar sho‘ro mafkurasidan bezganlari uchun g‘oyaviylik haqida gapirmay qo‘ydilar.
Badiiy asarning g‘oyasi o‘ta ijtimoiy, falsafiy va o‘ta shaxsiy ham bo‘lishi mumkin edi. Esxilning “Zanjirband Prometey” tragediyasidagi g‘oya o‘ta ijtimoiy-siyosiy: xalq manfaatini himoya qilish uchun qahramonning oliy hokimiyat – ilohlar hukmiga qarshi borishidir. “Medeya” (Evripid) tragediyasining g‘oyasi o‘ta shaxsiy, oilaviy sevgisi oyoqosti qilingan ayol bevafo eri Yasondan qasos olish maqsadida ikki farzandini o‘z qo‘li bilan o‘ldiradi. Keyinroq aniqlanishicha, Medeya bunday ish qilmagan, buni Evripid to‘qigan ekan. Har qanday badiiy asar syujeti orqali adib ijtimoiy va poetik g‘oyani ochishda xarakterlardan foydalanadi, xarakterlar to‘qnashuvi orqali asar g‘oyasini ochadi. “Arafa” ( Turgenev) romanida nomning o‘ziyoq asar g‘oyasini, buyuk o‘zgarishlar arafasini va qanday inson shu zamonda (Turgenev zamonida) qahramon bo‘lishi mumkinligini eslatadi. Arafa romanida estetik ideal bo‘lmish aqlli va go‘zal, aslzoda qiz Yelena ko‘p yigitlar orasidan xorijlik inqilobchi, Bolgariya fuqarosi Insarovni tanlaydi.
Juda qiziqarli savol. Keyingi vaqtlarda adabiy tanqidchilikda badiiy ijod qonuniyatlarini yaxshi bilmaslik, yo bilganda ham, esdan chiqarish oqibatida badiiy asarlarni baholashda turli chalkashliklar yuz bermoqda. To‘g‘ri, Umarali Normatov, Naim Karimov, Ibrohim G‘afurov, Abdug‘afur Rasulov, Hamidulla Boltaboyev, Ulug‘bek Hamdamov, Suvon Meli, Ortiqboy Abdullayev, Dilmurod Quronov maqolalarida yangi asarlarni yuqori saviyada estetik baholash yaqqol seziladi va keng kitobxonlar ommasi bu olimlarning fikrlariga ishonch bilan qaraydilar.

N.V. Gogol, A.S. Pushkin, Tyutchev, Fet, N. Nekrasov, I.S. Turgenev, M. F. Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, M. Ye. Saltikov – Shchedrin ijod qilgan va rus adabiyotining oltin asri deb jahon e’tirof etgan davrda adabiy tanqid dahosi V. G. Belinskiy adabiy jarayonga ne chog‘li buyuk ta’sir ko‘rsatganligini eslaylik. Tanqidchi Mixail Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” romani haqida, Maksim Maksimich xarakteri haqida gapirar ekan, avvalo Rossiyaning Kavkazdagi urushi, ya’ni, tog‘liklarning itoatsizligi, bosqinchilarni yomon ko‘rishi, Kazbich kabi mahalliy yigitlarning rus ofitserlarini doimo aldashi kabi hayotiy vaziyatlar Maksim Maksimich xarakteriga kuchli ta’sir ko‘rsatganligini aytadi. Bu yerda Lermontov tarix haqiqatiga sodiq qoladi, uni badiiy talqin qiladi.


San’atda badiiylik mezonlari hikoya, qissa, roman, ballada, poema, lirik she’riyat, rassomlik, me’morchilik, musiqa, haykaltaroshlik asarlari uchun turlicha ekanligi tabiiy hol. Ammo, bu san’atlarning barchasi uchun umumiy, zaruriy, yurak va qon tomiriga o‘xshash muhim qonuniyatlar borki, bular avvalo adabiyot nazariyasi, keng ma’noda estetika fanida maxsus o‘rganiladi. Shu mezonlarning asosiylari: she’r uchun his-tuyg‘ular go‘zalligi, nafisligi, nozik kechinmalar, hikoya uchun – yaxlit bir voqeada inson xarakteri va muhim bir g‘oyani tasvirlash, qissada shu narsalarning kengroq ifodalanishi, romanda davr va jamiyat hayotida yuz berayotgan global jarayonlarni bir yoki bir necha odamlarning taqdiri, xarakterlari orqali ochish, tragediyada zamon oqimiga qarshi yakka o‘zi qarshi tura olgan shaxsning va atrofdagilarining kuchli xarakterlarini ko‘rsatish, komediyada jamiyatdagi illatlarni kulgi, hajv vositasida fosh qilish, rassomlik va haykaltaroshlikda – muhim ijtimoiy va estetik ahamiyatli manzara, holatlarni birgina nozik lahzada aks ettirish muhim hisoblanadi. Bu san’atlardan eng ta’sirchani, eng ko‘p (hatto cheksiz) imkoniyatlarga ega bo‘lgani she’riyat, musiqa va badiiy prozadir. Servantes “Don – Kixot” romanida bahodirlik, ritsarlik davrlari o‘tib ketganligini, endi miskin, bechoralarni zolimlardan himoya qiluvchi bahodir ritsar kulgili holatga tushib qolganini tasvirlar ekan, uning asosiy poetik g‘oyasi – Don Kixot kabi sofdil va sodda odamlar ustidan kulish emas, aksincha, yangi davrda ko‘pchilik ayyor, munofiq, ta’magir, ochko‘z, yulg‘ich bo‘lib, aslzoda xonimlar idealligini yo‘qotib, oddiy masxarabozlarga aylanib qolganidan qayg‘urish edi, deb o‘ylayman. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Sarob” romanlariga yuksak baho bergan Oybek, Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Ahmad Aliyev, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Hamdam va boshqalar o‘z talqinlarida badiiylikning o‘lmas mezonlaridan kelib chiqqanlar. Sho‘rolar siyosatiga qul bo‘lgan Sotti Husayn esa bu romanlarni proletar diktaturasining poetikaga zid mezonlari bilan tanqid qilgan edi. Badiiy asarni baholashda bunday qarash asoratlari hozir ham uchrab turadi. Bu haqda Dilmurod Quronov “Adabiy jarayonda Mom sindromi” asarida yaxshi yozgan. Ba’zi tanqidchilar esa tahlil o‘rniga ijodkorga aql o‘rgatadilar.
Tabiiyki, mustaqillik yillarida yozuvchilar istiqlol bergan erkinlikdan yaxshi foydalanmoqdalar. Ammo bozor iqtisodiyoti tamo-yillari ma’naviy hayotni ham shiddat bilan o‘z domiga torta boshladi. Shunday sharoitda ayrim ijodkorlar hatto umidsizlikka ham tushib qolishdi. “Adabiyot o‘ladimi?” degan mavzuda jiddiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqiradi degandek, bu davrda jahon adabiyoti ham o‘ziga xos bir sinov davrini boshidan kechirmoqda edi. Amerikada yashab ijod qilayotgan mashhur rus adibi Vasiliy Aksyonov shunday degan edi: “Amerikada mavjud bozor iqtisodiyoti nafis adabiyotning ildiziga bolta urayapti. Uning o‘rnini “ko‘cha adabiyoti ” – fahsh, nayrangbozlik, oldi-qochdi “adabiyoti” egallab olyapti...” Darvoqe, o‘zimizda ham Aksyonov tilga olgan “adabiyot namunalari” urchib ketgani sir emas. (“Adabiyot bozorga moslashadimi?” degan maqolamda bu haqda baholi qudrat yozgan edim.)
Yuqorida eslatilgan munozara garchi “Inson bor ekan, adabiyot o‘lmaydi, adabiyotning bosh muammosi – odam” degan umidbaxsh xulosa bilan yakunlangan bo‘lsa-da, hozirgi globalizm davrida adabiyotning taqdiri borasidagi xavotirlar hali barham topmagan. Atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov “Drujba narodov” jurnalida 2009 yili chop etilgan suhbatida bu haqda taassuf bilan shunday degan edi: “... Adabiyot hozir qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Nogoh u keraksiz narsadek bo‘lib qoldi: endi tashvish – qiziqishlar bo‘lakcha, ehtiroslar bo‘lakcha, sobiq kitobxonlarimizning xayoli boshqa narsalar bilan andarmon, yangi kitobxonlar esa chinakam mutolaaning ongu shuurlarga beradigan beqiyos nash’u namosidan hoynahoy bexabardirlar. Shu bois bundan keyin nima qilmoq kerakligini hammamiz birgalikda o‘ylashimiz kerak”.
Vasiliy Aksyonov va Chingiz Aytmatovning tashvishlari o‘rinli, albatta. Xususan, o‘tgan asrlarda Shekspir, Servantes, Hayne, Bayron, Balzak, Dyuma, Ch. Dikkens, U. Folkner, Jek London, Mark Tven, Stendal, Flober, Mopassan, Turgenev, Nekrasov, Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, A. Chexov kabi daho adib va shoirlarni yetishtirgan Yevropada hozir o‘shalarga teng keluvchi san’atkorni topish juda qiyin. Menimcha, G‘arbda bu orqaga ketishning asosiy sabablari – butun yer yuzida, global ravishda moddiy boylik, foyda ketidan quvib, ruhiy olam, ma’naviyatning pasayib ketishi, gumanizm va xalqchillik yetishmasligi, iste’dod sohiblarini, ijodkorlarni qadrlamaslikdir. (Balzak, Dyuma, J.Sand asarlari uchun olgan qalam haqlari bog‘lar, qasrlar qurish uchun yetar edi, Bayron esa poemalari uchun olgan qalam haqiga jahon bo‘ylab sayohat qilar, Italiya va Gretsiya milliy ozodlik kurashchilariga katta yordam berar edi.) Hozirgi G‘arb adiblaridan AQShda Rey Bredberi, Frantsiyada Le-Klezio o‘tgan mumtoz ijodkorlar martabasiga yeta olgan. Le-Klezio butun dunyodagi yetim bolalarining go‘zal ruhiy olamini Andersen va Dikkens kabi yuksak badiiyat bilan himoya qilgani uchun xalqaro Nobel mukofotiga munosib topildi.

Ammo umidni yo‘qotmaylik, badiiy adabiyot pasayishi, yuksalishi mumkin, lekin hech qachon o‘lmaydi. Dalilimiz shundaki, inson badaniga, jismiga ozuqa qanday muhim bo‘lsa, ruh uchun ozuqa yanada muhimroqdir. Inson ruhi oziqlanmasa, ekzistentsiyachi adiblar A.Kamyu, Jan Pol Sartr aytganiday, insonlar faqat tiriklik, jon saqlash, mavjudlik uchungina yashasa, hayvonlarga o‘xshab qoladilar.



Ancha yillar avval ham yuqoridagidek savol tug‘ilganida kibernetika sohasida atoqli olim, akademik Vosil Qobulov “Guliston” muxbiri bilan suhbatda bunday degan edi: “Nafosat, san’at, badiiy adabiyot odamzod ongining kamol topishida asosiy manbadir. Qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, olamni to‘la-to‘kis bilishni istagan har bir odam badiiy adabiyotni jon-dilidan sevishi kerak. Ilm-fan ahli ham nafosatga, badiiy adabiyotga qanchalik ixlos qo‘ysa, uning ma’naviy olami, iqtidori shunchalik yuksaladi”.Odamlarning adabiyotdan yiroqlashgani sababi zamona zayli bilan yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa murakkab muammolar bilan ham bog‘liq, albatta. Goho kitob chiqarish qiyinligi haqida nolishlar quloqqa chalinib qoladi. Ammo kitob do‘konlari, katta ko‘chalar chetidagi yo‘lkalarga yoyib qo‘yilgan turfa xil kitoblarni ko‘rib ko‘zlar qamashadi. Ayrim sermahsul mualliflarning birdaniga besh-olti nomdagi kitobi sotuvga qo‘yilgan. Ular qanday chop etilmoqda degan savolning javobi esa oddiy – bozor iqtisodiyoti “mahalliy klassiklar”ga katta imkoniyat yaratib berdi. Masalaning ma’naviy, tarbiyaviy tomoni ko‘proq tashvishlantiradi. Oldindan xaridorgir bo‘lishi mo‘ljallab yozilgan bunday sayoz, yuzaki kitoblarni o‘qiyotgan kitobxonning saviyasi nima bo‘ladi? Didi buzilgan kitobxon adabiyot degani shunaqa bo‘lar ekan-da, degan tushunchaga borib qolmaydimi? Kitobxonni qo‘ya turaylik, ilgari jiddiy asarlar yozib yurgan, endilikda bozorga moslashayotgan ayrim yozuvchilar adabiyot degani qiziq voqeani qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat degan jo‘ngina, yanglish xulosaga kelib qolishgani ham sir emas. Axir qachongacha biz andishali xalqmiz deya kamchiliklarimizni xaspo‘shlaymiz? Bundan kimga foyda-yu kimga ziyon? Siz bir zamonlar dadil, parodoksal fikrlaringiz bilan mashhur edingiz. Mustaqillikdan ilgari, marksizm-leninizmga til tekkizib bo‘lmaydigan zamonda estetika sohasida Marks-ni tanqid qilib chiquvdingiz. O‘sha voqea atrofida qanchalar shov-shuv bo‘lgan edi. Nega endi ayni haqiqatni bor ovoz bilan aytish mumkin bo‘lgan dorilomon kunlarda sukut saqlamoqdamiz? Men bu bilan bizda tanqid butunlay so‘nib qolgan demoqchi emasman. Nazarimda, tanqidchilikning hozirgi ahvolidan baribir qoniqish hosil qilish qiyin.
Yüklə 26,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin