O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/5
tarix27.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#135435
  1   2   3   4   5
Kurs ishi 2023



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Tarix yo’nalishi IV kurs TRX-CU-19-guruh talabasi
Abdurazzaqov Shaxzodxo’janing
Manbashunoslik va Tarixshunoslik fanidan
Ibratning “Farg’ona Tarixi” asari mavzusidagi


KURS ISHI
Topshirdi: _________________________________
Qabul qildi: _________________________________


Namangan2023


Is’hoqxon To’ra Ibratning “Tarixi Farg’ona” asari
Reja:



  1. Ibratning madaniyat va ma’rifat bobidagi faoliyati.

  2. Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasviri.

  3. Tarixiy shaxslar va hukmdorlar obrazi – qiyofalari talqinida badiiylik unsurlari.

  4. “Tarixi Farg’ona” asarining badiiy xususiyatlari.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



KIRISH
XX asr o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida buyuk o’zgarishlar, istiqlol, milliy mustaqillik uchun kurash asri bo’lib kirib kelgani barchamizga ayon. Shu davrda xalq hayoti va uning kelajagi uchun qayg’uradigan istiqlol fidoyilari avlodi yetishib chiqqan edi. Bu haqiqatlar esa avlodlardan yashirilib, yolg’on va bo’htonlar bilan qorishtirildi. Rus mustamlakasi davrida xalqimizning ma’naviyati, uning o’tmishida sodir bo’lgan voqealarni bayon etgan ajoyib farzandlari faoliyati hamisha noto’g’ri talqin etib kelindi. Mustaqillikka erishilgach, bu yolg’onlarning bariga chek qo’yildi.Vatan, millat, xalq taqdiri uchun o’z jonini qurbon etgan yurtning chinakam farzandlari nomini tiklash, ularning faoliyatini o’rganish, yozgan asarlarini tadqiq etish dolzarb muammoga aylandi. Bu borada, ayniqsa, tarixchi va adabiyotshunos olimlar zimmasiga qator masalalarni hal etish vazifasi yuklatildi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Madomiki, o’z tarixini bilgan,undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”
XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy hayotda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lgan shaxslardan biri Ishoqxon to’ra Ibrat edi. Uning hayoti va faoliyatini o’rganar ekanmiz, Ibrat hayoti haqiqiy Ibrat maktabi bo’lganiga amin bo’lamiz. Uning serqirra ijodi, ayniqsa, “Tarixi Farg’ona” asarini g’oyaviy-badiiy jihatdan o’rganish ilmdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ibrat va uning “Tarixi Farg’ona” asarini tahlil etish bizga birinchidan, o’z tariximiz, millat hayoti, ayniqsa Farg’ona viloyati, uning tarixi, kelib chiqishi va XX asr boshlaridagi siyosiy-ijtimoiy hayotiga oid qiziqarli, hali biz uchun noma’lum voqealarni bilib olish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, Ishoqxon Ibratning ijodkorlik salohiyati, uning badiiy so’zga munosabati masalasini oydinlashtirishga xizmat qiladi..

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin