Tarixiy shaxslar va hukmdorlar obrazi – qiyofalari talqinida badiiylik unsurlari Har bir davlatni boshqarishda mas’ul shaxsning bo’lishi tabiiy hol. Shu shaxsning aql – idroki, o’ziga xos qarashlari tufayli uning xalqi, davlati yuqori cho’qqilarga ko’tariladi. U xoh bir yil, xoh o’n yillab hukmdorlik qilsin, baribir u qilgan ishlarning ahamiyatli jihatlarini yosh avlod eslaydi. Ibrat ham tarixiy shaxslar – hukmdorlar obrazini berishda muhim bo’lgan nuqtalarga to’xtaladi. Ishoqxon Ibrat Farg’ona tarixida Qubod, No’shiravon, Afrosiyob, Iskandar, Qutayba ibn Muslim kabi shohlarning yurishlari, ularning qilgan ishlarining diqqatga sazovor jihatlarini yoritib beraishga harakat qilgan.
Ibrat asosiy e’tiborni Qo’qon xonligining vujudga kelgan davri va keyingi hukmdorlarga e’tiborni qaratadi. Bunga qaratishdan asosiy maqsadi esa Turkistondagi parokandalikning oxir – oqibatdagi salbiy tomonlar ini ochib berish edi.
Ishoqxon Ibrat chin qalbdan o`z xalqini ilmli va ma`rifatli qilish yo`lida bor kuchini, bilimini, g’ayratini sarflagan buyuk mutafakkirdir. Ibratning tarixshunoslikka oid "Tarixi Farg’ona", "Tarixi madaniyat", "Me`zon ul-zamon" asarlari bizgacha etib kelgan va xalq qalbidan keng o`rin olgan.
Ma`rifatparvar ijodkor tarixchi olim sifatida o`z asarlarini yaratishda Sharq, Evropa va rus Sharqshunos olimlarining yuzdan ortiq ilmiy va tarixiy asarlarini o`rganib chiqqan. Ayrim muallif asarlariga nisbatan tanqidiy munosabatda ham bo`ladi. Hatto, ba`zi asarlarda xonlarning qonli-urushlarini maqtagan, mubolag’a qilib yozilgan asarlarni, xon va beklarga atab yozilgan dostonlarni tanqid qilib, shunday fikr bildiradi: "Tarixni islom muarrixlari aksariyat ila hamma tarixlari umaroi bo`lub, jug’rofiy, madaniy yoki sanoiy bo`lmay, faqat u xonlarning urushlari birla ado qiladurlar" (22,275). Adib o`z so`zlariga amal qilib, "aqlning kosasiga sig’maydurgan so`zlarni olmay, ba`zi xurofiy so`zlarni yozmay, to`g’ri va aql kosasiga sig’adurgon so`zlarni" ishlatib "Tarixi Farg’ona" asarini o`quvchilarga taqdim etadi.
Asarning kirish qismida Ibrat: "Tarixi Farg’ona"ni yozmoqdin maqsad izhori hunar yoki musannif qatoriga kirmak yoki ta`mini tiriklik yo`lidan bo`lmay, balki bani basharni tiriklik qilish, sanoat va ziroatlari, madaniyat va badaviyatlarini xalqlarga ko`rsatmak, bizdan keyin keladurganlar o`tganlarni turmush vа qilmush va bilmush ishlaridan ibrat olsun. O`z zamoni bilan o`tgan zamonni torozu qilib, vaznini bilsun va ham ilmi tarix bir ilmi ta`rifdur",- degan fikrlarni aytib o`tadi. Adibning tarixiy asarlarga to`g’ri munosabatda bo`lishi, oddiy, mehnatkash xalq vakillarining hayotini haqqoniy tasvirlashga asos bo`ladi. Buni "Tarixi Farg’ona" asarida keltirilgan misollar asosida ham izohlab o`tish mumkin.
Asarda Ibrat XIX asrning birinchi yarmida Umarxon vafotidan keyin uning o`g’li 15 yoshda taxtga o`tirgan Muhammad Alixon hukmronligi haqida ma`lumot berib o`tadi.Xalq Muhammad Alixonga Ma`dalxon, ya`ni "manbai adlu adolat" deb murojaat etgan.U Qoshg’arga borib Xitoy bilan urush qilmoqchi bo`ladi va Gulbog’ mavzesida Xitoy hukmdori bilan kelishuv ishlarini amalga oshirib g’ozilik laqabiga musharraf bo`ladi. Shu o`rinda Amir Temur bilan qiyoslab shunday deydi: "Amir Temur bovujudi shuncha muqotala va muhorabalar ilan g’oziylik unvonig’a noil o`lmay, xutbalarda, tug’rolarda sohibqiron deb vasf qilurlar, ammo, g’oziy emas". Demak, g’oziylik unvoni ham hammaga nasib etmas ekan. Muhammad Alixon umrining qolganini aysh-ishrat va o`yin-kulgu bilan o`tkazadi. Snu o`rinda muallif 1842 yilgi mudhish voqeani bayon qilib o`tadi.
1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo`qonga bostirib kiradi.Shaharni talaydi, vayron qiladi, xalqlarni o`ldiradi. Bu bilan kifoyalanmagan amir Nasrullo buyuk shoira, mutafakkir, davlat arbobi Nodirabegim taqdiriga yakun yasaganini o`sha mash`um voqea shohidlari fikr-mulohazalari asosida bayon qilib o`tadi. Nasrulloning Qo`qonda uyushtirgan qirg’iniga alohida to`xtalib, voqealarning batafsil bayoniga o`tadi.
"Muhammad Alixonni Muhammad Amin degan murohiq (balog’atga etmagan) o`g’li va zavjasi (xotini) va oyimini va yaqin joriya - hammasini suydurub, avvalda Muhammad Alixonni suydurub, andin so`ng Muhammad Amin degan o`g’lini so`yganda, murohiq xonzodaga anosi betoqat bo`lub, munga qarab, anosiga vidolashib, ohu fig’onda turganda", degan so`zlarni o`qiyotganimizda insoniy munosabatlarning poymol bo`lganining guvohi bo`lamiz.Taxt, boylik insonni vahshiy hayvonga aylantirishiga mana shу voqea guvohdir.
Xalqning qalbidan o`rin olib, sevimli shoirasiga aylangan Nodirabegim o`g’li, norasida nevarasi, uning onasining holatini ko`rib:" Эy zolim, sanga osiy bo`lgan atosi, bu murohiqi begunoh nima gunoh qildi?! Эy berahm zolim, qizil qonga bo`yading, Xudoning oldida sening ila murofaa qilaman, sen ham nuri chashmingdan ajrab, xonavayron bo`lub, qizil qoningga bo`yal, xonadoningdan ajrab, xarob bo`l!" ,- deb faryod qiladi. Bu so`zlar zamirida mushtipar ona emas, balki mag’rur ona, qo`rqmas, himoyachi, botir ayol qiyofasi namoyondir. Adib shu o`rinda faqat voqealar bayoni bilan cheklanib qolmaydi. Balki bu voqea juda ko`p shoir va tarixchilarni larzaga solgani va ular bu voqeaga ta`rix, marsiya, muxammaslar bitganlarini aytib o`tib, bir turkiy tilda yozilgan muxammasdan parcha va shoir Fitratning fors tilida yozgan ta`rixini misol qilib keltiradi.
Muhammad Alixon 21 yil hukmronlik qilgan va mana shunday fojeona qatl qilingan. Ibrat Muhammad Alixonning o`ldirilish sabablarini ham izohlab o`tadi. Ayniqsa keyingi yillarda "fuqarolardan beparvo bo`lub, musohiblari ulamo va fuzalolardan bo`lmay, pandu nasihat eshitmay, eshitsa ham quloqqa olmay, xusus,keyingi asrida lahvu la`ab ilan bo`lub, ulamoyu fuzalo va an`yonlardan pandu nasihat qilsalar ba`zilarini o`ldurub va ba`zilarini Farg’onadan chiqarib, Buxoroga badarg’a qilib, nasihat olmay qolgan ekan". Tarixdagi voqealar bizni doim hushyor va insoniy qiyofamizni yo`qotmaslikka undaydi.
Har bir davlatni boshqarishda mas’ul shaxsning bo’lishi tabiiy hol. Shu shaxsning aql – idroki, o’ziga xos qarashlari tufayli uning xalqi, davlati yuqori cho’qqilarga ko’tariladi. U xox bir yil, xox o’n yillab hukmdorlik qilsin, baribir u qilgan ishlarning ahamiyatli jihatlarini yosh avlod eslaydi. Ibrat ham tarixiy shaxslar – hukmdorlar obrazini berishda muhim bo’lgan nuqtalarga to’xtaladi. Farg’ona tarixida Qubod, No’shiravon, Afrosiyob, Iskandar, Qutayba ibn Muslim, Olimxon ibn Norbo’taxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Sheralixon, Murodxon ibn Olimxon, Xudoyor ibn Sheralixon, Xudoyorxon, Shohmurodxon, Sulton Sayyid ibn Mallaxon kabi shohlarning yurishlari, ularning qilgan ishlarining diqqatga sazovor jihatlarini yoritib beradi.
Ibrat asosiy e’tiborni Qo’qon xonligining vujudga kelgan davri va keyingi hukmdorlarga qaratadi. Bunga urg’u berishdan asosiy maqsadi esa Turkistondagi parokandalikning oxir – oqibatdagi salbiy tomonlarini ochib berish edi.
Qo’qon xonlari ichida eng ko’p hukmdorlik qilgan shoh Norbo’taxon hisoblanadi. U 36 yil taxtga o’tiradi. Ibrat uning Norbo’ta vallomiy deb nom olganini izohlab beradi. Vallomiy “valiyi ummiy”dan bo’lib, “sohibhimmat” ma’nosini bildiradi. Norbo’ta vallomiyning Olimxon, Umarxon va Rustambek o’g’illari bo’ladi.
Norbo’ta vallomiyning o’g’li Olimxonning tasvirini berganda, o’z ismiga nomuvofiq tarzda zolimxon laqabi bilan mashhurligini aytib, shu tazod orqali uning portretini yaqqol ochib beradi. Olimxon taxtga o’tirgandan so’ng, toju taxt qutqusi tufayli o’z amakisi Hojibekni qatl qildiradi. Ukasi Rustambek va bir qancha sarkardalarni o’ldiradi, xalqqa jabr – zulm o’tkazadi. Oxir – oqibat bu zulmlar o’z boshiga ham etadi.
Biz Norbo’ta vallomiyning o’g’illaridan Umarxon haqida ham fikr bildirishga harakat qilamiz. Umarxonning hukmdorlik yillariga chizgilar berishdan oldin “Asri Umarxon jannatmakon ibn Norbo’taxon” sarlavhasi diqqatimizni o’ziga tortdi. Nima uchun aynan “jannatmakon” deb ta’riflanyapti? Boshqa hukmdorlarda bunday ibora yo’q edi-ku?” – degan savollar bizni tezroq buning sababini bilib olishga undadi.
Bizga ma’lumki, sarlavha asarning yarim yutug’idir. Buni yaxshi anglagan Ibrat bundan o’rinli foydalangan. Umarxon boshqa shohlardan farqli ravishda asosiy e’tiborni ilm – fan, ulamo va fuzalolarga, madrasalar qurishga qaratadi. Qo’qonda Jome’ masjidini qurdiradi.Jannatmakon nomining olishi aynan shu madrasa qurilishi bilan bog’liq hisoblanadi. Jome’ masjidi asosiga ya’ni poydevoriga tosh qo’yish uchun Qo’qonning ulamo, fuzalo va umarolari jam bo’lishadi. Umarxon ularga qarab shunday deb murojaat qiladi: “...balog’atdan buyon tarki muctahab sodir bolmagan kishi bormu, tosh qo’yadur”. Shu o’rinda mustahab so’zining ma’nosiga e’tibor bersak. Asar oxiridagi lug’atda keltirilishicha, mustahab – shariatda amal qilinadigan qoida, masalan, hojat ushatgandan so’ng suv bilan poklanish va boshqalar. Umarxonning so’zidan shu narsa ma’lum bo’ladiki, balog’at yoshiga etgandan buyon tahoratsiz yurmagan kishini so’ragan edi.To’g’ri, faqatgina namoz vaqtida buni amalga oshirish farz hisoblanadi. Hadislarda keltirilishicha, doimo tahorat olib yurgan kishidan shayton ham qochar ekan.
Umarxon biror kishidan ham javob chiqmaganini ko’rib, o’zi: “Alhamdulilloh, man tarki mustahab qilganim yo’q ekan!”, - deb asosga toshni o’zi qo’yadi. Shu voqeadan so’ng uning nomiga “jannatmakon” laqabi qo’shib aytiladi. U 12 yil hukmdorlik qiladi. Ibrat so’zi bilan aytsak: “ Ul asrda shoirlik rivojda bo’lub, shuarolar ko’paygan ekanlar. Bulardan Xotif, Mashrab, Adoiy, Namang’adan Mavlono Fazliy va shoiralardan ham necha adad fozila xotunlardan bor ekanlar , bularni ash’orlari “Majmuat ush-shuaro”larida masturdur”.
Asarda Ibrat XIX asrning birinchi yarmida Umarxon vafotidan keyin uningo`g’li 15 yoshda taxtga o`tirgan Muhammad Alixon hukmronligi haqida ma`lumot berib o`tadi. Xalq Muhammad Alixonga Ma`dalxon, ya`ni "manbai adlu adolat" deb murojaat etgan.U Qoshg’arga borib Xitoy bilan urush qilmoqchi bo`ladi va Gulbog’ mavzesida Xitoy hukmdori bilan kelishuv ishlarini amalga oshirib g’oziylik laqabiga musharraf bo`ladi. Shu o`rinda Amir Temur bilan qiyoslab shunday deydi: "Amir Temur bovujudi shuncha muqotala va muhorabalar ilan g’oziylik unvonig’a noil o`lmay, xutbalarda, tug’rolarda sohibqiron deb vasf qilurlar, ammo, g’oziy emas".
Demak, g’oziylik unvoni ham hammaga nasib etmas ekan. Muhammad Alixon umrining qolganini aysh-ishrat va o`yin-kulgu bilan o`tkazadi. Snu o`rinda muallif 1842 yilgi mudhish voqeani bayon qilib o`tadi.
1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo`qonga bostirib kiradi.Shaharni talaydi, vayron qiladi, xalqlarni o`ldiradi. Bu bilan kifoyalanmagan amir Nasrullo buyuk shoira, mutafakkir, davlat arbobi Nodirabegim taqdiriga yakun yasaganini o`sha mash`um voqea shohidlari fikr-mulohazalari asosida bayon qilib o`tadi. Nasrulloning Qo`qonda uyushtirgan qirg’iniga alohida to`xtalib, voqealarning batafsil bayoniga o`tadi.
"Muhammad Alixonni Muhammad Amin degan murohiq (balog’atga etmagan) o`g’li va zavjasi (xotini) va oyimini va yaqin joriya - hammasini suydurub, avvalda Muhammad Alixonni suydurub, andin so`ng Muhammad Amin degan o`g’lini so`yganda, murohiq xonzodaga anosi betoqat bo`lub, munga qarab, anosiga vidolashib, ohu fig’onda turganda", degan so`zlarni o`qiyotganimizda insoniy munosabatlarning poymol bo`lganining guvohi bo`lamiz.Taxt, boylik insonni vahshiy hayvonga aylantirishiga mana shу voqea guvohdir.
Xalqning qalbidan o`rin olib, sevimli shoirasiga aylangan Nodirabegim o`g’li, norasida nevarasi, uning onasining holatini ko`rib:" Ey zolim, sanga osiy bo`lgan atosi, bu murohiqi begunoh nima gunoh qildi?! Ey berahm zolim, qizil qonga bo`yading, Xudoning oldida sening ila murofaa qilaman, sen ham nuri chashmingdan ajrab, xonavayron bo`lub, qizil qoningga bo`yal, xonadoningdan ajrab, xarob bo`l!" - deb faryod qiladi. Bu so`zlar zamirida mushtipar ona emas, balki mag’rur ona, qo`rqmas, himoyachi, botir ayol qiyofasi namoyondir.
Tarix zarvaraqlariga oq ham, qora ham yozilaveradi. Har bir voqea – hodisa tarixga aylandimi, endi uni tuzatib ham, o’chirib ham bo’lmaydi. Amirning “Botir qassob” nomini olganiga 174 yil to’lgan bo’lsa-da, o’sha dog’ hozirgacha o’sha dog’ligicha qolib kelmoqda va bundan keyin ham qoladi. Amirning “Muhammad Alixon o’z “onasini” oldi”, degan sabab bilan butun Qo’qonni ostin-ustun qilishi bu birgina niqob edi. Bu niqob ostida katta manfaat va maqsadlar yotganini Ibrat ochiq – oydin, sodda til bilan izohlaydi: “Muhammad Alixon anosini oldi degan so’z afvohi nos joriy bo’lsaham bul so’z rost bo’lmay, buxoriylar qatllarini aybini satri uchun qilgan qabihalarini tavjihiga chiqorilmish so’zlari ekan. Aslida muddao bo’lak”.
Amir uchun bu bir bahona bo’lib, anchadan beri o’ljasini poylayotgan mushukdek, payt poylab yotgan edi. Bu mish-mishlar esa uning ovini tezlashtirdi. Aslida Qo’qon xonligini o’ziga bo’ysundirib, hokimiyat chegarasini kengaytirish, uning boyliklarini o’zlashtirish edi. Yana asosiy maqsad o’sha go’zal kanizak hisoblanadi.Asl muddao botinan visol bo’lsa ham, zohiran Muhammad Alixonni shariat hukmini oyoq osti qilganlikda ayblab, ko’pgina xonzoda va mazlumalarni qatl ettiradi. Bu vahshiyona ishi bilan shum niyatiga etadi.
Adib shu o`rinda faqat voqealar bayoni bilan cheklanib qolmaydi. Balki bu voqea juda ko`p shoir va tarixchilarni larzaga solgani va ular bu voqeaga ta`rix, marsiya, muxammaslar bitganlarini aytib o`tib, bir turkiy tilda yozilgan muxammasdan parcha va shoir Fitratning fors tilida yozgan ta`rixini misol qilib keltiradi. “Ko`p shuarolar ta’rix va marsiya etkanlar yozduk. Ul asr shoirlarindan Fitrat janoblarindan bir forsiy ta’rix etkan ekanlar:
Hayot ravshan ba nazdi o` qobil,
Ki dardi xobgohi vayrona…
Shud Muhammad Ali poknajod,
Xoni g`oziy, amiri Farg`ona…”
Shuningdek bu voqeaga bag`ishlangan bir shoirning turkey muxammasidan parcha keltiradi. Bu parcha o`zida dahshatli voqea jarayonini yaqqol aks ettirgan:
“ Suydurmoqqa xonni amr etub qoldi,
O`shal damda jallod qilichin oldi.
Rahm aylamay xonni bo`ynig`a soldi,
Qaro soqol qizil qonga bo’yoldi,
Ahli haromlari fig`on ayladi
Yuqorida keltirilgan marsiya, muxammaslar asarning badiiy qimmatini yanada oshirgan.
Muhammad Alixon 21 yil hukmronlik qilgan va mana shunday fojeona qatl qilingan. Ibrat Muhammad Alixonning o`ldirilish ikkinchi sababini ham izohlab o`tadi. Ayniqsa keyingi yillarda "fuqarolardan beparvo bo`lub, musohiblari ulamo va fuzalolardan bo`lmay, pandu nasihat eshitmay, eshitsa ham quloqqa olmay, xusus, keyingi asrida lahvu la`ab ilan bo`lub, ulamoyu fuzalo va an`yonlardan pandu nasihat qilsalar ba`zilarini o`ldurub va ba`zilarini Farg’onadan chiqarib, Buxoroga badarg’a qilib, nasihat olmay qolgan ekan". Tarixdagi voqealar bizni doim hushyor va insoniy qiyofamizni yo`qotmaslikka undaydi.
“Tarixi Farg’ona” asarida ko’rib turganimizdek, xonlar faoliyati xronologik izchillikda bayon qilingan. Muallif Qo’qon xonligining so’nggi hukmdori Xudoyorxon davriga, uning xon sifatidagi faoliyatiga alohida urg’u beradi. Xudoyorxon Musulmonqulni Bilqillamada tor-mor keltirib, uning askarlarini qirib tashlash bilan cheklanmaydi. Farg`ona vodiysida hamda Toshkentda yashovchi tinch qipchoq aholisini – yoshu qari, bola – chaqani qilichdan o`tkazadi. Bu voqealar jarayoni A.Qodiriyning “O`tkan kunlar” asaridan bevosita joy olgan. Xon bu vahshiyliklarning oxir-oqibatda nima bilan tugashini xayoliga ham keltirmaydi. Akasi Mallaxonning “…sani bu tariqa o`yin-kulgiga mashg`ul bo`lmoqing bizga va fuqarolarga katta zarardur, ishni bilib va bilganlarni maslahati ilan ish qilmoqni zarur, mundog` bo`lsang, bizlar xarob, dushmanlarg`a muhtoj bo`lurmiz, mamlakat qo`ldan ketar, bo`lak podsholarga kulki bo`larmiz!” – deb aytgan ushbu so`zlariga quloq ham solmaydi. Hatto akasini o`ldirmoqchi bo`ladi. Mallaxonning bu co`zlaridan ta’sirlangan Shavqiy Namangoniy “Pandnomai Xudoyorxon” dostonini yozadi. Ibrat bu dostondan parcha keltirib Xudoyorxonning butun xususiyatlarini, yurgizayotgan siyosatini shu orqali fosh etadi:
…Erur shoh ishi elga damsozlik,
Munosib emas xonga sakbozlik.
Qayon bordi sandagi bu aqlu hush,
Egay har iting kunda bir nimta go`sh,
misralarida Xudoyorxonning fe’l atvori yaqqol ochiladi. Xalq og`ir ahvolda yashayotgan bir paytda, u o`z itlarini go`sht bilan boqadi.
Shoir, hatto, xonning o`z qo`li ostidagi askariy kuchlarning ayanchli hayot kechirishini, ularning xon nazarida itdan ham tuban bo`lganidan qattiq iztirob chekadi:
Necha safshikan er bahodir yigit,
Bular barcha och bo`lsa, to`q bo`lsa it.
Yigit qadri it qadridin bo`lsa kam,
Bo`lurmu yana mundane ortiq alam.
Erur sipoh qanoti yigit birla ot,
Agar xon esang qil oni ehtiyot .
O`ylab qaraydigan bo`lsak, davlat tepasidagi idora qiluvchi shaxs bilan xalq bir bo`lsa, hamnafas yashasa, kelajakka qarab intilsa, unga hech qanday tashqi kuch o`z ta’sirini o`tkaza olmaydi. Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar bugungi kunda eng taraqqiy etgan davlatlar qatorida turadi. Buning asosiy sababi esa xalqning birlashgani, har qanday to`siqlarni, qiyinchiliklarni o`z mehnatlari bilan engib, kelajakka ishonch ko`zi bilan qaragani tufayli, bugun ularning davlati shunday cho`qqilarga erishdi.
Xon va xalq o`rtasidagi bo`shliq nafaqat Qo`qonda, balki uchala xonlikda ham hukmron edi. Bu esa Chorizm uchun qulay fursat yaratib berdi. Dushmanlarning asosiy maqsadi ham ichki nizo tug`dirish edi. Yov yaqinlashib kelayotgan bir paytda Qo`qon xonligida boshboshdoqliklar avj olgan edi. Bu jarayonni Ibrat shunday ifodalaydi: “Ul vaqtda Farg`onada to`lqun va tanavvuj besaranjomlikda ediki, goh Xudoyorxon va goh Sayyid Sulton va goh Shohmurod biri ketib, biri kelib,biri chiqub, Xo`qand o`rdasi arini uyasiga o`zshab, kirdi-chiqdi zamoni falon yerdan xon chiqdi, falon xonzoda chiqdi, bosh ko`tardi, oq qigizga soldi, bo`lub betartib ovozalar quloqlarni kor va aqllarni tang qilur edi. Xonlik saltanati go`yoki bola o`yunig`a o`xshab ketti”. Bunday o`zboshimchalikdan, saltanatdagi notinchlikdan, avvalo xalq jabr ko`rgan. Xalqning hokimiyatga ishonchsizligi natijasida, og`ir bir vaziyatda birlasha olmay, o`z erkini, mustaqilligini qo`ldan berdi.
Ona Turkiston o`ris mustamlakasi kishanlarida boshidan kechirgan fojealarning asosiy sabab va oqibatlarini xalqimizning zukko, jasur farzandlari xayolidan bir nafas ham tashqarida qolgan emas.
Bizning ota-bobolarimiz orasidan tengi yo`q vallomalar o`tganki, ularning bashoratlarini o`qib yo eshitib kishi hayratga tushadi. Valoyat topgan asl zotlar o`ris bosqinining zamon va makonini, benihoya xunuk oqibatlarini allaqachonoq bashorat qilib, o`z atrofidagi kishilarni ogohlantirishgan.
Ishoqxonning “Tarixi Farg`ona” asarini varaqlaydigan bo`lsak, unda bobolarimizning aytib o`tgan bashoratlariga ham to`xtalib o`tilgan. Bu tarixiy dalil sifatida keltirilishi bilan birgalikda, asarning badiiyligiga ijobiy ta’sir ko`rsatgan. “Rusiya Turkistonga kirdi. Bu to`g`rida hazrati Sultonul orifin Xoja Ahmad Yassaviy Turkistong`a aytqon bashoratlari to`g`ri keldi. Mundan sakkiz yuz yillar ilgari aytqon bashoratlari to`g`ri keldi. Mundan sakkiz yuz yillar ilgari aytqon ekanlar:
Ming ikki yuz sakson birda o`rus kelgay,
Turkistonni atrofini qamsab olgay.
Munga muvofiq, 1281 hijriyda Turkiston va Avliyoota Rusiya tasarrufiga o`tdi”.
Adabiyotshunos olim Sharif Yusupov bu hijriy yilning milodiyga qanchalik to`g`ri kelish – kelmasligini aniqlash maqsadida 1964 yili Moskvada, “Nauka” nashriyotida chop etilgan V.V.Sibulskiyning “Sovremenniye kalendari stran Blejnogo I Srednogo Vostoka. Sinxropisticheskiye tablise I poyasneniya” ( “Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari xalqlarining hozirgi taqvimlari. Muvofiqlashtirilgan jadvallar va izohlar”) kitobini ko`zdan kechiradi. Uning keltirgan ma’lumotiga ko`ra, kitobning 104-sahifasida Turkistonni o`rislar 1864 milodiy yilning 12 iyunida bosib oladi. Chindan ham bu sana hijriy 1281 ga to`g`ri keladi.
“Tarixi Farg’ona” asariga qaytadigan bo`lsak yana bir bashoratga ko`zimiz tushadi: “Roviylar qavlincha Toshkandda oltmish kun va ba’zi qavlda sakson kun muhosara bo`lub, ichindan muxbara, toshindan muhosara bo`lub, hijriyning ming ikki yuz sakson ikkisinda, milodni ming sakkiz yuz oltmish beshinchisida yiz kunlari, may oyinda Rusiya qo`liga o`tdi. Bu to`g`rida Sulton ul-orifin so`zlari to`g`ri chiqdi:
Dar soli “g`uraf”4 bimoni, bini,
Mulku, maliku millatu din bargardad, -
deganlari muoyana bo`ldi”.
Yuqorida Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan Qo`qonda o`tkazilgan qatli om bilan bog`liq voqealarga to`xtalib o`tgan edik. Yana shu o`rinda o`sha voqeani takrorlashimizga to`g`ri keladi va ushbu bashoratomuz so`zlar keltirilganini ochish uchun yana o`sha voqealar jarayoniga bevosita murojaat qilamiz: “ O`z hamyurtlari Muhammad Alixonni oyoq qo`li bog`liq holda amir Nasrullo huzuriga olib kelishlari bilanoq amir darhol qatlg`a hukm qilganda, o`z vazirlaridan Abdusamad degan noyib amirga: “Janobi oliylariga maloli xotir bo`lmasa bir kalmia so`z aytsam”, deganda amir: “Nima so`zdur?” – degan ekan. Aytibdurki: “Holo Xo`qand zabt o`ldi. Farg`ona katta mamlakatdur. Qancha askaru sipohu xazina sarf o`lub olindi. Alholda Rusiyani kelmagi mahalli xavfdur. Agar xonni onti aqid bo`lsa, tavba qildurub, Xo`qandg`a qo`yub, Buxorog`a tobe’ qilib, bu mulk bizlarga kelgan dushmanlar bir qolqon bo`lur erdi” deganda og`ziga kovush bilan urdiradi.
Amir o`sha paytda shu darajada johillikka, kibru havoga ega edi. Uning ko`ziga uzoqdagi dushman emas, o`z hamyurti yov bo`lib ko`ziga ko`rinadi. Shu tariqa uning ongiga qatldan boshqa hech narsa sig`maydi. Oradan chamasi chorak asr vaqt o`tgach noibning bashorati to`la o`z ifodasini topadi. Buxoro amirligi saltanatining toji bo`lmish Samarqand va boshqa shaharlar o`rislar oyog`i ostida toptala boshlaydi.
Bu uchchala bashorat o`z o`rnida tarixiy dalil sifatida keltirilishi bilan birgalikda, asar badiiyligini ham ta’minlagan.
Bashoratlarning ma’nosini o`z vaqtida anglamagan, burnidan narisini ko`ra olmaydigan hokimiyat tepasidagilarning aybi tufayli shunday talofotlar yuz bergan. Bizningcha, o`sha paytda xonlik ham “kuch birlikda” degan maqolni esdan chiqarganga o`xshaydi. Ba’zilar buni eslatishganda kulgiga olishadi. Mingboy dodxoh Rusiya qo`shuniga qarshi jang olib borayotgan paytda yarador bo`ladi. Shunda huzuriga Amirlashkarni chorlab, shunday deydi: “…emdi sanga bir nasihatim bor, jami oq tug`, qora tug` askarlaringni ol, Buxoroga bor, amir ila qo`shul, amir xoh jang, xoh musolaha bo`lsa birga qilinglar, bo`lmasa ish qo`ldan ketdi”. Lekin Amirlashkar bu so`zlarga bepisandnamo qaraydi. Balki u o`z kuchiga ishongan bo`lsa kerak. Darhaqiqat, u xalqi, uning ozodligi uchun kurashadi. Lekin sipohlar orasida birdamlikning yo`qligi sababli o`z boshlariga o`zlari yetishadi. O`z sardorlarini o`ldirib, sarkasiz qolgan podaga o`xshab, qaerga borishni, nima ish qilishni bilmay qolishadi.
Bundan ma’lum bo`ladiki, o`sha davrda ijtimoiy ahvol juda tang holda bo`lgan. Shunday vaziyatda fitna – fasod, boshboshdoqlik avj olib ketgan edi. Yana bir salbiy tomoni o`sha davr hukmdorlarini befarqlik, beparvolik kabi illatlar qurshab olgan edi. Ibrat ham bunday salbiy nuqtalarga alohida to`xtalib, sabablarini ocnib berishga harakat qiladi.
Chor mustamlakasiga qarshi bir qancha vatanparvarlarimiz kurash olib borishgani, xalq ozodligi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishgani barchamizga ayondir. Ishoqxon to`ra ham o`z asarida tarixni chuqur o`rganib, xalq qo`zg`olonlari, ozodlik harakatlari va o`sha davr ijtimoiy – siyosiy hayot haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Marg`ilonda Valixon to`ra, Namanganda Boto`ra, Andijonda Po`latxonlar bosh ko`tarishadi. Boto`ra qo`zg`olon ko`targanda Ibrat o`n besh yoshda bo`ladi. U bu harakatlarni izchillikda tasvirlaydi. Shu tasvirlar orqali rus mustamlakachilarining yurgizgan siyosati ham ochib beriladi. Ular bitta askarning o`limi uchun begunoh xalqdan dahshadli ravishda o`ch olishadi.Bosqinchilikda, talonchilikda Chingizxon va uning qo`shinlaridan ham o`tib tushadi. Qo`zg`olonlar ayovsiz ravishda bostiriladi. Bu qo`zg`olonlarning mag`lubiyatga uchrashining bir necha sabablari bor. To`g`ri, harbiy baza jihatidan zo`r qurollangan, taktikasi ham puxta o`ylangan edi. Shunday bo`lsa ham, ular Qo`qon va boshqa xonliklarni osonlikcha qo`lga kirita olgani yo`q. Chunki xalq oxirgi daqiqagacha Vatan ozodligi uchun kurashdi. Bu harakatlar oxir – oqibatda ijobiy natija bilan tugamaganligining asosiy sababi qo`zg`olon boshliqlarining aniq bir maqsadi, mukammal tuzilgan rejasi yo`q edi. Shuning uchun barchani bir maqsad sari etaklay olishmadi. Buning eng achinarlisi esa, “o`zingniki, o`zagingni qirqar”, deganlaridek, oralaridan sotqinlarning chiqqanligi bo`ldi. Po`latxonning qatlida atrofidagilarning qo`li ham bor edi.
Ishoqxon Ibrat Qo`qon xonligi Chor mustamlakasi qo`liga o`tishining sababini quyidagicha ko`rsatadi: “Xo`qand xonlari mahv bo`lishi Sayyid Muhammad Xudoyorxonni o`z fuqarolarini beixlosligi, ikkinchi, umarolarni muxolofati, chunonchi oftobachi, uchunchi Rusiya ilan o`rtalarindagi savdogarni moli yo`qolganlikni javobgarligi sabab bo`ldi”. Biz shulardan birinchisini asosiy sabab qilib olmoqchimiz. Qachonki, davlatni boshqaruvchi o`z fuqarolari bilan hamnafas, hamfikrlikda yashasa, bir istak sari olg`a intilsagina, o`z maqsadiga erishadi.
Ishoqxon to`ra Ibrat hukmdorlar obrazini sodda, ravon til bilan beradi. Ularning hukmdorlik yillarini shunchaki keltirib o`tmaydi. Balki ijtimoiy hayotdagi mavqeni, xalq va ular orasidagi munosabatlarni keng yoritib berishga harakat qiladi.
Asarda Turon podsohi Iskandari Rumiy, Afrosiyob, Qubod, No`shirvon, Qaroxon, Kayxusrav, No`shirvon o`g`lo Muni, Xushdod, Ka’b ul - Axbor, Muhammad ibn Abdulloh Jarir, Qutayba ibn Muslim, Abu Ishoq Ibrohim Quboviy, Sulton Mahmud Sabuktegin, Norbo`taxon, Olimxon ibn Norbo`taxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Nasrullohxon, Sheralixon, Murodxon ibn Olimxon, Xudoyor ibn Sheralixon, Shohmurodxon, Sulton Sayyid ibn Mallaxon kabi hukmdorlar tarixiga doir ancha keng ma’lumotlar qalamga olingan. Farg`ona shahrining paydo bo`lishi va dastlab hukmdor bo`lgan shaxslardan to Xudoyorxongacha bo`lgan hukmdorlarga urg`u berib o`tilgan.
Bu bobda yoritish uchun qo`yilgan masalalar bir – biri bilan uzviy bog`langanki, ularni alohida – alohida o`rganish juda qiyin. Shaharlar tasvirini bermoqchi bo`lsak, albatta, hukmdorlar obraziga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Yoki hukmdorlar obrazida qo`llanilgan badiiylikni ochish uchun o`sha davr ijtimoiy – siyosiy hayotiga e’tiborni qaratishga to`g`ri keladi. Shunday bo`lsa ham, biz shartli ravishda ajratib, bu masalalarni yoritishga harakat qildik va quyidagi xulosaga keldik:
“Tarixi Farg`ona” asari badiiyligi jihatidan sara asarlar sirasiga kiradi. Asardan o`ttizdan ortiq tarixiy hukdorlar va o`nga yaqin shaharlarning yaratilishi, tarixi haqida ma’lumotni bilib olishimiz mumkin.
“Tarixi Farg’ona” asarining badiiy xususiyatlari Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Jarangdor aytilgan ushbu so’zlar naqadar haqiqatligi bugungi kunda yaqqol sezilyapti. Har bir millat, nafaqat millat, balki har bir inson o’z tarixini, ajdodini bilish – insoniy burchlardan biri hisoblanadi. Tarixni bilish, avvalombor, o’zligini bilish demakdir. Tarix shunday bir ko’zgu yoki oyki, uni etak bilan yopib bo’lmaydi. Oradan yillar o’tmasin, baribir, bir kunmas bir kun tarixiy haqiqat ro’yoga chiqadi.
Tarixni tegirmon toshiga o’xshatging keladi. Bu tegirmon toshidan butun chiqqan insonnigina kelajak avlod bir umr eslaydi va shunday inson bo’lishga talpinadi, harakat qiladi. Ishoqxon Ibrat ham tom ma’nodagi shunday insonlardan biridir. Unga nisbatan qanchadan – qancha bo`hton toshlari otilmasin, yolg`onlar qadalmasin baribir tarix o`z adolatini yuzaga chiqardi. Bugungi kunda kelajak avlod uni taniyapti. Hatto, oily dargohlarda biz talaba yoshlarga “Milliy uyg`onosh davri o`zbek adabiyoti” fanidan Ibrat hayoti va ijodi alohida mavzu sifatida kiritilgan bo`lib, chuqur o`rgatiladi. Shunday kishilarni bilish, o`rganish har birimizning burchimiz hisoblanadi.
Ibratning “Tarixi Farg`ona” asarini o`qiganingizda yurakda ic hki bir tug`yon, dardni sezasiz. Ya’ni: “Men kimman? Ajdodlarim kimlar? O`z qishlog`imning tarixini, nima uchun aynan shu nom bilan aytilishini bilamanmi?”, - degan savollar miyani nuqul parmalayveradi. Lekin shuni ham aytish lozimki, bu ichki hissiyot birinchi marta o`qigandan darrov tig`ilmaydi. Ikkinchi marta o`qiganimizdan so`ng, nimadir yana shuni qayta varaqlashga undaydi. Undagi har bir so`z, har bir jumla o`ziga maftun qilib, kishini sehrlab qo`yadi. Tarixiy dalillar sifatida kerak bo`lgan ma’lumotni topganingizdan so`ng ichki bir da’vat boshqa betlarni ham ochishga majbur qilgandek bo`ladi. Bu hol esa asar qimmatining, badiiyligining yuqori ekanligidan dalolat beradi. Qaysi bir asar o`ziga rom etib, qayta – qayta qo`lga olishga majbur etsa, u badiiylik jihatdan yuksak asar hisoblanadi. “Tarixi Farg`ona” asari nafaqat tarixiyligi bilan, balki badiiyligi jihatidan ham bebahodir. Kimlar uchun bu so`zlar balandparvoz, soxta, shunchaki maqtash uchun keltirilgan gaplardek tuyular. Lekin asarni alohida bir qarash bilan o`qiganingizdan so`ng, bundau so`zlarni aytishdan kishi o`zini tiya olmas ekan. Bu Ishoqxon to`raning mahoratidan, bilim doirasi kengligidan, umuman qomusiy olimligidan dalolat beradi.
Asarni o`qiganimizda u nafaqat tarixchi olim sifatida, balki jonkuyar tilshunos sifatida ham ko`z oldimizda gavdalanadi.
Bir mamlakatni ikkinchi bir mamlakat bosib olganda, albatta o`z madaniyati, tilini singdirishga harakat qiladi. Buni atayin qilmasa ham, xalqning, millatning bir – biri bilan o`zaro aloqa qilishi natijasida urf – odati, rasm – rusumi, tili bir – biriga ta’sir qiladi. Buni yaxshi anglagan Ishoqxon Ibrat shunday yozgan: “…bizni aksari rusum va odatlarimiza mo`g`uliya shevalari ko`runub turodur. Keyingi vaqtlarda eroniylar duxuli ilan ilmu xat va tartibi yo`l eroniylardan o`tdi. Aning so`nggidan arablardin ochub adabiy ishlar va adabiy lisonlarimiz arabcha bo`lg`on hozirda bizda aksariyat so`zimiz forsiy aqlliyat ila eski o`zimizni mo`g`ulcha oz qoldi. Chunonchi, mo`g`ulcha tilimiz egachi, singil, bo`kich, son, muchal, ulus degan so`zlar asl joydori mo`g`ulchadir’.
Bulardan tashqari, choyjo`sh, objo`sh, otxona, govxona kabi so`zlar forsiy tildan kirib kelganini ham aytib o`tadi. Yana diniy ishlarda o`qiladigan niyati namozlar, oyatu hadislar tarjimasi ham forsiyda amalga oshirilishini aytib o`tadi.
Bizga shu narsa ayonki, VI – VII asrlarda arablar ko`pgina hududlarni o`z tasarruflariga olishgan. Ular nafaqat bosqinchilik qilishgan, balki o`z madaniyati va dinini keng yoyishga harakat qilishgan. Tarixning guvohlik berishicha, har bir xonadonga bittadan arab yigitini qo`yib chiqishgan. Hatto bu dinga kirganlarni ma’lum bir soliqlardan ham ozod qilishgan. Ibrat ham islom madaniyatining Turkiston o`lkasiga yoyilishi ularning vositasida ekanligini keltirib o`tadi.
Arablar o`z tillarini singdirishga qanchalik harakat qilishmasin, Qoshg`ar xalqining ham o`z tili buzilmay qolgani, ularda Chig`atoy turki joriyligini yozadi,
Lutfiy, Alisher Navoiy nazmlari, Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari eski turkiydaligini aytib: “o`g`on izim qamug` buzurg, - talimga ravon tangrim o`zi”, - degan so`zlarini qayd etib: “...hozirgi davrda yana hukumat tilidan qo`shulub, sortchada hozirda arabchadan, forsiydan, ruschadan aralash bo`lganini ham aytib o`tadi.
Uning bergan bu ma’lumotlari orqali o`zidan oldingi va o`z davridagi xalqning tilini shu bilan birga bu tilning kelib chiqishini, ya’ni etimologiyasini ham bilib olamiz.
Xulosa qiladigan bo`lsak, Ibratning “Tarixi Farg`ona” asari g`oyaviyligi va badiiyligi bilan boshqa sara asarlar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Bunday o`ringa ko`tarilishi muallifning mahoratidan dalolat beradi. Asarning g`oyaviy – badiiy jihatdan yuksakligi Ibratning samarali mehnatining mahsuli bo`lib hisoblanadi.
XULOSA Tarix kitoblarining zarvaraqlaridan joy olgan XX asr har jihati bilan ajralib turadi. Bu davrda qanchadan – qancha ma’rifatparvarlar, istiqlol fidoiylari chiqishdi. Ular xalqni, millatni ilm olishga, o`zligini anglab, mustaqillik, erk uchun kurashish kerakligini da’vat etishdi. Ular faqatgina quruq gaplar bilan emas, balki amalda ham bajarishdi. Lekin bunday kishilar sho`ro mafkurasi ularning yurgizayotgan siyosatiga bolta urayotganini anglagan. Chor Rossiyasi, avvalo, ularni yo`q qilishgao`z siyosatini qaratdi. Sobiq sho`ro hokimiyati millatni ma’naviyatidan, o`zligidan, tarixidan mahrum etib, mutelikda saqlashni xohlardi. Lekin ular o`z niyatlariga yeta olishmadi. Istiqlol tufayli bunga chek qo`yildi. Tariximiz qayta tiklandi.
Mustaqillik – oddiy so`z emas. U qariyb 130 yillik mustamlakachilik, ma’naviy va jismoniy tobelik, axloqiy – ruhiy ozurdalikdan so`ng u bergan beqiyos ne’matlarni – qadimiy an’analarni va qadriyatlarimizni qayta tiklash imkoniyatidir. Bu imkoniyatlardan to`g`ri, oqilona foydalanish har birimizning burchimizdir. Shularni inobatga olgan holda biz ham Ishoqxon to`ra Ibratning ijodi va “Tarixi Farg`ona” asariga alohida to`xtalib, asarni, asosan g`oyaviy – badiiy jihatdan yoritib berishga harakat qilindi. Malakaviy bitiruv ishini ishlash jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
Ishoqxon to`ra Ibrat jamiyatdagi o`z o`rni bilan barchaga namuna bo`la olgan shaxsdir;
Ishoqxon Ibrat butun umrini, ijodini xalqiga, millatiga bag`ishlagan. Ibratning barcha say’ harakatlari, ijod yo`li ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, istiqlol g`oyalari bilan sug`orilgan;
“Tarixi Farg`ona” asarining yaratilishi Ibrat ijodining yuksak cho`qqilaridan biri bo`lib hisoblanadi. Asarning tuzilishi, mavzular olami kehg bo`lib, u ustozlarning izidan borgan holda an’anaviy usul bilan boshlagan. Unda Farg`ona, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar tarixi, hukmdorlar, tarixiy shaxslar, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy hayot, shuningdek, Chor Rossiyasining mustamlakachilik yurishi va siyosati yoritilgan.
“Tarixi Farg`ona” ilmiy – tarixiy asar bo`lishi bilan bilan birgalikda badiiy asar hamdir. Uning - g`oyaviy – badiiy ahamiyati shundaki, qadimgi Farg`ona va o`zi yashagan davrdagi Qo`qon ijtimoiy – siyosiy muhiti, adabiy hayot badiiy tasvir vositalari yordamida yorqin aks ettirilgan. Undagi ta’rix, marsiyalar, muxammaslar, rivoyat va dostondan keltirilgan parchalar asarning badiiyligini yanada oshirgan. Shu bilan bir qatorda asar bir necha badiiy xususiyatlarni ham o`zida mujassamlashtirgan. Ishoqxon Ibrat bu asarida o`zining xolis tarixchilik iqtidori bilan birgalikda shoirlik, adiblik, etnograflik qobiliyatini ham namoyon qilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Tarixi Farg`ona” asari tarixni, o`sha davr ijtimoiy, adabiy muhitini o`rganishda qimmatli manba bo`lib hisoblanadi. Bu asarni nafaqat tarixchi yoki adabiyotshunos nuqtai nazaridan, balki siyosatshunos, fol’klorshunos, tilshinos, geograf, etnograf sifatida o`rganilib, tahlil qilsa arziydigan asar.