O'ZBEKISTON REPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI
KURASHISH CHORA TADBIRLARI
REJA:
1. O'zbekiston republikasida korrupsiyaga qarshi kurashish.
2. Korrupsiyaga oid xabarlarni koʻrib chiqish va jamoatchilikka maʼlumot
berish
3. ―Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish,
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Asosiy qism: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkilot va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiya holatlarining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda xodimlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Prezident Farmon va Qarorlari muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ―Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Farmoni bilan tasdiqlangan ―Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi‖da Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ularning ijrosi taʼminlanmoqda.
Mazkur dasturga asosan joriy yil ―9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni‖ doirasida keng koʻlamli ―Antikorrupsiya haftaligi‖ni oʻtkazish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Media-reja ishlab chiqildi va tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha ishlar samarali amalga oshirildi. Haftalik doirasida tashkil etilgan tadbirlarda Agentlik vakillarining faol ishtiroki taʼminlandi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, koʻrsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini eʼlon qilish hamda tele va radiokanallarda turli formatlardagi ijtimoiy roliklar va eshittirishlarni tayyorlash va namoyish etish boʻyicha media reja ishlab chiqildi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda ―Korrupsiyaga oid xabarlarni koʻrib chiqish va jamoatchilikka maʼlumot berish tartibi toʻgʻrisida‖gi Reglament ham ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Prezidentining ―Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining
samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik rahbarining buyrugʻi qabul qilindi va ushbu buyruq ilovasi bilan Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari, masʼul xodimlar, amalga oshirish mexanizmi va muddatlarini oʻz ichiga olgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturi tasdiqlandi.
Dasturga koʻra, Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha ishlar tizimli ravishda olib borilyapti.
―Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Prezident Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik direktorinig buyrugʻi qabul qilindi. Unda Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashni yoʻlga qoʻyish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali bartaraf etish belgilangan. Shuningdek, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish ishlari boshlandi.
Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik — muhim vazifa
Agentlikda manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari ―Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlarida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha Nizomi‖da belgilab qoʻyilgan.
Unga koʻra, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari har yili 15-fevralga
qadar manfaatlar toʻqnashuvining mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi savolnomani toʻldirib Kadrlar boʻlimiga taqdim etadi. Kadrlar boʻlimi esa ushbu savolnomani 10-martga qadar oʻrganib chiqib, Agentlik rahbariyatiga tegishli xulosa beradi. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlangan taqdirda, Odob-ahloq komissiyasida uni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish yoʻlga qoʻyilgan.
Korrupsiyaga qarshi qoidalar shartnomalarga kiritiladi
Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 14-sentyabrda qabul qilingan ―Shartnomaviy
munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Farmoni
ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab, Agentlikning xarid jarayonlari doirasida shartnomaviy munosabatlarga kirishishni rejalashtirayotgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilayotgan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlar belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Agentlikning 2022-yil 31-martdagi ―Mehnat shartnomasi va arizalarni namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda muhr va shtamplardan foydalanishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida‖ 64-son buyrugʻi bilan Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli tasdiqlangan. Shartnomada xodimlarga korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha majburiyatlar koʻrsatib oʻtilgan.
Ochiqlik – ishga qabul qilish tanlovining asosiy prinsipi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra, boʻsh ish oʻrinlariga ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilmoqda. Tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlari Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. Yaʼni, nomzodlar bilan suhbat Agentlik rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga berilyapti. Bu — tanlovning ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida oʻtishining eng muhim shartlaridan biridir.
Shuningdek, Agentlikdagi vakant lavozimlarga nomzodlar orasidan yetarli bilim va
tajribaga ega, halol, puxta, xolis kadrlarni tanlov asosida saralab olish va ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish maqsadida, nomzodlarga qoʻyilayotgan talablar haqida Agentlik rasmiy veb-saytida toʻliq maʼlumotlar doimiy ravishda berib borilmoqda.
Koʻp bilgan kam xato qiladi
Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishi muntazam tashkil qilinyapti.
Agentlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitish dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, mavzular yuzasidan seminar, treninglar oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, 2022-yilning oʻzida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mutasaddi idoralardan masʼul xodimlarni taklif qilgan holda mavzuga oid 6 ta seminar oʻtkazildi.
Agentlikning korrupsiyaga qarshi ichki (komplayens) nazorat tuzilmasi xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi oʻtkazgan seminar-treninglarda ishtirok etib, tegishli sertifikatga ega boʻlishdi. Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul boʻlgan 17 nafar xodim Bosh prokuratura Akademiyasida tashkil etilgan onlayn maxsus oʻquv kursida qatnashdi va muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritishdi.
Bundan tashqari, 1213 qisqa raqamli ―Call-Center‖ hamda (71) 244 23 34 raqamli ―Ishonch telefoni‖ ham korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, Agentlik tomonidan jamiyatda, xususan, tashkilot va uning
hududiy boshqarmalarida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda bu boʻyicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va toʻliq axborot yetkazish yuzasidan keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatlar29 Iyun 202023133
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi
kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ―yashirin iqtisodiyot‖ni
qisqartirish choralari koʻrilmoqda hamda ―Korrupsiyasiz soha‖ loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tugʻilmoqda.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini ―Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil roʻyobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi
oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini
shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari,
fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi;
oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik
prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor
shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida
hisobdordir;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlik direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib
belgilansin:
mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlash, shuningdek,
korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini,
shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining
samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va
amalga oshirish;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;
vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida
davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan, banklarda korrupsiyaga qarshi
ichki nazorat tizimi (―komplayens-nazorat‖) hamda korrupsiyaga qarshi
kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat
koʻrsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish,
shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati boʻyicha reytingini tuzish;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi
ekspertizasi samaradorligini taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va
unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro
standartlarni va ilgʻor xorijiy amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy
etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga oʻz vaqtida taʼsir choralari koʻrilishini taʼminlash;
davlat xizmatiga halollik standarti (―halollik vaksinasi‖) va manfaatlar
toʻqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda koʻmaklashish boʻyicha
taʼsirchan choralarni koʻrish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
byudjet mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan
foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida
korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish hamda mamlakatning imijini mustahkamlash va uning xalqaro
reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi
choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa
tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi
kurashishning taʼsirchanligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning
ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari,
fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
har yili ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi lozim
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida
milliy maʼruzani tayyorlaydi hamda uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul boʻlgan qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining milliy
manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish
natijalarini kompleks tahlil qiladi hamda natijalari boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga
yetkazilgan zarar toʻliq qoplanilishiga erishish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi
ekspertizasini oʻtkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va
boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul
qilish milliy indeksini tuzishni tashkillashtiradi;
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish
maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi
standartini qoʻllashni koʻzda tutuvchi talabni oʻrnatadi;
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
4. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari boʻyicha
murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar faoliyatida korrupsiya holatini oʻrganish;
korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilik, shu jumladan, jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganish;
oʻrganish va boshqa tadbirlar natijalari boʻyicha toʻplangan
materiallarni faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan
shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar koʻrish, jumladan, jinoyat ishlarini
qoʻzgʻatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim
etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish;
ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor
shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini
toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan
taqdimnomalarni kiritish;
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga koʻrib chiqilishi
majburiy boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik
toʻgʻrisida ogohlantirishlar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-
sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari oʻn kun ichida koʻrib
chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
5. Belgilansinki:
Agentlik xodimlarining tarkibi yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan toʻldiriladi;
Agentlikning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish va
tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassislar ajratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talablarini bajarish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar uchun majburiydir;
Agentlik xodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaning sabab va shart-
sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat organlari va
tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ushlab turilganlarni va qamoqqa olinganlarni saqlash joylari, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga va hujjatlar bilan tanishishga haqli;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda Agentlik bilan kelishilishi lozim.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va
uning hududiy idoralararo komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga
qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi oʻrinlarda – Milliy kengash) va uning
hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Agentlik Milliy kengash faoliyatini samarali tashkiliy-uslubiy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda Milliy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etishni taʼminlasin.
7. Agentlik uch oy muddatda:
Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan toʻldirilishini;
Agentlik faoliyati tashkil etilishini tartibga soluvchi hujjatlar paketi, shu jumladan, Agentlik tuzilmalari toʻgʻrisida nizomlar va xodimlarining odob-axloq qoidalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Agentlikni xodimlar bilan toʻldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar ishdan ajratilgan holda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni oʻrganishni qamrab oluvchi maxsus oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim oladi.
8. Agentlik:
a) Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor
idoralar bilan birgalikda, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilgan holda, 2020-2021 yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (―komplayens-nazorat‖)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin;
b) davlat xaridlari sohasida masʼuliyatni oshirish va korrupsiyani bartaraf etish
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining ―Davlat xaridlari toʻgʻrisida‖gi Qonuni talablarini, shu jumladan, xarid qilish tartib-taomillari turlarini belgilash va ijrochini tanlash shartlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalarni majburiy ravishda eʼlon qilish, shuningdek, davlat xaridlarini tanlov va tender savdolari orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibini joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy banki va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan, uy-joy kommunal xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, qurilish va energetika
sohalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati boʻyicha oʻrganish oʻtkazsin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda doimiy asosda davlat xaridlarida affillanganlik, shu jumladan, xaridlar ishtirokchilarining oxirgi benefitsiar egalariga taalluqli manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va oldini olish choralarini koʻrish maqsadida masofaviy monitoring oʻtkazsin.
9. Agentlik zimmasiga:
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy
Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tarmogʻining
Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar
samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi ―E-
Anticor.uz‖ elektron platformasi;
korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus
mobil dasturiy taʼminot;
Agentlikka davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning
maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
11. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
ikki oy muddatda – Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasida xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha ―Yoʻl xaritasi‖ ishlab
chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritilishini;
uch oy muddatda – ―Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi toʻgʻrisida‖gi, ―Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va
manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida‖gi, ―Normativ-huquqiy
hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
toʻgʻrisida‖gi qonun loyihalari ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini;
uch oy muddatda – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish
boʻyicha ―Yoʻl xaritasi‖ ishlab chiqilishini hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash
uchun Milliy kengashga kiritilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan,
binolarni taʼmirlash, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash uchun oʻrnatilgan tartibda mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini hamda korrupsiyaning
oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikni joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda unga har tomonlama koʻmaklashsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar chop etilishini va tematik telekoʻrsatuvlar berib borilishini tashkil etsin.
16. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
.
Xulosa
Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishi muntazam tashkil qilinyapti.
Agentlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitish dasturi
ishlab chiqilgan boʻlib, mavzular yuzasidan seminar, treninglar oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, 2022-yilning oʻzida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mutasaddi idoralardan masʼul xodimlarni taklif qilgan holda mavzuga oid 6 ta seminar oʻtkazildi.
Dostları ilə paylaş: |