Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof- olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin. Dunyoqarash



Yüklə 58,48 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü58,48 Kb.
#38473
Dunyoqarash - Vikipediya



Dunyoqarash

Dunyoqarash 

subyektiv voqe’likni

baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-

olamni anglashga harakat qilish natijasi

o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash 

diniy


,

falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.




Dunyoqarash — dunyoga va insonning

undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi

voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga

boʻlgan umumiy qarashlar tizimi,

shuningdek, bu qarashlarga asoslangan

odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va

faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi,

hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan

bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan

falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy,

huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz

aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy

munosabatlar bilan chambarchas



bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni

zaruriy ravishda anglashi hamda

baholashi asosida shakllanadi. Bu

jihatdan D. voqelikning inson ongidagi

subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning

ongi bilan boglangan individual D.,

muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf,

millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong

bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular

bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi,

bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ

dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish).

Bunda individ voqelikni bevosita hissiy

inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin

voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida



individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni

anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni

anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham

shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo

haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada

umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi.

D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti

mobaynida rivojlanib borgan. Uning

quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1.

Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi D.

U voqelik haqidagi mifologik bilimlar

toʻplangan va tizimga solingan bir davrda

vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi

xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari

uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli



rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab,

uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni

aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan.

Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib,

olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham

muayyan jonli obrazlarning namoyon

boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U

olamdagi voqea va hodisalarning

sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan

boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu,

diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga

sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari

hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan

(kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan

tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi



oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4.

Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat,

jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining

eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu

asosda olamning umumlashgan nazariy

modeli yaratiladi. Falsafiy D.

dunyoqarashning boshqa shakllariga

tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni,

jihatlarni anglashga harakat qiladi.

Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi

falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy

bogʻliq. Inson voqelikka muayyan

maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib

chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan

bogʻlanganligining sababi ham shundadir.



D.ning koʻlami, mazmuni, markazi yoki

tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D.

koʻlami individning butun hayoti

mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi

jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ

ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay

darajada qamrab olinganligini aks

ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi

deganda, individning qanday shaxsiy

hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi

doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi

tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan

ilgari oʻtgan kishilarning turmush

tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi.

D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi



intilishlari, qiziqishlari, mehnat va

turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta

amaliy maʼno kasb etadi.

Baxtiyor Toʻrayev.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Falsafaga oid ushbu maqola chaladir. Siz

uni boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval OchilovBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Dunyoqarash&oldid=1899068



dan olindi 



Yüklə 58,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin