Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui



Yüklə 6,6 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü6,6 Kb.
#189589
kun yangiliklari


Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta‘lim hamma vaqt zarur bo‘lib qolaveradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan.
Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.
Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.
Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.
Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi.
Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi.
Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida, Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» kabi asarlari shular jumlasidan.
Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini va mustaqilligini oshirish, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika.
Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.
Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar tekshiriladi va belgilanadi.
Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq etishda pedagogik ilmiy-tekshirish metodlaridan foydalaniladi.
Yüklə 6,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin