Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari tamoyillari va umumiy metodlari



Yüklə 357,38 Kb.
səhifə1/10
tarix15.06.2023
ölçüsü357,38 Kb.
#130609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Ma\'ruza


TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI TAMOYILLARI VA UMUMIY METODLARI
REJA:

  1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.

  2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari.

  3. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Ijtimоiy tаrbiyaning аsоsiy vаzifаlаri

4.Tarbiya usul(metod)lari haqida tushuncha:

  1. Ijtimoiy ongni shakllantirish usul (metod)lari.

  2. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usul(metod)lari.

  3. O’z - o’zini tarbiyalash usul(metod)lari. d)Rag’batlantirish va jazolash usul(metod)lari.



Tayanch so`z va iboralar
Tarbiya, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni, tarbiya turlari, tarbiyaning jamiyatdagi roli, tarbiyaning tarixiy va sinfiy xususiyati, tarbiya jarayonining xususiyatlari, tarbiyalanganlik, tarbiyaning ob’ektiv qonunlari, tarbiya prinsip (tamoyil)llari. Tarbiya metodlari haqida tushuncha, ularning klassifikatsiyasi, tarbiya vositalari, o’z-o’zini tarbiyalash usuli, ijtimoiy ongni shakllantirish usuli, mashq va o’rgatish usuli, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish , rag’batlantirish va jazolash usuli, rag’batlantirish va jazolash turlari.
Talabalar kichik guruhlarga bo’linib, «Tarbiya» yoki «Tarbiyaning tarkibiy qismlari» mavzusiga oid klaster tuzishadi.(Klaster tuzish qoidalari yuqoridagi mavzularda keltirilgan. 37- bet) Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’nikma ; aql, ong, fahm;
Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.;
Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;
Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan;
Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;
Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar;
Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;
Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.
(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)
Tarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak. Tаrbiya nаzаriyasi pеdаgоgikа fаnining muhim tаrkibiy qismi bo`lib, tаrbiyaviy jаrаyonning mаzmuni, shаkl, mеtоd, vоsitа vа usullаri hаmdа uni tаshkil etish muаmmоlаrini o`rgаnаdi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».
Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz?
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega, u ta’limdan nimalari bilan farq qiladi?




Yüklə 357,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin