«Avesto» – Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya’ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko’ra «Avesto»



Yüklə 10,67 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü10,67 Kb.
#208771
  1   2
Avestoning tarkibiy qismlari

  • «Avesto» – Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya’ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko’ra «Avesto» miloddan avvalgi 2 ming yillik o’rtalaridan 1 ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarning xamda ilk davlatchilik munosobatlari tarixning qomusiy yozma yodgorligidir.
  • «Avesto» kitobi ko’p qatlamli. Uning tarkibijdan ibtidoiy davrlarga tutashadigan asotirlar, olamning oqilona munosiblikda mukammal yaratilishi haqidagi tasavvurlar, odamzodning ezgulik, baxtiyor va farovon, g’amu anduhsiz xayot, adolatli ijtimoiy boshqaruv, havf-hatarsiz turmush, sog’lom tan, teran aql, soliq va dono farzandlar, oqila ayol, totuh oila, gurkiragan ko’m-ko’k bepayon yaylovlar, to’q va semiz chorva, suvlari ma’mur, serhosil ekin dalalari haqidagi orzu umidalar o’rin olgan.
  • «Avesto» kitobining yaratilgan makoni sifatida ishonch bilan O’rta Osiyoni ko’rsatish mumkin. Bu bugungi O’zbekisston, xususan, Xorazm, Sug’d va unga tutash o’lkalardir. ’Avesto’ kitobidagi geografik – tarixiy ma’lumotlar shundan dalolat beradi. Qadimgi Baqtriya va Eronga oid bazi geografik nomlar ‘Avesto’ga zardushtiylik dini O’rta Osiyodan chiqib, shu o’lkalarga yoyilgan paytlarda kirganligi shubhasizdir.
  • «Avesto» ning kitob qilinish tarixi bir necha bosqichdan iborat. Dastlab oromiy yozuvi vositasida uning matnlari teriga yozib olingan. Bu bosqich Turon zaminida turli qabila va qavmlarni ilk davlat tuzilmalari atrofida uyishtirishga hizmat qilgan. Chunki «Avesto» borliq dunyonig yaralish asoslarini yagona deb e’lon qilgan va bu tizimga ko’rsatiladigan har qanday tazyiqni qoralaydi. Aksincha, bu tizimni yanada barqaror rivojiga hizmat qilishni odamzod uchun farz qilib qo’yadi. Uning tartibotlari mutlaq va buzilmasdir. Uni har qanday tarzda buzishga urinish yomon oqibatlari bilan buzg’unchini o’zini halok etadi. Inson sharafli va ma’sul mavjudot sifatida ilohiy va oqilona yaratilgan dunyoning ezgu asoslarini rivojlantirishi lozim.
  • «Avesto» zardushtiylik dini dunyo qarashini falsafiy ahloqiy tizimini o’zini mujassam etgan. Xususan, bu kitob bronza davri qabilalari va urug’larining boshini adolat bilan boshqariladigan ijtimoiy uyg’unlashuv, yurtchilik, elchilik g’oyalari atrofida birlashtirishga xizmat etgan desak, bu ta’rif ham asar mohiyatini ochishga ojizlik qiladi. Muhimi shuki «Avesto» ilk bora insoniyat ongiga dunyoni taratgan yakka-yagona zotning borligi, uning nomi Axura Mazda ekanligi haqidagi fikrni etishtirdi. Ya’ni odamzod tarixida ilk bora vahdoniyat, yakka hudolik tushunchasi paydo bo’ldi. Qabilalararo nizolar, bosqinlar, qonli janglar, g’oyaviy tortishuvlar zamonida bu buyuk jasorat va inqilobiy xodisa edi.
  • Insoniyat uchun tinch, osoishta xayot, yaratuvchi mehnat, tabiat bilan ongli uyg’unlikda tillashib-dillashib yashay bilish, ijtimoiy axillik, kengashlilik va mehru oqibatchilik asosida kelishib xayot ko’rish, o’zaro yordam, kengbag’r, olijanoblik, xaqgo’ylik, niyat xolisligi, so’zda rostlik, lutfu nafosat va andisha, amalda esa to’g’rilik, xudo buyurgan ezgu maqsadga, ya’ni yaxshilik dunyosi ravnaqiga xizmat qilish, insoniyat qalbidan yovuzlikni chiqarish, niyatni yomonlikdan poklash, tan va rux pokizaligiga intilish, etiqodda mustaxkamlik, so’z, vada va qasamiyodga sadoqat va boshqa ko’plab milliy hamda umumbashariy g’oyalar «Avesto» da ajablanarli darajada mukammal ishlab chiqilgan.
  • Qizig’i shundaki, uning yuzaga kelishida ulug’ mutafakkir inson «Avesto» da takidlanishicha Axura Mazdaning suyukli, imonli bandasi Zaratushtra muhim ro’l o’ynaydi. «Avesto» yaratilgan davr uchun bu g’oyalar qanchalik ilg’or bo’lsa, ular uch ming yil o’sha hozirga qadar ham o’z qadru himmatini to’qoymay kelmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki «Avesto» g’oyalari yuksak umumbashariyligi bilan abadiyatga daxldordir.
  • Zardushtiylik dini Sharq, xususan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining yuksak tafakkuri maxsuli bo’lib, u faqat diniy aqidalar va ahloq meyorlari majmui bo’libgina qolmay, balki real hayot, ilmga asoslangan dunyoqarash, ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’z ichiga oluvchi keng qamrovli murakkab bir talimotdir.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin