Zardushtiylikning ajdodlarimiz dunyoqarash tizimi sifatida o’ziga xos olamning yaralishi haqidagi kontseptsiyasi bo’lgan. Bunga ko’ra, olam ikki turga bo’linadi: ilohiy va moddiy olam.
«Avesto» da bayon qilinishicha moddiy olam olti bosqichda yaratilgan. Uning yaratilishi bir yil davomida yuz bergan va bu yaratilish jarayoni ‘gahanbor’ (asos) deb atalgan. Har bir gahanborning o’z nomi bor.
1. MADYUZARM – Birinchi gahanbor bo’lib ‘bahorning o’rtasi’ ma’nosini bildiradi. Madyuzarm yilning 41- kunidan 45-kunigacha besh kun davom etgan. Madyuzarm bosqichida oliy iloh Ahura Mazda osmonu falakni yaratgan.
Zardushtiylik ananasida yil boshi 21 mart xisoblangan, yani Navro’z kuni. Farvardan oyining 2-kunida (27 martda) Zardusht tugilgan. Eronda Farvardin oyining oltinchi kunini ‘Xurdod kuni’ (‘tug’ilish kuni’) deb nishonlanadi. Eron zardushtiylari o’rtasida 27 martni ‘katta navro’z’ yoki ‘xurdon navro’z’ deb nishonlash rasm bo’lgan.
Madyuzarm gahanbori bizning taqvimda may oyining dastlabki besh kuniga to’g’ri keladi.Madyuzarm 5 kun davom etgan va shunda koinot vujudga kelgan.
2. Yaralishning ikkinchi bosqichi ‘yozning o’rtasi’ degan ma’noni bildiradi. Madyusham bosqichi yilning 101-kunidan 105-kunigacha besh kun davom etgan. Bu bosqichda Axura Mazda suvni yaratgan.
Olamda suvning vujudga kelish jarayoni hozirgi taqvimda iyun oyining 29 va iyulning uchinchi kunlariga to’g’ri keladi. Suv bilan bog’liq ishonch etiqodlar mana shu jarayonda shakllangan.
3. PATYAXSHIM – Moddiy olam yaratilishining uch gahanbori bo’lib, uning manosi ‘g’alla yig’ish’ demakdir. Yaralishning bu jarayoni yilning 176-kunidan 180-kunigacha 5-kun davom etgan. Patyaxshimda Axura Mazda yerni yaratgan.
Bu paytda boshoqli donlar yig’ib olingan va yerga ishlov berilgan. Ona zaminga hayotning kafolati, faravonlik sharofati deb etiqod qilingan. Yerga ishlov berish dehqonchilik bilan bog’liq kultlar shu jarayonda shakllangan patyaxshim gahanbori bizning taqvimda sentabr oyining 12-17-kunlariga to’g’ri keladi.
4. Moddiy olam yaralishining to’rtinchi gahanbori ‘Ayosrim’ deb nomlanib, uning manosi ‘Uyga qaytish’ demakdir. Yaralishning bu bosqichida chorva suvurlari yozgi o’tlovda uyga qaytganlar.’Avesto’da bu gahanbor ‘Ayosrima’ shaklida ham uchraydi. ‘Ayosrima’da Axura Mazda o’simliklar dunyosini yaratgan. O’simliklarni yaratishdan maqsad to’rt muqddas unsurni tuproq, suv, xavo, olov, va oqibatda hayotni ulug’lash edi. Ayosrima bizning taqvim bo’yicha oktabr oyining 13-18 kunlariga to’g’ri keladi. Bazi shifobahsh o’simliklar muqaddaslashtirish ham bu bosqich bilan bog’liq holda izohlanadi.
5. MIDYORIM – Olamning vujudga kelishida beshinchi gahanbor bo’lib, uning manosi ‘yilning o’rtasi ‘ demakdir midyorim yilning 290-kunidan 294-kunigacha 5 kun davomida yoz bergan. Bu jarayonda Axura Mazda hayvonot dunyosini yaratgan va uni inson olamining bir bo’lagi, farovon turmushning zarur sharti qilib qo’yadi. ‘Xudojo’y inson qurgan, olov va suv bilan ma’mur qilgan, bola-chaqa chorva bilan obod qilgan joy muqaddasdir. Bunday uyda mol xol mo’l, imon mo’l, itlar mamnun, xotinlar va bola farovon, olov mo’l va barcha ezguliklar mo’l.
Midyorim gahanbori bizning taqvim bo’yicha yilning 4-9 yanvar kunlariga to’g’ri keladi. Chorvani ulug’lash, hayvonlar bilan bog’liq kultlar mana shu jarayonda shakllangan. Qadimda qolgan besh oyini ‘Katta qish’ deb atalgan.
6.XAMASPANTMADAM – Moddiy olam vujudga kelishning oxirgi va yuksak bosqichi bo’lib, uning ma’nosi ‘barcha mavjudotning’ demakdir. Bu jarayon yilning 360-kunidan 365-kunigacha 5-kun davom etgan va unda Axura Mazda yer yuzasida kayumars va uning avlodi odamni yaratgan.
Bizning taqvim bo’yicha odamning vujudga kelishi navro’z arfasiga to’g’ri keladi. Navro’z arafsida tabiat va odamlar harakatga keladi, olam va odamning harakati uyg’unlashadi, hayotda yangi kun – navro’z boshlanadi. Shu kuni birinchi bor olov kashf qilingan va otashgohda olov yoqilgan.
Demak, «Avesto» tasavvuricha olam olyi bosqichda vujudga kelgan, har bir bosqich besh kun davom etgan. Astumand dunyosi, yani real dunyoning yaratilish jarayoni bir yil davomida o’ttiz kunda sodir bo’ldi. Shu kabi tasavvurlarning turli ko’rinishlari barcha dinlarga xosdir.