22
shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun
shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga Yaqin turadi va kifti
titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda
olib borilgan
uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon
bergan. Nihoyat bunga erishadi. U hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamagan, xar
doim yozilgan nutqni oldindan yodlab olar edi. Uning maxoratiga,
irodasiga xatto
dushmanlari ham tan berishgan. Demosfen o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan
opponentlarining jamoatda chechanlik bilan qilingan qochiriqlariga nisbatan
ta’sirchanligini his qilagani bois, shunday chiqish
usulini ishlab chiqdiki, unda
xozirjavob aytishuvga deyarli o‘rin qolmasdi. Raqiblarining qiyqiriqlari va tanbexlari
bepisandlikka uchrar yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan matnlar bilan yo‘qqa
chiqarilardi.
Demosfen o‘zining nutqlarida jamoat chiqishida asosan odamlarning
ruhiyati, ularning ixtiyori va hissiyotiga tasir qilishga kuch berar edi.
Bunday ta’sir
Demosfen ovozining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilgani, jo‘shqin va jumboqli iboralar bilan zo‘r
berib ishlangan nutqning matni orqali amalga oshirilar edi.
A’lo darajada ishlangan
mimika va xatti
-
harakat bilan uygun xar bir ibora bosqichma - bosqich omma
ruhiyatini notiqqa kerak bo‘lgan tarafga shunday yunantirilgan ediki, xatto
insonlarning o‘zlari ham Demosfen nutqining tasiri ostida garchi avvalida notiqning
g‘oyalariga qarshi kayfiyatda bo‘lsalarda, bilmagan xolda uning tarafiga o‘tib qolgan
paytlarini sezmay qolardilar. "Notiqlikning darajasi asosini nima belgilab beradi?"
deb berilgan savolga Demosfen qat’iy
"Birinchidan ifodalash, ikkinchidan ifodalash
va uchinchidan yana ifodalash"
1
deb javob beradi.
Demosfen nutqlari juda ham jo‘shqin va shiddatkorligidan, dushmanlari uni
«yovvoyi hayvon» deb atashardi. U nutq so‘zlashda maksimal ifodalilikka
erishishga harakat qilardi.
30 yoshida u ilk siyosiy nutqini so‘zlaydi. Shu vaqtdan boshlab, u Afinaning
qizg‘in siyosiy xayotiga kirib boradi. Ko‘p o‘tmay u siyosiy arbob darajasiga etadi.
Demosfen birinchi bo‘lib, notiqlik tirbunasini dramatik estradaga aylantirdi.
1
Демосфен // Всемирная история по новейшим сочинениям профессоров Беккера, Реймонда, Лависса, Иегера,
Шиллера, Кеммеля (Шпамера), Дюрюи, Костомарова, Иловайского, Соловьева и многих других. Т.1.: Древнее
время. - СПб., 1902.
23
Demosfendan yaxshi, kuchli notiq uchun eng muhim omil nima? deb so‘rashganda, u
"imo
-
ishora"
deb javob beradi.
Chiroyli so‘zlash san’atiga katta uslubiy hissa qo‘shgan
Buyuk faylasuf
Arastudir.
(eramizdan avvalgi 384-322 y) Arastu o‘zining
Dostları ilə paylaş: