O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakillantirish asoslari Reja



Yüklə 31,93 Kb.
səhifə1/3
tarix09.03.2022
ölçüsü31,93 Kb.
#53520
  1   2   3
mish2


O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakillantirish asoslari

Reja:

1. O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakillantirish.

2.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining muhim shartlari.

3.O’zbekistonda demkratik jamiyat qurishga doir qonunlar.



O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakillantirish.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganish, mamlakat hayotida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog’liq qonuniyatlarni bilish va o’rganishda, demokratik taraqqiyot yo’lida «o’zbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog’lab olib borishga o’rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’zining nufuzli o’rniga ega bo’lishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma'naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg’ularini mustahkamlashga ko’maklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishning o’ziga xos zarurat va sabablari mavjud.



Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to’g’risida muayyan mo’'tadillashgan ilmiy kontseptsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume'tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma'naviy xususiyatlari bilan bog’liq jihatlari tobora keng miqyosda o’z ifodasini topmoqda. Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgani e'tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo’li ekanini deyarli barcha e'tirof etayotganligi va uning jahoniy ko’lam kasb etayotganligi demokratiyani fan sifatida o’rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.Ikkinchidan, O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat - uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o’rganish zarurati ham shu qonuniyat bilan bog’liqdir. Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlar qatorida uning maxsus fan sifatida o’qitilishi dunyodagi demokratik o’zgarishlar bilan bog’liq umumiy qonuniy asoslarga ega bo’lgani bois uni hisobga olish zarur. har bir mustaqil mamlakat, o’zining taraqqiyot yo’lini va qurayotgan jamiyatini bilishga, uning qonuniyatlarini aniqlab olishga ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi paytgacha ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga bevosita taalluqli bo’lgan masalalarni ilmiy jihatdan aniq bir voqelik sifatida, yaxlitligicha o’rganuvchi fan vujudga kelmagan. Fikrimizcha, «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani doirasidagi o’ziga xos jihatlar aynan shu jarayonni to’liq qamrab olish imkoniyatiga ega. Negaki, bu fan eng avvalo – jahon tsivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, balki uning amaliy jihatlarini yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fanni yana shuning uchun ham o’rganish zarur-ki, Sharq va g’arb tsivilizatsiyalari tutashgan makonda tarixda birinchi bor umume'tirof etilgan demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan to’ldirilmoqda. Jamiyatimizdagi bu jarayonni atrofimizda ro’y berayotgan ijtimoiy hodisalar, voqealar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aniq voqeligimiz bilan chambarchas o’rganish, tahlil etish zarurdir. Bu zarurat mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning: «Pirovard maqsadimiz – ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»( I.A.Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T: O’zbekiston, 1997, 3-bet.) deb ta'kidlagan umumstrategik vazifani amalga oshirish bilan bog’liqdir. Bu vazifa O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishni zarur qilib qo’ygan uchinchi asosiy sabablardan biridir, deyish mumkin. Ma'lumki o’tgan XX asrning so’nggi o’n yilligi dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi. “Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o’tmishga ega bo’lgan, o’z siyosiy mustaqilligini tinch yo’l bilan qo’lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi”( I.A.Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T: O’zbekiston, 1997, 3-bet.). Ana shunday mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygan davlatlar turli mintaqalarda joylashgan bo’lib, ular Markaziy Evropaning (5 ta), Boltiq bo’yi davlatlarining (3 ta), Bolgariya va Ruminiya, g’arbiy - Sharqiy Evropa mamlakatlarining (5 ta), mustaqil hamjamiyatdagi davlatlarning g’arbiy qismidan (4 ta), Kavkaz orti davlatlaridan (3 ta) va Markaziy Osiyo davlatlaridan (5 ta)tasini o’z ichiga oladi.( YuNISEF, ijtimoiy monitoring. 2003 yil, 2-bet.) Ana shu mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan va dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan, tenglar orasida teng bo’lishga, jahon maydonida o’ziga xos nufuzli o’ringa ega bo’lishga harakat qilayotgan davlatlardan biri, O’zbekiston Respublikasidir.Mustaqillik O’zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Bu davrning ma'no va mohiyati O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning “o’zbek modeli” bilan uzviy bog’liqdir. Ayni paytda yangi mustaqil davlatlar qatorida O’zbekiston Respublikasi oldida turgan umumiy vazifani quyidagilarda ko’rish mumkin: uning mazmun-mohiyati va asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasidayoq «O’zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma'noni anglatadi»( O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2003, 4-b.) deyilgan, Prezident I.A.Karimov asarlarida biz qurayotgan demokratik jamiyatning boshqa jamiyatlardan farqli o’laroq o’ziga xosligi va betakrorligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojeali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish kabi umumiy vazifa turganligi bilan bog’liq. Bu uni atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Chunki u, mamlakatlar oldida turgan maqsad va vazifalarning umumiy jihatlarini ochishga, o’tmishdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda qolgan asoratlardan xolos bo’lish yo’llarini ko’rishga yordam beradi hamda zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan, odamlarga munosib turmush kechirishini ta'minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etish bilan bog’liq umumiy zaruratni ifodalaydi. O’zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga kirganligi bois mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti masalalarini o’rganishga alohida e'tibor berila boshlandi. Demokratik taraqqiyot yo’lidan sobit qadam bilan rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkinligini bilish uchun ham uni fan sifatida o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. “Sotsialistik” degan umumiy nomga ega bo’lgan totalitar tuzum emirilgandan keyin, dunyoning qutblarga bo’linishi barham topdi. Lekin dunyodagi ijtimoiy evrilishlar jarayonlarini o’rganish, demokratik asoslarni qaror toptirmasdan va mustahkamlamasdan yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga erishib bo’lmasligini ko’rsatib turibdi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish dunyoda e'tirof etilgan demokratik printsip, tamoyillar va qadriyatlarga tayanish bilan birga, uning o’ziga xos xususiyatlarini milliy-madaniy merosi, qadriyatlari va milliy davlatchilik an'analariga tayangan holda yangi jamiyat qurish vazifalarini hal etish bilan bog’liq. Mustaqillik qo’lga kiritilmaganida, O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini o’zi tanlay olmas edi. Mustaqillikning qo’lga kiritilishi O’zbekiston oldida mas'uliyatli vazifani qo’ydi. Shunda O’zbekiston qanday davlat quradi? - degan savolga dunyo jamoatchiligi ham alohida e'tibor bilan qaradi. O’zbekistonning istiqloli va insonlarning taqdiri ham, ularning qanday hayot tarziga ega bo’lishi, milliy-ma'naviy merosga munosabat, umumbashariy demokratik printsip va tamoyillarning uyg’unligini ta'minlash kabi jihatlar davlatchilik qurilishining qanday asosda amalga oshirilishi bilan bevosita bog’liqdir. «Mustaqillik, O’zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. o’z mustaqilligini, erkini qo’lga kiritgan har bir xalq o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat bunyod etishda o’z andozasini ishlab chiqishga harakat qiladi»( Karimov I.A. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat –T.: O’zbekiston, 1992., 35-bet.).

O’zbekiston ham o’zining milliy davlatchilik negizlariga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, ma'naviy kamolot va taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Mamlakatning oldida turgan maqsadni ta'kidlar ekan, I.A.Karimov shunday deydi: «Biz quradigan jamiyat O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning ma'naviy axloqiy barkamolligini ta'minlashi kerak»( Karimov I.A. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat –T.: O’zbekiston, 1992., 35-bet.). Bu erda gap u yoki bu mamlakatga xos bo’lgan demokratiya ko’rinishidan andoza olish to’g’risida ketmayotganligini hisobga olish muhim. Asosiy maqsad O’zbekistonda o’ziga xos va mos bo’lgan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o’rganish asosida demokratik taraqqiyot yo’lida rivojlanayotgan boshqa jamiyatlardan farqli jihatlarini hamda umumiy tomonlarini aniqlashga qaratilgan. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani mustaqqillik tufayli vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimidan o’ziga yarasha o’rin olayotganligining asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Bu zarurat mustaqil davlatimiz misolida demokratik jamiyat qurish jarayonida qo’lga kiritilgan yutuqlar, ayrim hayotiy saboqlarning ilmiy tahlil qilinishini taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning mohiyatini bilish, unga ijodiy yondashish uchun yosh avlod demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida shakllanish bosqichlarini chuqur o’rganishi zarur. Bu strategik vazifani faqatgina ushbu fan bajaradi. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’ygan. Bular ko’proq mamlakatda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning o’ziga xos va umume'tirof etilgan qonunlarini bilish, nazariy xulosalar va umumlashmalar chiqarishdan iboratdir. Xususan, fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha'ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog’liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo’ladi. U fan sifatida ana shunday ulug’ va bunyodkorlik ishlariga xizmat qiladi. Buning uchun u turli xil uslublardan foydalanadi




Yüklə 31,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin