O’zbek nutqi madaniyatini asoslari



Yüklə 156,08 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü156,08 Kb.
#186137
  1   2   3   4   5   6   7   8
2 5289978817526381422



- -



O’zbek nutqi madaniyatini asoslari
1. Nutq madaniyatining nazariy asoslari qaerda yaratildi?
*A. Qadimgi Gretsiya va Rimda
B.Xitoyda
C. Movarounnahrda
D.Rossiyada
2. Sud notiqligi haqidagi “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari kimning qalamiga mansub?
*A. Sitseron
B. Demosfen
C. Kvintilian
D. Aristotel
3. Inson nutqini bir fan doirasida emas, balki bir necha fan (grammatika, aruz va logika)lar qo‘shiluvi nuqtasida tekshirish g‘oyasini ilgari surgan alloma kim?
A. Farobiy
B. Aristotel
C. Ibn Sino
*D. Beruniy
4.To‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosa chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida fikr yuritgan alloma kim?
A. Beruniy
*B. Abu Nasr Forobiy
C. Kaykovus
D. Abu Abdulloh al-Xorazmiy
5. O‘zining “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asarida nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari, devonxona ish qog‘ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan istiloh (termin)lar haqida ma’lumot bergan alloma kim?
A. Beruniy
B. Abu Nasr Forobiy
C. Kaykovus
*D. Abu Abdulloh al-Xorazmiy
6. Qadimgi sharq pedagogikasining durdonasi “Qobusnoma” asarlarining muallifi kim?
A. Beruniy
B. Abu Nasr Forobiy
*C. Kaykovus
D. Abu Abdulloh al-Xorazmiy
7. Nutq madaniyatini tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o‘rganishga rus tilshunosligida qachon kirishildi?
A. XIX asrning 80 - 90 yillarida
*B. XX asrning 20 - 30 yillarida
C. XX asrning 50 - 60 yillarida
D. XX asrning 80 - 90 yillarida
8. Prezidentimiz I.A. Karimovning «O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin» degan fikrlari qaysi asarida bayon qilingan?
A. «O‘zbekiston mustaqillik ostonasida»
B. «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch»
*C. «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»
D. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
9. «Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur» degan fikr kimga tegishli?
A. Beruniy
*B. Yusuf Xos Hojib
C. Ahmad Yugnakiy
D. Mahmud Qoshg‘ariy
10. «So‘zni uqib so‘zla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas so‘zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma» degan fikr kimga tegishli?
A. Alisher Navoiy
B. Yusuf Xos Hojib
*C. Ahmad Yugnakiy
D. Mahmud Qoshg‘ariy
11. «So‘zni ko‘nglungda pishirmaguncha tilga keltirma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga surma» degan fikr kimga tegishli?
*A. Alisher Navoiy
B. Yusuf Xos Hojib
C. Ahmad Yugnakiy
D. Mahmud Qoshg‘ariy
12.Nutq atamasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Notiqlik san’ati
B. Ta’lim-tarbiyalilik va ziyolilik
*C. Fikrni so‘z orqali ifodalash
D. Aloqa, fikr almashish
13.Madaniyat so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Mahorat, san’at
B. Tafakkur shakli
C. Fikrni so‘z orqali ifodalash
*D. Ta’lim-tarbiyalilik va ziyolilik
14.Nutqda so‘zlarning o‘rinli yoki o‘rinsiz ishlatilishini o‘lchovchi mezon nima?
A. Umumtil me’yorlari
*B. Adabiy til me’yorlari
C. Dialektal me’yorlar
D. Grammatik me’yorlar
15.Nutqning to‘g‘riligini ta’minlovchi asosiy me’yor nima?
A. Leksik-semantik me’yor
B. Talaffuz (orfoepik) me’yor
*C. Grammatik me’yor
D. YOzuv (grafik) me’yor
16.Nutqning aniqligini ta’minlovchi asosiy me’yor nima?
*A. Leksik-semantik me’yor
B. Talaffuz (orfoepik) me’yor
C. Grammatik me’yor
D. Grafik me’yor
17.Nutqda urg‘uning to‘g‘riligini ta’minlovchi me’yor nima?
A. Leksik-semantik me’yor
*B. Aksentologik me’yor
C. Grammatik me’yor
D. Punktuatsion me’yor
18.Nutqda tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlovchi me’yor nima?
A. Leksik-semantik me’yor
B. Aksentologik me’yor
C. Grafik me’yor
*D. Punktuatsion me’yor
19. Quyidagi me’yorlarning qaysi biri faqat og‘zaki nutqqa xos?
A. Leksik-semantik me’yor
*B. Aksentologik me’yor
C. Grafik me’yor
D. Punktuatsion me’yor
20. Quyidagi me’yorlarning qaysi biri faqat yozma nutqqa xos?
A. Leksik-semantik me’yor
B. Aksentologik me’yor
C. Grammatik me’yor
*D. Punktuatsion me’yor
21. Quyidagi me’yorlarning qaysi biri og‘zaki va yozma nutqqa birdek xos?
*A. Leksik-semantik me’yor
B. Aksentologik me’yor
C. Grafik me’yor
D. Punktuatsion me’yor
22.Tilning yashash shakli deb ta’rif berilgan unsur nima?
A. Tilning lug‘at tarkibi
*B. Til me’yori
C. Yozuv
D. Fikr almashish
23.Jargon nima?
*A. Biror ijtimoiy guruhning o‘zigagina tushunarli bo‘lgan so‘zlar
B. Chet tilidan kirgan so‘zlar
C. Qo‘pol, dag‘al so‘zlar
D. Chiroyli so‘z va iboralar
24. «Bilgilkim, hamma hunardan so‘z hunari yaxshi» degan fikr muallifi kim?
A. Beruniy
B. Abu Nasr Forobiy
*C. Kaykovus
D. Abu Abdulloh al-Xorazmiy
25.Nutqning qaysi kommunikativ sifatining buzilishi uning mantiqiyligi, aniqligi va maqsadga muvofiqligigi putur etkazadi?
A.Nutqning ta’sirchanligi
*B. Nutqning to‘g‘riligi
C.Nutqning badiiyligi
D. Nutqning tozaligi
26.Nutqning qaysi kommunikativ sifati adabiy tilning barcha me’yorlariga buysunishni talab qiladi?
*A.Nutqning to‘g‘riligi
B. Nutqning aniqligi
C.Nutqning mantiqiyligi
D. Nutqning tozaligi
27. «Agar nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi» fikri kimga tegishli?
A. Sitseron
B. Demosfen
C. Kvintilian
*D. Aristotel
28. «Ey farzand, so‘zning yuzin va orqasin bilg‘il va ularga rioya qilgil» degan fikrni bayon qilgan?
*A. Kaykovus
B. Yusuf Xos Hojib
C. Ahmad Yugnakiy
D. Mahmud Qoshg‘ariy
29. Qaysi qatorda aniqlikning turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. So‘zning aniqligi, gapning aniqligi
*B. Narsaning aniqligi, tushunchaning aniqligi
C. Predmetning aniqligi, voqeaning aniqligi
D. So‘zning aniqligi, gapning aniqligi, matnning aniqligi
30. Nutqning aniqligiga erishish uchun tilning qaysi sohasini mukammal bilish talab qilinadi?
A. Fonetikani
*B. Leksikologiyani
C. Uslubiyatni
D. Grammatikani
31. Nutqning tozaligiga erishish uchun asosan qaysi me’yorga amal qilish lozim?
A. Semantik me’yorga
B. Talaffuz (orfoepik) me’yoriga
*C. Lug‘aviy me’yorga
D. Grammatik me’yorga
32. Quyidagi birliklarning qaysi biri nutqning tozaligiga putur etkazmaydi?
A. Jargonlar
B. Vulgarizmlar
*C. Kalkalar
D. Kanselyarizmlar
33. Nutq tozaligining buzilishi asosan qaysi uslubda ko‘p uchraydi?
A. Ilmiy uslubda
B. Badiiy uslubda
C. Publitsistik uslubda
*D. So‘zlashuv uslubida
34. Qaysi uslubda nutqning aniqligiga qat’iy rioya qilinadi?
*A. Ilmiy uslubda
B. Badiiy uslubda
C. Publitsistik uslubda
D. So‘zlashuv uslubida
35.Nutqda axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar qanday nomlanadi?
A. Jargonlar
*B. Vulgarizmlar
C. Varvarizmlar
D. Parazit so‘zlar
36.Nutqda ko‘p takrorlanuvchi so‘zlar qanday nomlanadi?
A. Kanselyarizmlar
B. Vulgarizmlar
C. Varvarizmlar
*D. Parazit so‘zlar
37.Nutqda varvarizmlar va parazit so‘zlardan qochish uchun qanday birliklarni yaxshi bilish lozim?
A. Omonimlarni
B. Antonimlarni
*C. Sinonimlarni
D. Paronimlarni
38.A.Qahhorning «Nutq» hikoyasida qanday so‘zlar o‘rinsiz qo‘llaniladi?
A. Jargonlar
B. Vulgarizmlar
C. Varvarizmlar
*D. Kanselyarizmlar
39.Nutqning mantiqiyligi uning qaysi kommunikativ sifatlari bilan chambarchas bogliq?
A.Nutqning to‘g‘riligi va ta’sirchanligi bilan
*B. Nutqning to‘g‘riligi va aniqligi bilan
C.Nutqning aniqligi va tozaligi bilan
D. Nutqning tozaligi va ta’sirchanligi bilan
40.Nutqning mantiqiyligi qaysi tamoyilga rioya qilishni talab qiladi?
*A.Izchillik
B. Sintezlash
C. Analizlash
D. Ta’sirchanlik
41. Qaysi uslubda nutqning qat’iy izchilligiga rioya qilinadi?
*A. Ilmiy uslubda
B. Badiiy uslubda
C. Publitsistik uslubda
D. So‘zlashuv uslubida
42.Muayyan bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bulgan nutq kaysi kommunikativ sifatnga ega bo’ladi?
A.Nutqning to‘g‘riligi
B. Nutqning aniqligi
*C.Nutqning mantiqiyligi
D. Nutqning tozaligi
43.Nutqning kommunikativ sifatlari nimaga xizmat qiladi?
A.Axborotning to‘liq yetkazilishiga
B. Axborotning aniq yetkazilishiga
*C. Axborotning to‘liq va ta’sirli yetkazilishiga
D. Ta’sir birliklarini bartaraf etishga
44. Quyidagilarning qaysi biri milliy xarakter qamroviga mansub emas?
A. Urf-odatlar
B. Qadriyatlar
C. An’analari
*D. Sanab o‘tilganlarning barchasi mansub.
45. O‘zbek muloqot xulqiga ko‘proq qaysi din an’analari ta’sir o‘tkazgan?
A. Otashparastlik
B. Budparastlik
*C. Islom
D. Muloqot xulqiga din an’analari ta’sir o‘tkazmaydi
46. Muloqotning qaysi turida kommunikantlar bir-birlarini eshitib, ko‘rib, imo-ishora va talaffuzga suyanib ish yuritadilar?
*A. Bevosita muloqotda
B. Masofali muloqotda
C. Bavosita muloqotda
D. Barchasida
47. Yozma muloqot muloqotning qanday shakli hisoblanadi?
*A. Masofali, bavosita muloqot
B. Masofasiz, bevosita muloqot
C. Bavosita muloqot, bevosita muloqot
D. Masofali, masofasiz muloqot
48. “Ey farzand, toki qila olsang, so‘z eshitmakdin qochmag‘ilkim, kishi so‘z eshitmak bilan suxango‘ylik hosil qilur..» xitobi kimga tegishli?
A. Navoiyga
B. Boburga
C. A.Avloniyga
*D. Kaykovusga
49. “Bir ochga tegma, bir - yalang‘ochga” degan maqol tinglashning qaysi jihati bilan bog‘liq?
A. Vaqt bilan
B. Vaziyat bilan
*C. Adresat holati bilan
D. Adresat kayfiyati bilan
50. “Ko‘p kishilarning orasida bir kishiga pand-nasihat qilmag‘il” degan xitob tinglashning qaysi jihati bilan bog‘liq?
A. Vaqt bilan
*B. Vaziyat bilan
C. Adresat holati bilan
D. Adresat kayfiyati bilan
51. Asosan, og‘zaki nutq jarayoga xos bo‘lgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish muhim bo‘lgan jihat nutqning qaysi belgisi hisoblanadi?
*A.Nutqning ta’sirchanligi
B.Nutqning aniqligi
C.Nutqning mantiqiyligi
D. Nutqning tozaligi
52. Ilmiy adabiyotlarda murojaat, chaqirish, undash ottenkalarini qamrab oluvchi so‘zlar qanday nomlanadi?
*A. Vokativ formadagi so‘zlar
B. Presuppozitsiya
C. Lokativ formadagi so‘zlar
D. Kommunikativ so‘zlar
53.A.Navoiyning qaysi asari notiqlik san’atiga bag‘ishlangan?
A. Xamsa.
*B. Mahbub-ul qulub
C. Lison-ut tayr.
D. Muhokamat-ul lug‘atayn
54.O‘rta Osiyoda ilgari notiqlik san’ati ustalari qanday nomlar bilan yuritilmagan?
A. Nodimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar.
B. Badixago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar.
C. Voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar.
*D. Aratorlar, advokatlar.
55.Nutq madaniyati ta’limot sifatida qaerda shakllangan?
A. Assuriyada.
B. Vavilonda.
*C. Rim va Afinada.
D. Xindistonda.
56.«Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur» degan fikr kimga tegishli?
*A. A.Navoiy.
B. Bobur.
C. Furqat.
D. A.Avloniy.
57. «Erdam boshi til» maqoli kimning asarida keltirilgan.
A. A.Avloniy
B. A. Yugnakiy.
C. Y.X. Hojib.
*D. M.Qoshg‘ariy.

58.«Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdin qaytma. Oz degan oz yanchilur, oz yegan oz yiqilur» fikrlari A.Navoiyning qaysi asaridan olingan.


A. Arbain.
B. Muhokamatul-lug‘atayn.
*C. Mahbubul-qulub.
D. Nazmul-javohir.

59.Adabiy til normasi deganda nima tushuniladi?


*A. Lisoniy birliklarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi tushuniladi
B. So‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash.
C. Fikrimizni to‘liq va ravon yetkazib berish.
D. Adabiy til me’yorlariga rioya qilish.

60.«Dod zolimni dastidan» jumlasida -ning o‘rnida -ni qo‘llanishi qaysi me’yorning buzilishiga sabab bo‘ladi?


A. Leksik
*B.Grammatik.
C. Imloviy.
D. Fonetik.

61.Kal’ka qilingan so‘zlar berilgan qatorni toping.


A. Archish-artish.
*B. Tantananing aybdorlari.
C. Boshliq keldimi.
D. O‘tqazish-o‘tkazish

62.Semantik-uslubiy me’yorning buzulishi qaysi qatorda berilgan?


A. Besh inson keldi.
B. Kishichilik shunday bo‘ladi.
C. Nimaga shekilli.
*D. Barchasida buzilgan.

63.Nutqning aniqligiga qaysi qatorda to’gri ta’rif berilgan?


*A. Aniqliq – bu so‘zning o‘zi ifodalanayotgan voqealikka mos kelishi.
B. Aniqliq – bu ishonish mumkin bo‘lgan voqea-hodisa.
C. Aniqliq – bu gapirganda so‘zlarni aniq qo‘llash.
D. Aniqliq – bu so‘zning adabiy me’yorlarga mos shaklda qo‘llanilishi.

64.«Kuy va raqslar tinglab dam oling» gapida qanday me’yor buzilgan?


A. Leksik me’yor.
B. Grammatik me’yor.
*C. Uslubiy me’yor.
D. Nutq tozaligi.

65.Shevaga xos so‘z qo‘llanilmagan qatorni toping.


A. Ova, yoshulli.
B. Takalarni olib kel.
C. O‘jakka qaradingmi?
*D. O’ylamay gapirma

66. “Stil” so‘zining lug‘aviy ma’nosi qanday?


*A. Stil-grekcha «stulos» so‘zidan olingan bo’lib, uchi o‘tkir tayoqcha demakdir.
B. Stil- kishilarni ishontirish san’ati.
C. Stil-lotincha qalam ma’nosini beradi.
D. Stil-muayyan tilga yoki shaxsga xos bo‘lgan nutq uslubi

67.Stil so‘zining atama sifatidagi ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?


A. Stil-grekcha «stulos» so‘zidan olingan bo’lib, uchi o‘tkir tayoqcha demakdir.
B. Stil- kishilarni ishontirish san’ati.
C. Stil-lotincha qalam ma’nosini beradi.
*D. Stil-muayyan tilga yoki shaxsga xos bo‘lgan nutq uslubi

68.Allegoriya-so‘zining ma’nosi…


A. Lotincha so‘z – ustidan kulish ma’nosida.
*B. Yunoncha so‘z-kinoya, qochiriq, kesatish ma’nosida.
C. Yunoncha so‘z-boshqacha gapirmoq ma’nosi.
D. Yunoncha so‘z-bilmayman ma’nosida.

69.Sinekdoxa-so‘zining ma’nosi…


A. Butunni parchasi nomi bilan ifodalash
*B. Parchani butun nomi bilan ifodalash
C. Parchani butun nomi bilan, butunni parchasi nomi bilan ifodalash
D. Aloqador narsa nomi bilan ifodalash

70.Nutqda so‘z yoki iboralarni ko‘chma ma’noda ishlatish nima deyiladi.


A. Uslubiy figura.
B. Metafora.
*C. Trop.
D. Allegoriya.

71.Lisoniy adabiyotlarda litota, mumtoz adabiylarda tafriy deb yuritilgan san’at tilshunoslikda nima deb ataladi?


A. Mubolag‘a.
B. Ramz.
*C. Kichraytish.
D. Ironiya.

72.Mumtoz adabiyotlarda mubolag‘aning qanday ko‘rinishlari mavjud?.


A. Ifrot.
B. Ifroq.
C. Tablig‘.
*D. Barchasi

73.Nutqda maqollardan nima uchun foydalaniladi?


A. Ixchamlikka erishishi uchun.
B. Ta’sirchanlikni oshirish uchun.
C. Mantiqiylik uchun.
*D. Barchasi to’g’ri.

74.She’riy asarlarda, ertak va masallarda ko‘proq murojaat qilinadigan san’at turi nima deyiladi?


A. Ramz.
B. Antiteza.
C. Ritorik so‘roq.
*D. Jonlantirish.

75.Tong-yoshlik, tun-baxtsizlik, qora-sovuqlik kabi misollar qanday tasviriy vosita hisoblanadi?


*A. Ramz.
B. Allegoriya.
C. Ironiya.
D. Antiteza.

76.Metonimiyaga misol toping.


A. Qo‘tir itlar galasi.
*B. Navoiyni o‘qidim.
C. Tirnoqqa zor bo‘ldi.
D. Dala malikasi.

77.Fan, texnika va ishlab chiqarishi bilan bog‘liq vazifaviy uslub nima deyiladi?


A. Badiiy uslub.
*B. Ilmiy uslub.
C. So‘zlashuv uslubi.
D. Kitobiy uslub.

78.Maqola, ocherk, fel’eton qanday uslubda yoziladi?


A. Ilmiy.
B. Badiiy
*C. Publitsistik.
D. So‘zlashuv.

79.Adabiy til deb nimaga aytiladi?


A. Hamma biladigan til adabiy til deyiladi.
*B. Ma’lum me’yorga solingan, barcha uchun tushunarli bo‘lgan til shakli adabiy til deyiladi.
C. Ma’lum xududdagina qo‘llaniladigan so‘zlar adabiy til deyiladi.
D. Badiiy asarlar tili adabiy til deyiladi.

80.Og‘zaki nutq necha tipga ajratiladi.


*A. Oddiy so‘zlashuv nutqi, adabiy so‘zlashuv nutqi.
B. Badiiy so‘zlashuv, kitobiy so‘zlashuv.
C. Uslubiy so‘zlashuv, shevaga xos so‘zlashuv.
D. Og‘zaki nutq tipga ajratilmaydi.

81.Nutqning toza bo‘lishiga xalaqit beramaydigan lisoniy unsur qaysi?.


*A. O‘zlashmalar.
B. Dialektizmlar.
C. Varvarizmlar.
D.Vulgarizmlar

82.Milliy muloqot xulqi asosan qaysi jihatdan xoslanadi?


A. Kasbiy jihatdan
*B. Hududiy jihatdan
C. Yosh jihatdan
D. Jins jihatdan
83.Qadimgi Yunonistonda sinegorlar hozirgi qaysi kasb vakillari hisoblanadi?
A. Senatorlar
*B. Advokatlar
C. Vrachlar
D. Zobitlar
84.Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atining qaysi turi taraqqiy qilgan edi?
A. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik
B. Akademik notiqlik
*C. Sud notiqligi
D. Diniy notiqlik
85.O’rta asrlarda O’rta Osiyoda notiqlik san’atining qaysi turi taraqqiy qilgan edi?
A. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik
B. Akademik notiqlik
C. Sud notiqligi
*D. Diniy notiqlik
86.Qadimgi Yunonistondagi logograflar qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanishgan?
A. Sudda advokatlik qilishgan
*B. Boshqalarga nutq matnini yozib berishgan
C. Tayyor matnlarni ta’sirli o‘qib berishgan
D. Notiqlik san’atidan dars berishgan
87.Qadimgi Yunonistonning buyuk notiqlaridan biri Demosfen notiqlikning qaysi sohalari bilan shug‘ullangan?
A. Logograflik bilan shug‘ullangan
B. Sinegorlik bilan shug‘ullangan
*C. Siyosiy notiqlik, sinegorlik, logograflik bilan shug‘ullangan
D. Siyosiy notiqlik bilan shug‘ullangan
88.Qadimgi Yunonistonning buyuk notiqlaridan biri Lisiy notiqlikning qaysi sohalari bilan shug‘ullanmagan?
A. Logograflik bilan shug‘ullangan
B. Sinegorlik bilan shug‘ullangan
C. Hikoyachilik san’ati bilan shug‘ullangan
*D. Diniy notiqlik san’atidan dars bergan
89.Aristotelning notiqlik san’atiga qo‘shgan hissasi nimadan iborat?
A. Logograflik san’atiga asos solgan
B. Sinegorlik san’atiga asos solgan
*C. Notiqlik san’ati nazariyasini yaratgan
D. Sud notiqligiga asos solgan
90.Rim notiqlik maktabining yirik vakili Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasi va tarixiga bag‘ishlangan asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*A. «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut»
B. «Notiqlik haqida», «Notiq bilimi hakida»
C. «Illiada», «Notiq», «Ritorika»
D. «Illiada», «Notiq», «Odessiya»
91.Diniy notiqlik bilan shug‘ullanuvchilar qanday nom bilan yuritilgan?
*A. Voiz
B. Suxandon
C. Badihago‘y
D. Logograf
92.Alisher Navoiy qaysi asarining maxsus faslida voizlik san’ati haqida so‘z yuritadi?
A. «Muhokamat ul-lug‘atayn»
B. «Lison ut-tayr»
C. «Majolis un-nafois»
*D. «Mahbub ulqulub»
93. «Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam esa engil tortib, xoli qaytsin» fikrlari kimga tegishli?
*A. Alisher Navoiyga
B. Zahiriddin Muhammad Boburga
C. Kaykovusga
D. Koshifiyga
94. «Maddohlik» notiqlik san’atida qanday ma’noda qo‘llaniladi?
A. Mardlarcha fikrni bayon qilish
B. Asossiz fikrlarni bayon qilish
*C. Biror shaxs yoki voqeani maqtash
D. Afsona, ertak va dostonlarni bayon qilish
95. «Qissago‘ylik» notiqlik san’atida qanday ma’noda qo‘llaniladi?
A. Mardlarcha fikrni bayon qilish
B. Asossiz fikrlarni bayon qilish
C. Biror shax syoki voqeani maqtash
*D. Afsona, ertak va dostonlarni bayon qilish
96. Matnni ta’sirli, ifodali o‘qiydigan notiqlar qanday nom bilan yuritiladi?
A. Maddohlar
B. Badihago‘ylar
*C. Qiroatxonlar
D. Qissago‘ylar
97. «Ko‘p bilgan oz so‘zlar, …» maqolini davom ettiring?
A. …oz bilgan ko‘p so‘zlar
*B. …oz bo‘lsa ham soz so‘zlar
C. …oz so‘zlagan ko‘p bilar
D. Maqolning davomi yo‘q
98. «O‘t emas, kuydirar, pichoq emas, so‘ydirar» topishmoqning javobini toping?
A. To‘g‘ri so‘z
*B. Yolg‘on so‘z
C. Til
D. Bu topishmoq emas maqol
99.Milliy qadriyatlarimizga mufofiq mehmondorchilik tugaganda kim fotiha o‘qishi kerak?
A. Dasturhon atrofidagilarning yoshi ulug‘i
*B. Mehmonlarning yoshi ulug‘i
C. Mezbonlarning yoshi ulug‘i
D. Kim o‘qishining ahamiyati yo‘q, fotiha o‘qilsa bo‘ldi
100.Auditoriyada qanday salomlashish kerak?
A. Talabalar domlaga salom berishi kerak
*B. Domla talabalarga salom berishi kerak
C. Har ikkalasi birdaniga salom berishi kerak
D. Salomlashish shart emas, talabalar o‘rnidan tursa yetarli



Yüklə 156,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin