Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə1/3
tarix28.05.2022
ölçüsü20,41 Kb.
#59869
  1   2   3
hozirgi adabiy til


Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar
Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi.
Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi.
Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud.
Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi.
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor:
Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh).
O‘g’uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
so‘z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray;
o lashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor;
bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.
Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari).
Belgilari quyidagilar:
y o‘rniga j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;
g’ o‘rniga v ishlatiladi: tog’ – tov, sog’ – sov va b.; k,
q tushiriladi: quri(q), sari(q).
O‘g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi.
Belgilari:
unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism);
t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi;
-ning qo‘shimchasi -ing tarzida,
-ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: yorimga – yorima.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo‘lgan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi.
Shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin zaiflashadi va yo‘qola boradi.
So‘zlashuv tilidagi so‘z va grammatik shakllar barcha shevalarda qo‘llanadigan, lekin adabiy tildan boshqacha tarzda shakllangan birliklardir: kelsa – kesa, bo‘lsa – bo‘sa, olib kel – opkel.
Vulgarizmlar tilda mavjud bo‘lgan so‘kish va qarg‘ish so‘zlardir: haromi, qiztaloq, yer yutkur, oqpadar va b.
Varvarizmlar tilda o‘rinsiz ishlatiladigan chet so‘zlar: uspet qilolmadim, papasha, mamasha, nastroeniem yaxshi, znachit, tak, vau, yess va b.
Jargonizmlar ayrim guruh kishilar tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlardir: mullajiring, loy soqqa, qurug‘i (barchasi pul ma’nosida). Manba: M.A.Hamroyev. “O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi”

Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin