1- §. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursining obyekti,maqsadi va vazifalari Kursning obyekti — hozirgi o'zbek adabiy tili, uning o'zbek milliy tili tarkibidagi o'rni.
Kursning maqsadi - talabalarni «til strukturasi - norma (me'yor) - uzus» masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o'zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og'zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.
Kursning vazifalari: a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish;
b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me'yor (norma) bo'lgan va me’yor bo’lmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan olrganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash;
d) hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini bdgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga ma'lumot berish. Ularda Hozirgi o'zbek adabiy tilining sistemaviv va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko'nikmalarini shakllantirish.
2- §. Hozirgi o'zbek adabiy tili Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek milliy tilining oliy formasi — ishlov berilgan. me'vorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo'lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo'yilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi. tartibga solingan bosh ko'rinishi. xolos.
Dialekt — umumxalq tilining malum etnik guruhga mansub ko'rinishi.
Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega bo'lgan, bir yoki bir necha qishloqni o'z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi [125, -130]. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida- alohida bo'ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi;
b) adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo'ysun- dirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yo'q;
d) adabiy tilning qo'llanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo'llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir;
e) adabiy tilda davlat ishlari — xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, ma’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qo'llanmaydi.
Jargon va argolar — ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, o'g'rilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi.
Funksional stillar — tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunonchi:
1) rasmiyish uslubi. Bu uslub ma’muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi;
2) ilmiy uslub — ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi;
3) publitsistikuslub — ommabop asarlar, ma’ruzalar tilini qoliplaydi;
4) so‘ zlashuv uslubi.
Bu uslubning ikki xil ko'rinishi mavjud:
a) adabiy so'zlashuv uslubi;
b) oddiy (jonli) so'zlashuv uslubi;
5) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi.
Adabiy til bilan funksional uslublar o'rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo'yilmaydi; so'zlashuv uslubining «а» ko'rinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vulgarizmlar qatnashmaydi; so'zlashuv uslubining «Ь» ko'rinishi esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz bo'lishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarakterlanadi.
Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa ad ab iv til me'yorlaridan chetga chiqish hollari ko'p uchraydi: obraz va personajlai nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik:
/. Asadbek molodes! Visshiy klass! — dedi u. — Aniq topibdi. Endi и
bilan hazilloshib bo'lmaydi. (T.M.)
2. U qizig'ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi... (T.M.)
3. Akamullo, akamullo, sizni yo 'qloshopti, idoraga yo ‘ qloshopti.
— Nima gap ?
— Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan ... Bo'ronda qolganekan... Qaytib kelmopti ... So'g'in Xo'janazar akoning duxtori bo'ronga qolip o'lipti ...
Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga
hayron qarab qolishdi! (J.A.)
Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm
(«Asadbek molodes!», «Visshiy klass»),ikkinchi gapda vulgarizm («qizig'ar»), uchinchi misoldagi dialogda esa o'zbek-tojik ikki tilliligi ta'sirida bo'lgan o'zbek shevalarining so'zlari {«akamullo» «bacha», «duxtor», so'g'in» kabi leksik dialektizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar («yo'qloshopti»,«kelmopti» kabi grammatik dialektizmlar), aka so'zining akoshaklidagi dialektal ko'rinishi (leksik-fonetik dialektizm) qo'llangan. Bunday qo'llanishlar adabiy til uchun me’yor emas albatta, ammo ular badiiy uslub talabiga ko'ra ishlatilgan, natijada badiiy asarning g'oyaviy-estetik jihatlarini ta’sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.