1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja
1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja: 1. “Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va obyekti, uning boshqa fanlar bilan o`zaro aloqadorligi;
2. Makroiqtisodiy tadqiqot usullari;
3. “Daromadlar-xarajatlar” va “resurslar-mahsulotlar” oqimi;
4. Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko`rinishlari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti, “Mikroiqtisodiyot” bilan bog‘liqligini o‘rganish, fanning tadqiqot usullarini tahlil qilish, makroiqtisodiy agentlar va modellarni tavsiflash, resurslar- tovarlar va xizmatlar hamda daromadlar –xarajatlarning doiraviy oqimi modelini yoritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar:o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar
Asosiy tushunchalar: Makroiqtisodiyot, resurslar, tovarlar, xizmatlar, daromadlar, xarajatlar, transfertlar, soliqlar, rusurslar bozori, iste’mol bozori, makroiqtisodiy model, endogen o’zgaruvchilar, ekzogen o’zgaruvchilar, uy xo’jaligi, firmalar.
Umumiy ma’lumotlar: Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va
to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi.
Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo‘llarini asoslab berish hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o‘sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo‘jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.