Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta'minlash, uning alohida bo'g'inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta'minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimi)ning faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdall iboratdir.
Markaziy bank
Markaziy bank kapitaliga bo'lgan mulk shakliga ko'ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aksiyador va aralash kapitalli turlariga bo'linadi.
Ba'zi Markaziy banklar Davlat banklari ko'rinishlarida shakllanadi. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Buides banki) sifatida shakllandi. Ba'zi Markaziy banklar - oldin xususiy bank masalan, Angliya banki (1694), Fransiya banklari (1800) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan.
Aksioner turidagi Markaziy bank qatoriga AQSH FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRT 1913-yildagi Federal Rezerv tizimi asosida paydo bo‘lgan.
Federal Rezerv tizimi asosida paydo bo'igan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aksioner va xususiy kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruhlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882-y.) misol qilinib keltirilishi mumkin. Qonun bo'yicha 1942-yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy me'yorlarini tartibga soluvchi, aniqlovchi belgilovchi) qonunlar mavjuddir.
Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funksiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o'zida mujassamlashtirgan Davlatning tartibga soluvchi organi bo'lib qoladi.
Markaziy bank
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo'lib hisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o'rinda davlat va iqtisodiyot o'rtasida vositachi bo'lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o'z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'ymaydi.
Markaziy bank funksiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o'zgarmay aniq modifikatsiyalangan ko'rinishga egadir. Turli iqtisodiy adabiyotlarda va O'quv darsliklarida Markaziy bank funksiyalari turlicha talqin qilinadi.