Markaziy bank tijorat bank



Yüklə 20,46 Kb.
səhifə1/6
tarix18.04.2023
ölçüsü20,46 Kb.
#99916
  1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word


MARKAZIY VA TIJORAT BANKNING XARAKTERISTIKALARI





MARKAZIY BANK

TIJORAT BANK

MAQSAD

Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib xisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o’rinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko’ymaydi.
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo’lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o’rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O’z navbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo’lib hisoblanadi. Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o’rtasida xozirgidek bo’linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig’ish maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo’ladi.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z faoliyatini olib borishlari kerak.

Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan bo’lib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yo’naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli o’laroq, o’z foydasini qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan shaxslarga tijorat yo’sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan o’ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.


Yüklə 20,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin